XALQARO HUQUQ DARSNING REJASI - Diplomatik huquq tushunchasi, tizimi va manbalari..
- Diplomatik korpus.
- Diplomatik vakolatxona va uning xodimlarining immuniteti, imtiyozlari va imkoniyatlari..
- Konsullik huquqining tushunchasi va manbalari.
- Konsullik muassasalari va ular xodimlarining immunitet va imtiyozlari.
Diplomatik huquq — xalqaro-huquqiy normalarning nisbatan mustaqil tizimi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda davlatlar vakilligini tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari davlatlarning o‘zlari bo‘lib, ushbu xalqaro munosabatlar huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Tegishli diplomatik muassasalar funksiyasi o‘z davlati manfaatlarini u ishtirok etayotgan turli xalqaro (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) munosabatlarda ximoya qilishdir - Diplomatik huquq — xalqaro-huquqiy normalarning nisbatan mustaqil tizimi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda davlatlar vakilligini tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari davlatlarning o‘zlari bo‘lib, ushbu xalqaro munosabatlar huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Tegishli diplomatik muassasalar funksiyasi o‘z davlati manfaatlarini u ishtirok etayotgan turli xalqaro (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) munosabatlarda ximoya qilishdir
Diplomatik huquq tizimi diplomatiyaning asosiy shakllariga:
birinchidan, diplomatik vakolatxonalar yoki tuzilgan shartnomaning bajarilishini ta’min etishga xizmat qiluvchi davlatlarning maxsus missiyalari tomonidan amalga oshiriladigan ikki tomonlama diplomatiya;
ikkinchidan, xalqaro konferensiya va xalqaro tashkilotlar sessiyalarida davlatlar delegatsiyalari tomonidan amalga oshiriladigan ko‘p tomonlama diplomatiya;
uchinchidan, xalqaro tashkilotlar xuzuridagi davlatlarning doimiy vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan diplomatiya mos keladi.
Diplomatik korpus -
- Diplomatik korpus keng ma’noda ushbu davlatdagi chet el diplomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari yig‘indisidir.
- Diplomatik korpus tashkilot hisoblanmaydi. Diplomatik korpus boshlig‘i unvoni (mansabi) bo‘yicha yuqori va tegishli davlatga vakil qilib yuborilgan vaqti jihatidan eng ko‘p ishlayotgan diplomatik vakil (duayen, oksokol) sanaladi. Ba’zi xatolik davlatlarda diplomatik korpus boshlig‘i Rim papasi nunsiysi hisoblanadi
- Diplomatik korpusning chiqishi faqat rasmiy tantana vaqtlaridagina (milliy bayramlar, tabriklash marosimlarida) ruxsat beriladi.
- Diplomatik korpus a’zolarining diplomatik sifatlarini tasdiqlash uchun ko‘pgina davlatlarning maxalliy hokimiyati organlari diplomatik guvoxnomalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |