Xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chikish asoslari va uni amalga oshirish xalqaro jinoyat tushunchasi



Download 101,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.02.2023
Hajmi101,25 Kb.
#913450
Bog'liq
Xal№aro u№u№da javobgarlik Xalqaro huquqda javobgarlik tushunch.pdf 3



MAVZU: XALQARO HUQUQDA JAVOBGARLIK 
REJA: 
XALQARO HUQUQDA JAVOBGARLIK TUSHUNCHASI 
XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIK TURLARI VA 
SHAKLLARI 
XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIKNING KELIB 
CHIKISH ASOSLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH 
XALQARO JINOYAT TUSHUNCHASI 
XALQARO JINOYAT SODIR ETGAN JISMONIY 
SHAXSLARNING JAVOBGARLIGI 
XALQARO JINOYAT SODIR ETGAN XALQARO 
TASHKILOTLARNING JAVOBGARLIGI 


Xalqaro huquqda javobgarlik tushunchasi 
Javobgarlik Xalqaro huquqning eng kadimiy institutlaridan biridir. Birok, 
ushbu institutning huquqiy me`yorlari xanuzgacha kodifikatsiya 
qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida 
shakllangan oddiy-huquqiy me`yorlarga asoslanadi. 
Xalqaro-huquqiy javobgarlik huquqbuzarlik sub`ektining Xalqaro 
huquqni boshqa sub`ektiga etkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish 
boyicha yuridik majburiyatlaridir. 
Xalqaro huquqbuzarlik Xalqaro qilmishlarga va Xalqaro jinoyatlarga 
bulinadi. Xalqaro jinoyatlarga Xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan 
tamoyillari va me`yorlarini buzadigan, shuning uchun butun jaxon 
hamjamiyati tizimiga salbiy ta`sir korsatadigan alohida xavfli qilmishlar 
kiradi. 
Xalqaro huquqda shakllangan umumiy tamoyilga kura Xalqaro 
gayrihuquqiy qilmishlar Xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chikaradi. 
Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi me`yorlar asosan Xalqaro 
shartnomalarda uz aksini toptan, shuningdek, BMT va boshqa Xalqaro 
tashkilotlarning rezolyutsiyalarida tasdiklangan. Xalqaro huquqda 
Xalqaro javobgarlik deganda huquq me`yorlaridan kelib chikadigan 
sub`ektiv majburiyatlarini buzgan, ya`ni Xalqaro huquqka xilof xatti-
harakat sodir etgan sub`ekt uchun nokulay salbiy yuridik oqibatlar 
tushuniladi. 
Xalqaro huquq me`erlari ichki davlat huquqi me`erlari singari uch 
elementdan 
birinchidan, belgilangan xulq-atvor qoidalari shart-sharoitini anglatuvchi 
gipotezadan 


ikkinchidan, ushbu qoidalarni ifodalovchi dispozitsiyadan uchinchidan, 
ushbu qoidalarni buzgan sub`ekt uchun vujudga ke-ladigan salbiy 
oqibatlar uchun kuzda tutilgan sanktsiyadan iborat. Xalqaro-huquqiy 
javobgarlik Xalqaro-huquqiy me`yorlarda nazarda tutilgan sub`ektiv 
majburiyatlarni buzish va ushbu me`yorlarda belgilangan sanktsiyalarni 
qollash natijasida kelib chikadigan yuridik oqibatlardir. 
Sanktsiya me`yorlarning zaruriy elementa ekanligi tugridan--tugri 
ma`noda, huquqning har bir alohida me`yorida muayyan sanktsiya 
korsatilishi sifatida tushunilmasligi lozim. Bu milliy huquq. uchun ham, 
Xalqaro huquq uchun ham birdek tegishlidir. Xalqaro huquqda Xalqaro 
javobgarlik me`yorlari tizimi uni huquq bilan tartibga solinadigan 
Xalqaro munosabatlarning barcha soholariga oid bultgan umumiy 
institutlaridan birini tashqil qiladi. 
Xalqaro huquqda eng avvalo davlatlarning Xalqaro javobgarligi xususida 
suz boradi. 1969 yildan BMTning Xalqaro huquq komissiyasi tegishli 
me`yorlarni kodifikatsiya qilish bilan shugullanib kelmokda. 
Davlatning har qanday Xalqaro huquqka xilof qilmishi ushbu davlatning 
Xalqaro javobgarligini keltirib chikaradi. 
quyidagi holatlar mavjud bo`lganda davlatning Xalqaro huquqka xilof 
qilmishi 
birinchidan, harakat yoki harakatsizlikda namoyon boladigan qandaydir 
xulq-atvor Xalqaro huquqka muvofiq davlatga tegishli bo`lganda va, 
ikkinchidan, 
bunday 
xulq-atvor 
ushbu 
davlatning 
Xalqaro 
majburiyatlarini buzish hisoblanganda ayon boladi. 
Xalqaro huquqiy munosabatlarda davlatlar yuridik ahamiyatga molik 
xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan huquqiy asosda (uz Xalqaro 


majburiyatlariga rioya qilish bilan) yoki huquqka xilof (majburiyatlarini 
buzish bilan) faoliyatni amalga oshiradi. har qanday davlat organining 
xatti-harakati ushbu davlatning ichki huquqi asosida shunday makomga 
ega bulsa (Xalqaro va milliy huquqning uzaro aloqadorligi), Xalqaro 
huquqka muvofiq mazkur davlatning qilmishi deb hisoblanadi. 
Davlat tomonidan Xalqaro majburiyatlarning buzilishi, davlatning 
qilmishi ushbu majburiyat boyicha davlatdan talab qilinadigan harakatga 
nomuvofiq bo`lgan takdirda namoyon boladi. 
Faqat Xalqaro huquq sub`ektlarigina Xalqaro-huquqiy javobgarlik 
sub`ekti bulishi mumkin. Jismoniy va mustaqil yuridik shaxslar oddiy 
huquqbuzarlik uchun bunday javobgarlikka tortilmaydilar, chunki bunda 
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga keladi. 
Amaliyotda Xalqaro huquq sub`ektlarining xatti-harakatlari davlat 
nomidan ish qurishga xakli bo`lgan davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning harakatlarida ifodalanadi. Ularning xatti-harakatlari uchun 
davlat uzining butun milliy boyligi bilan javob beradi. 
Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari 
Xalqaro huquqka xilof qilmish ikki toifaga, ya`ni Xalqaro huquqbuzarlik 
va davlatlarning Xalqaro jinoyatlariga bulinadi. Sunggi toifa, agar 
davlatlar hamjamiyati tomonidan muayyan Xalqaro huquqka xilof 
qilmishlarni Xalqaro jinoyat toifasiga kiritilsa, mavjud boladi. 
huquqbuzar davlat ikki turda Xalqaro javobgarlikka moddiy va siyosiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Xalqaro-huquqiy javobgarlikning ikkita siyosiy va moddiy turi mavjud. 
Siyosiy Xalqaro-huquqiy javobgarlik satifikatsiya shaklida ifodalanadi. 
Bu zarar kurgan tarafni sodir etilgan huquqbuzarlik qaytarilmasligi 


tugrisida ishontirish va uzr surash, huquqbuzarlikni sodir etishdagi aniq, 
aybdorlarni jazolaщdir. 
Siyosiy javobgarlik huquqbuzar davlat zimmasiga turli cheklash yoki 
tiklash xususiyatiga ega boltan majburiyatlar yuklatishda 
birinchidan, buzilgan Xalqaro majburiyatlarni tiklashda 
ikkinchidan, huquqka xilof qilmish sodir etiщda gumon qilingan 
shaxslarni javobgarlikka tortish va bunda aybdor bo`lgan shaxslarni 
jazolashda 
uchinchidan, jismoniy shaxslar va ularning birlashmalarini muayyan 
faoliyatini ta`kiklashda 
turtinchidan, yuridik shaxslarni javobgarlikka torgish va boshqalarda 
namoyon boladi. Davlat tomonidan Xalqaro jinoyat sodir etilganda, 
masalan, agressiya, ushbu davlatning siyosiy javobgarligi harbiy harakter 
( qurolliy kuchlarni va qurollanishni cheklash kabilarda)dagi 
majburiyatlar yuklatilishi, militaristik yoki boshqa turdagi tashqilot va 
birlashmalarni takiklash, demilitarizatsiya chora-tadbirlarini amalga 
oshirish, shuningdek, tajovuzkor davlat xududining bir qismini ajratib 
olish mumkin. 
Repressaliya deb yurtiladigan, huquqbuzarlikka javoban zarar kurgan 
sub`ekt tomonidan amalga oshiriladigan zurlik xatti-harakatlari (masalan, 
noqonuniy raviщtsa balik ovlagani uchun balik ovlash kemasini kulga 
olish, mulkni xatlash yoki musodara qilish kabilar) singari siyosiy 
javobgarlik shaklini ham eslab utish lozim. 
Reprassaliyadan retorsiyani farqlash kerak. Retorsiya — huquqbuzarlik 
hisoblanmaydigan, lekin dustona munosabatlarga zid bo`lgan xatti-


harakatlar bilan boglik bo`lgan (masalan, nodustona tarzdagi bayonotga 
javoban elchilarni chakirib olish) javob choralaridir. 
Individual 
repressaliyadan 
jamoa 
sanktsiyasi 
farqlidir. 
Bunday 
sanktsiyalar BMT Ustaviga muvofiq faqat Xavfsizlik Kengashining 
qarori asosida qollanilishi mumkin. 
Restitutsiya va reparatsiya davlatlarning moddiy javobgarlik shakli 
hisoblanadi. Restitutsiya huquqbuzar davlat tomonidan nokrnuniy 
raviщtsa egallab olingan moddiy boyliklarni zarar kurgan davlatga 
qaytarish yoki ular yo’q. bo’lib ketgan takdirda, zararni boshkd teng 
kiymatli moddiy boyliklar bilan koplaщtsir. Reparatsiya — talofat kurgan 
davlatga etkazilgan moddiy zararni (shu jumladan, olinmay krlingan 
foydani dam) pul yoki natura shaklida koplashdir. 
Moddiy Xalqaro-huquqiy javobgarlik restitutsiya (huquqbuzarlikka qadar 
bo`lgan moddiy holatni tiklash) va reparatsiya (zarar kurgan tarafga 
etkazilgan zararni pul bilan yoki boshqa tarzda koplash) shakllarida 
amalga oshirilishi mumkin bo`lgan, etkazilgan moddiy zararni koplash 
majburiyatida ifodalanadi. 
Urush nizolarini hol qilishning qonuniy vositasi hisoblangan paytlarda 
moddiy javobgarlikning kontributsiya engilgan tarafdan golib uz harbiy 
harajatlarini undirish shakli mavjud bo`lgan. 
Xakikiy moddiy zarargina (bevosita va bilvosita) undirilishi mumkin. 
Odatda kuldan boy berilgan foyda undirilmaydi. 
Mutlak 
(absolyut) 
yoki 
ob`ektiv 
javobgarlik 
singari 
moddiy 
javobgarlikning turlari faqat shartnoma asosidagina vujudga keladi. Bu 
erda suz, zarar etkazgan tarafning aybsizligidan kat`i nazar vujudga 
keladigan javobgarlik xususida bormokda. Zarar kurgan taraf faqat xatti-


harakat (harakatsizlik) bilan etkazilgan zarar urtasidagi sababli 
boglanishni isbotlash talab qilinadi. 
Xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chikish asoslari va uni amalga 
oshirish 
Siyosiy javobgarlik boshqa sub`ektlarning manfaatlarini ximoya qiluvchi 
Xalqaro 
huquq 
me`yorlarini 
buzish 
(masalan, 
diplomatik 
vakolatxonalarning daxlsizligini buzish) holatidan kelib chikdi. 
Moddiy javobgarlik Xalqaro huquq me`yorlarini buzish holatlari 
majmuining mavjudligidan, huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar kelib 
chikishi va huquqbuzarlik bilan zarar urtasida bevosita sababli 
boglanishning mavjudligidan kelib chikdi. 
Davlatning qilmishi faqat Xalqaro huquq asosida Xalqaro huquqka xilof 
deb baxolanishi mumkin. Faqat sub`ektning harakati (harakatsizligi) 
mazkur majburiyat boyicha undan talab qilinadigan xatgi-harakatlarga 
mos kelmagan takdirdagina Xalqaro majburiyat buzilishi tan olinadi. 
Bunda ushbu majburiyat shartnomaviy yoki oddiy-huquqiy harakterga 
ega ekanligining ahamiyati yoq. 
huquqbuzarlik holati (mutlak javobgarlikda moddiy zarar etkazish holati) 
aniqlanganda zarar kurgan taraf da`vo kuzgatadi. Da`vo kuzgatuvchi 
faqat bevosita Xalqaro huquqning zarar kurgan sub`ekti bulishi mumkin. 
Xalqaro jinoyat tushunchasi 


Xalqaro jinoyatlarga davlatlar va Xalqlarning xayotiga, Xalqaro 
huquqning asosiy tamoyillariga, Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tajovuz 
qiladigan ogir Xalqaro huquqka xilof qilmishlar kiradi. 
Umumjaxon tinchligi va Xalqaro xavfsizlik, davlatlar va Xalqlar 
urtasidagi yaxshi kushnichilik va dustona munosabatlar, Xalqlar va 
millatlarning uz takdirini uzi hol qilish huquqi, urush qonunlari va 
odatlari, inson huquqlari Xalqaro jinoyatning ob`ekti bulishi mumkin. 
Xalqaro jinoyatlarga tajovuzkorlik xatti-harakatlari, zurlik Bilan 
mustamlakachilikni urnatish, genotsid, aparteid va boshqalar kiradi. 
Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi 
Xozirgi Xalqaro huquqda jismoniy shaxslarning tinchlikka va insoniyat 
xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun individual javobgarligi 
tan olinadi. Jismoniy shaxslarning Xalqaro jinoyat uchun javobgarligi 
ko`piroq ularning jinoiy qilmishi davlatning jinoiy faoliyati Bilan boglik 
ravishda vujudga keladi. Jinoyat sodir etgan davlat Xalqaro-huquqiy 
javobgarlikka, jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Shaxs tomonidan buyrukni (uz hukumati yoki rahbarining buyrugini) 
bajarish natijasida jinoiy xatti-harakat sodir etishi jinoiy javobgarlikdan 
ozod qilmaydi. Bunday shaxslarni jazolash uchun Xalqaro va milliy 
qonunchilik qollaniladi. 
Shaxsning rasmiy makomi (davlat yoki hukumat rahbari) uni jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilish uchu nasos bulmaydi. 
Ikkinchi jaxon urushidan sung asosiy harbiy jinoyatchilarni sudlash 
uchun ikki Nyurnberg va Tokio Xalqaro harbik tribunallari tashqil 
qilngan. Xavfsizlik kengashining qarori (199q yil) Bilan sobik 


Yugoslaviya xududida jinoyat sodir etishda aybdor bo`lgan shaxslarni 
sudlash uchun Xalqaro tribunal tashqil etish nazarda tutilgan. 
Xalqaro jinoyat sodir etgan Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi 
Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi ularning Xalqaro shartnomalardan 
va Xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chikadigan uz Xalqaro 
majburiyatlarini buzishi oqibatida vujudga keladi. 
Xalqaro 
tashkilotlar 
uz 
organlarining 
nizomidagi 
va 
boshqa 
majburiyatlariga rioya qilmasligi va Xalqaro mansabdor shaxslarning 
xatti-harakatlari bilan keltirilgan zarar uchun javobgar boladilar.

Download 101,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish