to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindiva u bilan sudning tuzilishi, tashkil
etish va faoliyat tartibi belgilandi
114
.
2003-yil bahorida SYXT BMTning Bosniyava Gersegovina
bo‘yicha Oliy vakili Boshqarmasi bilan Bosniya va Gersegovina sudida
harbiy jinoyatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish uchun maxsus sud palatasini
tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishdva uning faoliyati 2004-yil oxiri –
2005-yil boshlarida boshlanishi lozim edi.
115
Bosniya va Gersegovinada 2004-yil 24-yanvarda Bosniya va
Gersegovina JK va JPKsini qabul qilish orqali sudlar faoliyatining
moddiy huquqiy va protsessual huquqiy asoslari yaratildi. Ularning
normalariga ko‘ra, Bosniya va Gersegovina JKsida jinoiy javobgarlik
belgilangan xalqaro jinoyatlar (171-modda – genotsid, 172 -modda –
insoniyatga qarshi jinoyatlar, 173-175-moddalar – harbiy jinoyatlar, 176
-modda – ularni sodir etishdagi turli shakldagi ishtirokchilik) bo‘yicha
sudlov, Bosniya va Gersegovina sudi tomonidan hududiy va universal
Yurisdiksiya prinsiplaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishlarni hamda sobiq Yugoslaviya Xalqaro tribunali
tomonidan to‘plangan Bosniya va Gersogovina sudloviga tegishli
materillarni Sobiq Yugoslaviya Xalqaro jinoyat tribunalidan Bosniya va
Gersogovina Prokuraturasiga o‘tkazish to‘g‘risida Qonun qabul
qilindi
116
.
Bundan tashqari qayd etilgan tuzilmalarning samarali, xolis va
Mustaqil faoliyatini ta‘minlashda harbiy jinoyatlarni sodir etganlik va
ularda ishtirok etish uchun javobgarlikning huquqiy asoslari yaratildi.
Jumladan, tergov va muhfaza bo‘yicha davlat agentligi doirasida
guvohlarni himoya qilish boshqarmasi ta’sis etildi, yuridik va texnik
asoslar to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Xavfga duchor bo‘luvchi va
bosim ostidagi guvohlar to‘g‘risidagi qonun
117
, shuningdek, guvohlarni
himoya qilish dasturi to‘g‘risidagi qonun shular jumlasidandir
118
.
Shu asosda Bosniya va Gersegovina sudida harbiy jinoyatlar
bo‘yicha bo‘lim 2005-yil yanvardan o‘z faoliyatini boshladi, shu yilning
9-martidan esa harbiy jinoyatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga
kirishdi. Bosniya va Gersegovina sudida harbiy jinoyatlar bo‘yicha
bo‘limning davlat sud tizimidagi ahamiyatini aniqroq tushunish uchun
114
См.: А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М.,
Проспект, 2011. С.180.
115
См.: ДокументООН A/58/297-S/2003/829, 20 August 2003. // http://www.un.org.
116
См.: Law on transfer of cases // http://www.sudbih.gov.ba.
117
См.: Zakon o zastiti svjedoka pod prijetnjom i ugrozenih svjedoka. http://www.sudbih.gov.ba.
118
См.: Zakon o programu zastite svjedoka. // http://www.sudbih.gov.ba.
152
mazkur sud umumiy tavsifini berish lozim. Bosniya va Gersegovina sudi
to‘la Mustaqil sud organi hisoblanadi va mazkur davlat vakolatlari
doirasida sud hokimiyati vakolatlarini
amalga oshiradi. Sud
qonunlarning to‘la va bir xilda qo‘llanilishini ta‘minlashi, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini himoya qilishi, odil sudlov sohasidagi xalqaro
standartlarga, ish yuritish barcha ishtirokchilarining manfaatlariga amal
qilinilishini ta‘minlashi lozim.
Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy Bosniya va Gersegovina
davlati ikki tuzilmadan – Bosniya va Gersegovina Federatsiyasi
(Musulmon-xorvat) va Serb Respublikasidan iborat. Bu tuzilmalardan
har biri o‘z prezidenti, parlamenti va hukumatiga ega. Hokimiyat
organlari federal darajada prezedium, parlament Assambleyasi va
Vazirlar Kengashi, Konstitutsiyaviy sudni o‘z ichiga oladi. Murakkab
millatlararo munosabatlardan kelib chiqqan holda davlat tuzilmalari
amaldagi qonunni har doim ham bir xil qo‘llayvermaydi, shu bois
Bosniya va Gersegovina sudi Oliy sud instansiyasi bo‘lsa-da, davlatning
Oliy sudi sifatida ko‘rilmaydi.
Bosniya va Gersegovina konstitutsiyasiga muvofiq sud korpusi
quyidagilardan tarkib topgan:
-
Mahalliy sudyalar – Bosniya va Gersegovina oliy sud prokurorlik
kengashi tomonidan malakaviy va axloqiy talablarga javob beradigan
sudyalikka nomzodlar orasidan tayinlanadi.
-
Xalqaro sudyalar – Bosniya va Gersegovina oliy sud prokurorlik
kengashi tomonidan tanlovdan so‘ng nomzodlar ichidan xuddi o‘sha
talabga ko‘ra tayinlanadi.
Bosniya va Gersegovina sud organlari quyidagilardir:
-
sud raisi – sud faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi,
boshqa davlat xokimiyati va boshqaruv organlari bilan munosabatlarda
sudni taqdim etadi;
-
Rais va sudning barcha a’zolari tarkibidagi plenum – uning
vakolatiga sud reglamentini ishlab chiqish va qabul qilish, sudning bosh
kotibini saylash, sudning budjeti va ish qoidalarini tasdiqlash kiradi.
-
Sudya va sud kollegiyalari – ular bevosita sudlovni amalga
oshiradi (xususan JPK da nazarda tutilgan shakllarda sud nazoratini olib
boradi); sud kollegiyalari 3 tadan kam bo‘lmagan professional
sudyalardan tarkibda tuziladi.
Bosniya va Gersegovina sudi tuzilmasi jinoiy bo‘linma, ma’muriy
bo‘linma, Apellyatsiya bo‘linmasidan iborat.Sudyalar faoliyatini
ta‘minlash uchun sud kotibiyati tuzilgan bo‘lib u umumiy kotibiyat va 1-
153
2-bo‘lim kotibiyatlaridan iborat. Kotibiyat sud bosh kotibi tomonidan
boshqariladi.
Umumiy kotibiyat sudning, jinoiy va ma’muriy bo‘linma va
apellyasion bo‘linma yurisdiksiyaga ta’luqli boshqa ishlar bo‘yicha 3-
bo‘lim faoliyatini ta‘minlaydi.
Kotibiyat tarkibida ma’muriyat (sudlarning ishlarini boshqaruv)
huquqiy departament, sud pristivlar bo‘limi, guvohlarga ko‘maklashish
bo‘limi, ommaviy axborot bo‘limi shakllantirilgan va amal qilib keladi.
Sudning xalqaro sud korpusi Bosniya va Gersegovinaning sudlar
to‘g‘risidagi qonuni 65-moddasiga muvofiq tayinlanadi, unga ko‘ra:
-
O‘tish davrida (2009-yil 31-dekabrgacha) sud bosh kotibi
tomonidan jinoiy va Apellyatsiya bo‘linmalarining 1-2-bo‘limlari
faoliyati ta‘minoti uchun javob beruvchi xalqaro vakil tayinlanadi;
-
Sud raisi xalqaro bosh kotib bilan maslahatlashgandan so‘ng
jinoiy va Apellyatsiya bo‘linmalarining 1-2-bo‘limlari milliy va xalqaro
sudyalarni tayinlaydi;
-
Xalqaro sudyalar Bosniya va Gersegovina yoki chegaradosh
davlatlarning fuqarolari bo‘lishi mumkin emas;
-
Sudning
xalqaro
bosh
kotibi
jinoiy
va
Apellyatsiya
bo‘linmalarining 1 va 2 bo‘limlari reglementini chiqaradi va u sud
reglamentining ajralmas qismiga aylanadi;
-
Kotibiyat jinoiy va Apellyatsiya bo‘linmalarining 1 va 2
bo‘limlari ish taqsimlanish tizimini tashkil etadi;
-
jinoiy va Apellyatsiya bo‘linmalarining 1 va 2 bo‘limlari xalqaro
sudyalari dastlabki sud muhokamasida kollegial tarkibida sudya
vakolatlarini amalga oshirishi mumkin, jinoiy va Apellyatsiya
bo‘linmalarining 1 va 2 bo‘limlari birinchi sud instansiyasida yakka
tartibda sudyalik qiladi;
-
xalqaro sudya u tomonidan o‘z sud vazifalarini bajarish davrida
aytilgan fikrlari va chiqarilgan qarorlari uchun jinoiy ta‘qib etilishi,
hibsga olinishi, shuningdek, fuqarolik tartibida javobgarlikka tortilishi
mumkin emas;
-
xalqaro sudyalarga Bosniya va Gersegovina sudida ingliz tilida
ish yuritishga ruxsat etiladi, yozma va og‘zaki tarjima esa sud tarjimoni
tomonidan Bosniya va Gersegovina rasmiy tillaridan biriga qilinadi.
2007-yil
28-martda
ilgari
SYXT
tomonidan
ayblangan
Stankovich ishi bo‘yicha hukm chiqdi va unga 20 muddatga ozodlikdan
mahrum etish tayinlandi.
Bosniya va Gersegovina sudi tomonidan o‘z vazifalarini
154
bajarishda xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash sohasida milliy
qonunqilikdagi ayrim bo‘shliqlar aniqlandi.
Shunday qilib, xalqaro jinoyatlar sodir etishda ayblanayotgan
shaxslar mulkidan foydalanish, yoki uni begonalashtirish yoxud boshqa
operatsiyalarning oldini olish maqsadida Bosniya va Gersegovina
parlament assambleyasi SYXT mandatini samarali barish bo‘yicha
muvaqqat chora-tadbirlarni va boshqa xalqaro tavsifdagi cheklovchi
choralarni amalga oshirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qonun SYXT
dan yashiringan xalqaro jinoyatlar sodir etishda ayblanayotgan shaxslar
mulkini xatlash, pullarini muzlatish asoslari va tartibini belgilaydi.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |