Xalq ta’limini moliyalashtirishni samarali tashkil etishning nazariy-huquqiy


-BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI



Download 4,2 Mb.
bet13/16
Sana06.07.2022
Hajmi4,2 Mb.
#750737
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mk.118 Amirov Shahob

3-BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI




    1. Xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari


Ta'lim tizimini moliyaviy-iqtisodiy boshqarish tizimining takomillashishi kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar bilan yonma-yon jarayon bo‘lib, mazkur jarayonni jadallashtirish avvalo, moliya-byudjet, investitsiya, ta'lim, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosatlariga bog‘lik.


Ta'lim tizimini moliyalashtirish va uning iqtisodiy asoslarini kengaytirishda moliyalashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Unga ko‘ra, moliyalashtirishdan ko‘proq manfaatdor tomonlar aniqlanadi. Davlat moliyalashtirishining sxemasi ishlab chiqiladi, moliyalashtirishdagi asosiy muammolar va uning kelib chiqish sabablari o‘rganiladi, sxemaning nomarkazlashtirish bilan bog‘liq amal qilishidagi tavakkalchiliklarga baho beriladi, moliyalashtirish mexanizmi oldiga qo‘yiladigan talablar belgilanadi.
Davlat byudjetidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • mablag‘larni sarflashda tejamkorlik tartibiga rioya qilish, pul sarflarining eng kam bo‘lishiga intilish;

  • byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, ya’ni faqat aniqlangan va oldindan asoslangan maqsadlarga ularni smeta moddalari o‘rtasida qayta taqsimlashlarsiz ishlatish;

  • davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan yuqori tashkilotlar hamda moliya organlari tomonidan muntazam nazoratni olib borish.

Mа'lumki, rеspublikаmizdа dаvlаt Byudjеtining g‘аznа ijrosi tizimi joriy еtilgаndаn kеyin bаrchа yuridik shаxs mаqomigа еgа bo‘lgаn Byudjet tashkilotlаrini moliyаviy tа'minlаsh g‘аznаchilik tizimi orqаli аmаlga oshiriladigаn bo‘ldi.
Markaziy G‘aznachilik tizimini tashkil qilishdan asosiy maqsad - O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi jarayonida mablag‘larni samarali boshqarish, davlat buyurtmalarini va dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni oshirish, byudjet daromadlari tushumini va davlat mablag‘lari maqsadli sarflanishini nazorat qilishda tezkorlikni ta'minlashdir.
Byudjet xarajatlari amalga oshirilishini boshqarishni mujassamlashtirish maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

  • Tegishli byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan xarajatlarning ruxsat orqali amalga oshirilshi hamda ularninng hajmi yillik ajratmalari va xarajatlarni amalga oshirish ruxsati miqdoridan oshmasligi kerak.

  • Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari tegishli ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda byudjetdan tashqari daromadlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.

  • Maqsadli grantlar va davlat qarzlari hisobiga moliyalashtiriluvchi xarajatlar uchun xarajatlar tegishli ruxsat va amaldagi me'yor hamda qo‘llanmalari asosida mavjud holda mablag‘lar doirasida G‘aznachilik organlarining tegishli ruxsati asosida amalga oshiriladi.

Respublikamizdagi barcha byudjet tashkilotlari g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan ochilagan shaxsiy hisobraqamlariga ega.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan Davlat byudjetining byudjet tasnifi bo‘limlari, boblari va paragraflari bo‘yicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
-byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘zini saqlash va markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-kapital qurilish ob'yektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lari;
-ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlari;
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan moliyaviy majburiyatlar summasi;
-xarajatlar to‘lovi ruxsatnomalari;
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan kassa xarajatlari.
Byudjеtdаn mаblаg‘ oluvchilаr yеtkаzib bеruvchilаr bilan shаrtnomаlar tuzаdilar, shuningdek shаrtnomаlarga byudjеtdan mаblag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag‘lari doirasidagina qo‘shimcha va o‘zgаrtirishlar kiritаdilar.
G‘aznachilikda to‘lovlarini amalga oshirish Byudjet mablag‘lari oluvchilarning yuridik majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish asosida moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi, deb tushiniladi.
Jаhon amаliyotidа tа’lim muаssаsаlаrini moliyalashtirishning mablag‘lardan samarali foydalanish va ta’lim sifatini oshirishni rаg‘bаtlаntiruvchi yаngi yo‘llarini qidirib topish ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi harakatlarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta’lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarni ta’minlashga qaratilgan:

    • ta’limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan);

    • ta’lim sifati va natijalari;

    • tenglik - bir xil ehtiyojli o‘quvchilar mablag‘lar bilan bir xil darajada ta’minlanadilar; muhtojroq o‘quvchilar ko‘proq mablag‘ oladilar;

    • samaradorlik: tashqi samaradorlik – ta’lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning samaradorligini hisobga olib mablag‘lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik – eng kam xarajat qilib ko‘proq natijalarga erishish.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda haligacha ta'limni moliyalashtirish manbasi asosan, bandlikka ko‘maklashish jamgarmasi, xususiylashtirilgan korxonalardan tushgan mablag‘lar hamda davlat byudjetidan iborat bo‘lmoqda. Shu bilan birga moliyalashtirish tarkibida davlat byudjeti ulushi 78-95% gachani tashkil etmoqda. Demak, bugungi kunda byudjet mаblаg‘lаrini boshqarish tа'limni iqtisodiy boshqarishda ustuvor ahamiyatga ega.
Ta’lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu usulni qo‘llashda har bir mamlakat o‘z ijtimoiy siyosatining ustuvorliklari, shuningdek, byudjet tizimining o‘ziga xosligi va ta’lim tizimini boshqarish xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o‘tmishda mashhur bo‘lgan va hozirgi kunda maktab ta’limining ko‘plab tizimlarida amalda qo‘llanilayotgan ta’lim muassasalariga moliyaviy mablag‘larni ajratishning bir qancha yo‘llari va usullarini ta’kidlash mumkin:

    • o‘tgan davr ko‘rsatkichlari asosida moliyalashtirish, bunda muassasa byudjeti u moliyalashtiriladigan tegishli byudjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan holda o‘tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi ayrim tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag‘ ajratiladi;

    • alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo‘yicha) – bunda har bir maktab davlatga o‘zining muayyan miqdordagi ajratmalarga ehtiyojini asoslab berishi lozim, agar maktabning mablag‘ ajratish bo‘yicha so‘rovi muayyan talablarga mos kelsa, davlatdan o‘ziga kerakli mablag‘larni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

    • xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish, bunda mablag‘lar maktablarga ular faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, ya’ni bino va inshootlarni saqlash, joriy remont, xodimlar mehnatiga haq to‘lash kabilarga sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi (“xarajatli” deb ataluvchi bu usul bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ijtimoiy soha muassasalarini byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qo‘llanib kelinmoqda);

    • formula asosida moliyalashtirish, bunda moliyaviy resurslar har bir maktab uchun belgilangan va to‘g‘ri qo‘llaniladigan mezonlar tizimiga muvofiq ajratiladi.

Moliyalashtirish formulasi:

  • har bir maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini;

  • maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillarni aniqlash imkonini beradi.

Maktab ta’limida byudjet mablag‘larini taqsimlashning “pul o‘quvchining ortidan boradi”gan tamoyilga asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan iborat muqobil mexanizmini tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan:

  • ta’limga ajratilgan byudjetni taqsimlash jarayonining shaffofligi, ob’ektivligi va aniqligini oshirish, muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash jarayonlarida turli xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga ketadigan vaqtni kamaytirish;

  • xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish;

  • mahalliy darajada (masalan, tuman, shahar miqyosida) bu tizimning joriy etilishi maktab yoshidagi aholi sonining sekin-asta kamayib borishi natijasida maktablar tarmog‘ini qayta tarkiblash (restrukturizatsiya qilish) dasturi doirasida moliyaviy mablag‘larni maktablar o‘rtasida taqsimlash tizimini yaxshilashi mumkin;

  • maktab darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga (ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilashga xizmat qiladi.




    1. Download 4,2 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish