Xalqaro huquq manbalari



Download 79,21 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi79,21 Kb.
#80284
Bog'liq
2MAVZUPPT

XALQARO HUQUQ MANBALARI

1. Xalqaro huquq normalari tushunchasi.

 

2. Xalqaro huquqiy munosabatlar.

 

3. Xalqaro huquq manbalari tushunchasi.

 

4. Xalqaro huquqning asosiy manbalari.

  • "Norma" so‘zi lotin tilida — qoida, rahbariy ko‘rsatma, namuna ma’nosini anglatadi.
  •  
  • Huquq normasi huquq sub’ektlari deb ataluvchi va unda ko‘rsatilgan shaxslarning yuridik majburiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalarini bildiradi. Normalarning yuridik majburiyligi shundaki, u bilan belgilangan yurish-turish va xulq-atvor qoidala-ri majburiy hisoblanadi va lozim bo‘lgan taqdirda majburlov choralari orqali ta’minlanadi. Milliy huquqda yuridik normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi, muhofaza qilinadi va ta’minlanadi.
  •  
  • Xalqaro huquq normalari — davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari tomonidan yuridik majburiy deb tan olinadigan xulq-atvor qoidalaridir.
  • Xalqaro huquq normalari — sub’ektlarning normalarida ko‘zda tutilgan, zarurat bo‘lganda majburlash yo‘li bilan ta’minlanadigan yuridik majburiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalaridir. Xalqaro huquqning o‘ziga xosligi shundaki, uning sub’ektlari bir-birlaridan hamda majburiy xulq-atvor qoidalarini belgilashi va unga rioya qilinishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan qandaydir yuqori turuvchi, uchinchi hokimiyat tuzilmasidan mustaqildir. Zero, o‘zaro munosabatlarga kirishuvchi davlatlar va ularning birlashmalari ustida ularni o‘ziga bo‘ysundiradigan qandaydir yuqori turuvchi tuzilma yoki boshqa biron-bir hokimiyat yo‘q. Xalqaro huquq normalari o‘zaro kelishuv bo‘yicha va sub’ektlar o‘rtasidagi bitim asosida belgilanadi va ular tomonidan yakka tartibda yoki jamoa yo‘li bilan muhofaza qilinadi hamda lozim bo‘lgan takdirda rioya qilishga majburlash choralarini ko‘radi.
  • Xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar — sub’ektlari o‘rtasidagi shunday ijtimoiy munosabatlarki, ular xalqaro-huquqiy tartibga solish ob’ekti hisoblanadi. Binobarin, bunday munosabatlar xalqaro huquqiy munosabatlar xarakterini kasb etadi. Xalqaro huquq milliy huquq singari sub’ektlar o‘rtasidagi har qanday munosabatlarni emas, balki faqat huquqiy tartibga solish talab qilinadigan qismini tartibga soladi. Bundan tashqari huquq — xalqaro va milliy huquqlar o‘zining ma’lum konservativligi tufayli odatda vujudga keladigan huquqiy tartibga solish talabidan orqada qoladi. Xalqaro-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar xalqaro-huquqiy munosabatlar xarakteriga ega bo‘ladi. Xalqaro huquq sub’ektlari u yoki bu xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishish bilan o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshiradilar.
  • Huquqiy normalar va institutlar xalqaro huquq tarmog‘iga birlashadi. Barcha bir turdagi xalqaro munosabatlar majmui tarmoq ob’ekti hisoblanadi (masalan, xalqaro shartnoma huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, diplomatik huquq, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro atom huquqi, xalqaro kosmik huquq). Ularni tashkil qilishning yagona yo‘li xalqaro huquq sub’ektlarining kelishuvi hisoblanadi. Faqat xalqaro huquq sub’ektlarigina o‘zining u yoki bu xatti-harakatlariga, xulq-atvor qoidalariga yuridik majburiy xarakter berishi mumkin. Xalqaro xuquqiy normalarni bajarish asosan ushbu huquq tizimi sub’ektlari tomonidan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
  • Davlat va huquq nazariyasida "huquq manbalari" atamasi ikki ma’noda — moddiy va formal ma’noda qo‘llaniladi. Moddiy manbalar deganda jamiyat hayotining moddiy shart-sharoitlari tushuniladi. Huquqning formal manbalari — huquq normalari o‘z ifodasini topadigan shaklini anglatadi. Faqat huquqning formal manbalari yuridik kategoriya va yuridik fanning, shu jumladan xalqaro huquq fanining o‘rganish predmeti hisoblanadi. "Huquq manbalari" — davlat va huquq nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan va umuman huquqqa taalluqli bo‘lgan, ya’ni milliy huquqqa ham, xalqaro huquqqa ham tegishli bo‘lgan tushunchadir. YUridik ma’noda huquq manbai xulq-atvor qoidalari ifodalovchi va yurish-turish qoidalariga huquqiy norma tusini beruvchi shakl hisoblana-di. Mazkur tushuncha ikki elementdan tashkil topadi:
  • birinchidan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakat qoida-lari muayyan shakdda ifodalanishi kerak; 
  • ikkinchidan, bunday shakl mazkur qoidalarni huquqiy norma sifatida e’tirof etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
  • Xalqaro huquq manbalari — xalqaro-huquqiy munosabat sub’ektlarining xatti-harakat qoidalarini ifodalovchi va mazkur qoidalarni xalqaro huquq normalari tusini beruvchi shakldir.
  • Xalqaro huquqning asosiy manbalarini belgilashda BMT Xalqaro sudi Statutining 38-moddasiga murojaat qilinadi. Mazkur moddada: "Sud o‘ziga berilgan nizolarni xalqaro huquq asosida hal qilishga majbur va quyidagilarni qo‘llaydi:
  • a) da’vogar davlatlar tomonidan muayyan tan olingan qoidalar-ni belgilovchi umumiy hamda maxsus xalqaro konvensiyalarni;
  • b) huquqiy norma sifatida tan olingan, umumjahon amaliyoti-ning isboti sifatida xalqaro odatlarni;
  • v) madaniyatli (sivilizatsiyaviy) millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy prinsiplarini; 
  • g) huquqiy normalarni belgilash uchun qo‘shimcha vosita sifatida 59-moddada ko‘rsatilgan shartlar bilan turli millatlarning ommaviy huquq bo‘yicha eng malakali mutaxasisslarining nazariyalarini va sud qarorlarini", deb yozilgan.
  • Xalqaro huquq fanida xalqaro huquqning manbalari ikki turga, ya’ni asosiy va qo‘shimcha manbalarga ajratiladi. Xalqaro huquq manbalarining bunday bo‘linishi shartlidir. 
  • 'Hozirgi xalqaro huquqning asosiy manbalariga xalqaro shartnoma, xalqaro odatlar, davlatlarning majburiyatlari bo‘yicha va xalqaro tashkilotlarnnng a’zo davlatlariga ko‘rsatma beruvchi bir tomonlama yuridik hujjatlar kiradi. 
  • Birinchi asosiy manba xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan, xalqaro huquq sub’ektlari o‘rtasidagi yozma bitim sifatida tushuniladigan xalqaro shartnomadir. Xalqaro shartnomalarning tuzilishini tartibga soluvchi normalar tizimi xalqaro shartnomalar huquqi deb yuritiladigan xalqaro huquqning alohida, mustaqil sohasini tashkil qiladi.
  • Xalqaro huquqning ikkinchi muhim manbai xalqaro odatlardir. BMT Xalqaro sudi Statutining 38-moddasida xalqaro odatlar "huquqiy norma sifatida tan olingan umumjahon amaliyotining isboti" sifatida belgilanadi. Ushbu tushunchada, birinchidan, davlatlarning amaliyoti to‘g‘risida, ikkinchidan, ularning bir xil vaziyatlardagi tegishli xatti-harakatlar amaliyoti to‘g‘risida va, uchinchidan, davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan shunday ko‘p takrorlanadigan xatti-harakatlarni yuridik majburiy deb tan olish, ya’ni davlatlarning so‘zsiz kelishuvi, mazkur xatti-harakatlarga xalqaro-huquqiy norma sifatini berishi to‘g‘risida ham gap boradi. Xalqaro odatlar to‘g‘risida gapirilganda, xalqaro huquq normasi sifatida so‘z boradi. CHunki, lokal xalqaro odat qoidalarini yaratish mumkin bo‘lsada, lekin juda kam uchraydi. Ikki tomonlama odatlar esa hech qanday ahamiyatga ega emas.

Download 79,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish