O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
«MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI» KAFEDRASI
“BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI”
MODULI BO‘YICHA ISHCHI
O‘QUV-MAVZU REJA VA DASTURI
(Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun)
S AMARQAND- 2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
«TASDIQLAYMAN»
Direktor A.Ibragimov
__________ __________ 2020 y.
(imzo) (sana)
«MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI» KAFEDRASI
“BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI” MODULI BO‘YICHA ISHCHI
O‘QUV-MAVZU REJA VA DASTURI
(Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun)
«Kelishildi» Kafedra mudiri:
O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari: __________ M.Raximqulova
_______________ D.Urinbayeva
S AMARQAND- 2020
Ishchi o‘quv-mavzu reja va dastur kafedraning 2020 yil ___- _____________dagi ___-sonli yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan.
Ushbu “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi” moduli bo‘yicha ishchi o‘quv-mavzu reja va dastur hududiy markazning 2020 yil ___ _____________dagi Ilmiy- metodik kengash yig‘ilishining ___- sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Pedagog kadrlarni tayyorlash xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv- metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |