SHu tarzda nashr — bu o’ziga xos yo’l bo’lib, tadqiqotchi o’zining faoliyatidagi, uning ilmiy aloqalari va tashqi ilmiy manbalarni qo’llashda qoldirgan izlar hisoblanadi.
Kimgadir iqtiboslik qilish — bu avvalgi yozgan yoki o’tmishdagi olimlar ishiga o’z ishingizda ehtibor ko’rsatish, yahni iqtiboslik keltirish bu insonning intellektual qarzi hisoblanadi.
Nashrlarga iqtiboslik keltirish sabablari:
• xissasini tan olish;
• shaxsiy ishni yoki boshqalar ishini to’g’irlash;
• avvalgi ishlarni tanqid qilish;
• ushbu mavzuga oid qo’shimcha adabiyotlarni ko’rsatish;
• avvalgi ishlarni inkor qilish, tan olmaslik;
• ma’lumotlarni tasdiqlash;
• hurmat keltirish.
Iqtiboslik haqida gapirganda, ikkita tushunchani farqlab olish kerak: «citation» va «references». Bu ikkita inglizcha so’zlar bir-biriga sinonimlar hisoblanadi. Biz «citation» so’zini qachonki maqolaga iqtiboslik haqida gapirganda qo’llaymiz. «references» so’zini esa — maqolada keltirilgan adabiyotlar haqida gapirganda qo’llaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |