Singapur bilan hamkorlik. 2007 yil 15 mayda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan Singapur banklar Assotsiatsiyasi o’rtasida o’zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
O’BA va SBA o’rtasidagi hamkorlikning asosiy yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Ma’lumot almashish va assotsiatsiyalar ishtirokchi banklar o’rtasida loyihaviy moliyalashtirish sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, korrespondent munosabatlarni o’rnatish, kredit liniyalari ochish, savdoni moliyalashtirish orqali o’zaro hamkorlikni rivojlantirish;
YAngi bank mahsulotlari, bank operatsiyalari va to’lov tizimini avtomatlashtirish, majburiyatlar bozori va moliyaviy vositalarni rivojlantirish, riskni boshqaruv usul va instrumentlarini rivojlantirish sohalarida O’BA infratuzilmaviy tashkilotlari va SBA qo’mitalari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish;
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi faoliyatini mustahkamlash maqsadida Singapur bank-moliya tizimidagi tajribali maslahatchilarni jalb qilgan holda ekspert qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 13 fevraldagi №PQ-581 sonli “Singapur Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi” Qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturi bandlarini bajarish maqsadida Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik o’rnatildi.
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti o’rtasida imzolangan ta’lim xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi Umumiy shartnomaga asosan bank mutaxassislari uchun Singapurda qisqa va o’rta muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. 2007 yil 20 fevraldan 20 maygacha O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining 30 mutaxassislari Singapurda 3 oylik kurslarni muvaffaqiyatli bitirishdi.
2007 yilning 24 sentyabridan 26 dekabrigacha 30 nafar bankirlarning ikkinchi guruhi Singapurda malaka oshirishdi.
Umumiy shartnomaning 4 bandiga muvofiq 2007 yilning 3-16 iyulida O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasining 12 tinglovchisiga Singapur menedjmentni rivojlantirish institutida yozgi tajriba orttirish tashkil etildi. Tajriba orttirish moliyaviy tahlil, xalqaro moliyaviy operatsiyalar, bank menejmenti, qimmatli qog’ozlar bozori va birja ishi yo’nalishlari bo’yicha o’tkazildi.
11 nafar tijorat banklari va moliyaviy institutlar mutaxassislaridan tashkil topgan guruh Singapur menedjmentni rivojlantirish institutiga yuborildi. Trening dasturi Singapurda 2007 yil 25-28 aprelda o’tkazilib, “Xalqaro buxgalteriya hisobi va bank xodimlari uchun investitsiyani baholash usullari” mavzusiga bag’ishlandi.
Shu bilan bir qatorda tijorat banklari mutaxassislari uchun Singapur menedjmentni rivojlantirish institutida doimiy ravishda qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |