Hamkor markaz va tarmoqlar
1. 1-moddaning 1-bandi,
2-moddaning “g” kichik bandi va 3-moddaning “g” kichik bandlariga muvofiq, Markaz hamkor/sherik markaz va tarmoqlar tizimini rivojlantiradi va ishlab chiqadi(Markazning maqsadlarini bajarishda).
2. Ilmiy maslahat kengashi tavsiyasiga binoan Boshqaruv Kengashi hamkor markaz va tarmoqlarga Ilmiy markaz maqomini berish mezonlarini belgilaydi va hamkor markazlarning Markaz organlari bilan rasmiy aloqalariga ko`ra qaror qabul qiladi.
3. Ilmiy maslahatchilar kengashining tavsiyalari asosida Boshqaruv Kengashi a'zo davlatlarning Markaz faoliyatini kuchaytirish uchun alohida salohiyatga ega bo'lgan milliy, mintaqaviy va xalqaro laboratoriyalar guruhlariga filial-tizimi maqomini berish mezonlarini belgilaydi.
4. Boshqaruv Kengashi tasdiqlaganidan keyin Markaz hamkor markaz va tarmoqlar bilan sherikchilik munosabatlarni o'rnatish uchun shartnomalar tuzadi. Bu shartnomalar ilmiy va moliyaviy jihatlarni o'z ichiga olishi mumkin, ammo shu bilan chegaralangan bo`lmasligi kerak.
5. Markaz manfaatdor a'zo davlatlar bilan kelishgan holda Boshqaruv Kengashi tomonidan tasdiqlangan formulaga muvofiq hamkor markaz va tarmoqlarni moliyalashtirishga hissa qo'shishi mumkin.
10-modda Moliyaviy masalalar
1. Markazni moliyalashtirish quyidagilardan iborat:
• (a) Markazni ishga tushirish uchun dastlabki mablag`;
• (b) yillik a'zolik badallari, afzalrog’i konvertatsiya qilinadigan valyutada;
• (c) Boshqaruvchilar Kengashining roziligi bilan umumiy va maxsus ixtiyoriy badallar, shu jumladan a'zo davlatlar, a'zo bo'lmagan davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, hukumatlararo va nodavlat tashkilotlar, fondlar, muassasalar va shaxslar xayriyalari, meros, grant va maqsadli mablag'lar;
• (d) Boshqaruv Kengash roziligida ixtiyoriy boshqa manbalar.
2. Moliyaviy masalalarda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli qarorlari bilan belgilangan kam rivojlangan mamlakatlar Kengash tomonidan belgilanadigan yanada qulay mezonlarga asoslanib Markazga a’zo bo`lishlari mumkin.
3. Mezbon davlat Markazga zarur infratuzilmani taqdim etish(yer, binolar, mebellar, uskunalar va boshqalar), shuningdek Markaz faoliyatining dastlabki yillarida uning operatsion xarajatlariga yordam berish orqali dastlabki hissani qo'shadi.
4. Direktor keyingi moliyaviy davr uchun tegishli moliyaviy hisob-kitoblar bilan birgalikda ish dasturining loyihasini tayyorlaydi va Ilmiy maslahat kengashi orqali Boshqaruv Kengashiga taqdim etadi.
5. Kalendar yil Markazning moliyaviy davri hisoblanadi.
11-modda
Do'stlaringiz bilan baham: |