Bog'liq XALQARO GEN MUHANDISLIGI VA BIOTEXNOLOGIYA MARKAZI NIZOMI
Kotibiyat 1. Kotibiyat tarkibi Direktor va xodimlardan iborat.
2. Direktor Boshqaruv Kengashi tomonidan a'zo davlatlarning nomzodlari orasidan besh yillik muddatga tayinlanadi. Direktor keying besh yillik muddatga qayta tayinlanishi mumkin, undan keyin u yangi tayinlanish huquqiga ega emas. Direktor Markaz faoliyati bilan bog`liq bo`lgan fan va texnika sohalarida yuqori obro`ga ega bo`lgan shaxs bo`lishi kerak. Shuningdek, nomzodning ilmiy markazni boshqarish va bilimlarning turli sohalaridagi olimlar guruhiga rahbarlik qilish tajribasi e’tiborga olinadi.
3. Xodimlar tarkibiga Direktor o'rinbosari, kafedra mudirlari va boshqa professional, texnik, ma'muriy va kanselyariya xodimlari shu jumladan Markazga kerak bo`lgan jismoniy mehnat ishchilari kiradi.
4. Direktor bosh ilmiy/ma'muriy xodim va Markazning yuridik vakili hisoblanadi. U shu lavozimda Boshqaruv Kengashi va uning yordamchi organlarining barcha uchrashuvlarida qatnashadi. Boshqaruvchilar Kengashi yoki Ilmiy maslahatchilar Kengashining ko`rsatmalari va nazoratiga binoan ish olib ish olib borib, Direktor Markaz ishiga rahbarlik qilish uchun umumiy javobgarlikka va to`liq vakolatlarga ega.
Shuningdek, U Direktor sifatida ishonib topshirilgan shu kabi boshqa vazifalarni ham bajarishi kerak. Direktor uchrashuvlar, tashkilotchilik ishlari va xodimlarning faoliyati uchun javobgardir. Direktor katta ilmiy xodimlar bilan birgalikda markaz ilmiy natijalarni baholash hamda joriy ilmiy ishlarni rejalashtirishning maslahat mexanizmini yaratadi.
5. O'z vazifalarini bajarishda Direktor va xodimlar har qanday hukumat yoki tashqi hokimiyat organlaridan ko'rsatmalar olishi mumkin emas. Ular faqat Markaz oldida javob beradigan xalqaro amaldorlar sifatida o'zlarining mavqeiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan har qanday harakatlardan o’zlarini tiyishi lozim. Markazning har bir a'zosi direktor va xodimlarni vazifalarining qat'iy xalqaro mohiyatini hurmat qilishlga va ularga o’z vazifalarini bajarayotganda ta'sir o'tkazishga intilmaslikka majburdir.
6. Xodimlar kengash tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq Direktor tomonidan tayinlanadi. Xodimlarning xizmat ko'rsatish shartlari imkon qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy tizimiga mos kelishi kerak. Ilmiy va texnik xodimlar va ularning xizmat ko`rsatish shartlarini aniqlashda samaradorlik, mahorat va yaxlitlikning eng yuqori standartlarini ta'minlashga eng birinchi o`rinda e’tibor qaratish kerak.