Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi tashkil etildi


Zamonaviy texnologiyalar namoyishi



Download 71,79 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2021
Hajmi71,79 Kb.
#62272
1   2   3   4
Bog'liq
biznes va texnalogiyalari

Zamonaviy texnologiyalar namoyishi

“O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasida X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida hududiy taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 350 dan ortiq innovatsion ilmiy ishlanma va loyiha namoyish etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari O.Parpiyev, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari N.Husanov va boshqalar mamlakatimizda innovatsion g‘oyalar va ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida mustahkam hamkorlikni kuchaytirish, yangi ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilgani, o‘tgan yillarda mazkur yarmarkalarda 4,5 mingdan ziyod loyiha tavsiya qilinib, oltmishdan ortiq yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. 

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi «Imkon hamkor ishonch bog‘i» fermer xo‘jaligida bir necha yildan buyon mo‘l hosil olinadi. Uch yil avval fermer bog‘ida yetishtirilgan mevalarni saqlash uchun sovutgich qurilib, ishga tushirildi. Sarxil mevalar saralanib, saqlash uchun qo‘yildi. Biroq ular qisqa muddatda o‘zgarib, sifatini yo‘qotdi. Bu hol ikkinchi yilda ham yuz bergach, fermer olimlar bilan hamkorlik qilishga qaror qildi. 

– Ilmiy jamoamiz vakillari bog‘ tuprog‘ini o‘rganib, sara olmalarning sovutgichda nima uchun uzoq turmayotgani sababini aniqladi, – deydi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi, biologiya fanlari doktori Laziza Fofurova. – Bog‘ tuprog‘ida kalsiy moddasi kamligi bois mevalar uzoq saqlanmagan. Tuproqni kerakli miqdorda boyitib berganimizdan keyin o‘tgan yilgi hosil yaxshi saqlanmoqda. Bugungi yarmarkada tuproq unumdorligini oshiruvchi ishlanmalarimiz bilan qatnashdik. Ular oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, tuproq unumdorligini oshirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda foydalaniladigan texnologiyalardir. Misol uchun, qattiq maishiy chiqindilardan bioorganik o‘g‘it ishlab chiqarish loyihasi juda yaxshi samara berishi shubhasiz. Bunda qog‘oz, turli meva-sabzavotlarning qoldiqlari, chinor bargi kabi chiqindilardan yomg‘ir chuvalchangi ko‘magida «Universal» nomli bioo‘g‘it tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 

Qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish samaradorligi, mamlakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo‘lgan yerlarning unumdorligi, uning meliorativ holatini muntazam yaxshilab borish bilan uzviy bog‘liq. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan kasalliklarga chidamli va viruslardan tozalangan urug‘lik kartoshka katta yangilik bo‘ldi. Bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga ekilishi va mahalliy navlarga nisbatan 3 barobar ortiq hosildorligi sabab kunning birinchi yarmidayoq fermer xo‘jaliklari bilan bu borada yirik shartnomalar imzolandi. 

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini mustahkam qaror toptirish masalasi doimiy e’tiborda. 

Sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida shifo maskanlari tibbiy-tashxis, laboratoriya uskunalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish, aholini arzon, sifatli, xavfsiz dori-darmon va preparatlar bilan ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida ham tibbiy texnika, laboratoriya-tashxis vositalari, farmetsevtika mahsulotlari keng o‘rin olgan. 

– Biz tibbiyot sohasida importning o‘rnini bosuvchi asbob-uskunalar yaratamiz va ishlab chiqaramiz, – deydi «Supromed» xususiy korxonasi direktori o‘rinbosari Husan Hamidov. –Yarmarkada har yili faol ishtirok etamiz. O‘tgan yillar davomida o‘ndan ortiq innovatsion loyihamiz amaliyotga tatbiq etildi. Shifo maskanlari uchun fizoterapiya uskunalari va «Puva» nomli kabinani taqdim etmoqdamiz. Yuqori chastotali tok bilan davolovchi uskuna soch to‘kilishi, asab buzilishi, turli shamollashlarda ko‘maklashsa, kabinamizdagi ultrabinafsha nuri teri kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. 

Yarmarkada yirik ishlab chiqarish korxonalari qatorida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari ham o‘z mahsulotlari bilan qatnashayotir. Yashnobodda faoliyat yuritayotgan “Hilol shams” xususiy korxonasi ulardan biri. 

– Mazkur yarmarkada ilk bor ishtirok etayotirmiz, – deydi korxona direktori Doniyor Karimov. – Biz ishlab chiqarayotgan sariq, qizil, qora va jigar rangdagi g‘ishtlar binoning tashqi ko‘rinishiga o‘zgacha qiyofa baxsh etadi. Ular terish uchun qulay bo‘lish bilan birga issiqlikni yaxshi saqlaydi, sho‘rlanmaydi. Qulfli g‘isht deb nomlangan bu mahsulotimizni tayyorlash uskunasini ham o‘zimiz yaratdik. 

– Ilmiy jamoamiz o‘ttizga yaqin loyiha va ishlanma bilan qatnashmoqda, – deydi Guliston davlat universitetining professori Hazratqul Qarshiboyev. – Fizika, texnika, pedagogika sohasi uchun qo‘llanmalar, qishloq xo‘jaligi uchun yangi navlar shular sirasidandir. Bugun ko‘plab tadbirkorlar sho‘r yerlarda shirinmiya yetishtirish va eksport qilish, issiqxonada ananasdan hosil olish, astragal o‘simligidan yangi turdagi dori-darmonlar tayyorlash kabi loyihalarimizga qiziqish bildirmoqda. 

Yarmarka doirasida Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyatlari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi. Sanoat korxonalari va tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yangi texnologiya, loyiha va ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. 


Download 71,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish