Insoniy fazilatlar haqida donishmandlar.
Riyozat egasi bo`l: ortiq, darajada yeb-ichma, shunday qilsang, ega bo`lasan, yaxshiroq, o`ylaysan.
Sukut saqla: o`zingga va boshqalarga foydasi tegmaydigan so`zlar so`zlama, ezmalik qilma.
Maqsad egasi bo`l: qiladigan ishingni avval yaxshi o`ylab, bir qarorga kel, keyin u ishni kamchiliksiz bajar.
Tejamkor bo`l: mol dunyongni xech foydasi bo`lmagan yerlarga sarf etma, pulni teja, ya’ni isrofdan saqlan.
Sa’y-g`ayrat egasi bo`l: vaqtingni bekorga o`tkazma, foydali ishlar bilan mashg`ul bo`l, sa’y-g`ayrat qil. Kerak bo`lmagan ishlardan qo`lingni tort.
Pokdomon bo`l: a’zoyi badaningni, kiyim-kechak, uy va boshqa narsalaringni sira ham iflos qilma, tozalikka diqqat ber.
Qalb huzuriga ega bo`l: mayda-chuyda, hech narsaga arzimaydigan narsalardan qayg`urib, salomatlikni buzma.
Iffatli bo`l: o`zing tugul boshqalarning tinchligini ham qo`r- qinch ostida qoldirma, doimo iffatli, nomusli bo`l, ma’nosiz yo`llardan yurma.
Odobli bo`l: tarbiyali va olim-fozillardan o`rnak ol, tavozeli, muloyim so`zli bo`l, o`zingni yuqori tutma, kamtarlik yaxshi xislat ekanligini esingdan chiqarma.
Olijanob bo`l: olijanoblik bir quvvatdirki, bu quvvatga ega bo`lgan odam boylikka va odamlarning maqtashlariga, iltifot, kamsitishlariga sira e’tibor qilmaydi, turmushning o`zgarib tu- rishiga qayg`urmaydi. Mol-dunyosi ko`p bo`lsa g`ururlanib, mutakabbir bo`lib ketmaydi, xalqning maqtashiga sevinmaydi. Xar vaqt bir xilda bo`lib, o`zini daraja va himmatini saqlaydi.
Muloyimlik shiorini tut: achchiqlangan vaqtda o`zingni tuta bil. Muloyimlik ulug` fazilatlarning biridir. Kaxr-g`azab vaqtida o`zini bosib tinch tura olish odamni juda ko`p xavf-xatarlardan, yomonliklardan saqlaydi. Muloyim, yumshoq, ko`ngilli kishilarni har kim sevadi.
Sabr-toqatli bo`l: osoyishtalik qilgan odam janjal, g`avg`o vaqtlarda qichqirib yengillik va qiziqonlik ko`rsatmaydi, sukut va sabr saqlaydi. Qiziqqonlik salomatlikka, hatto umrga zarar yetkazadi. Qiziqqonlik, yengillik, qahr-g`azab odamni uyatga qoldiradi. «G`azab bilan sarg`aygan yuz pushaymonlik bilan qizaradi», deb shunga aytadilar.
CHidamlilik: go`zal sifatlarga oliy ishlarga erishish yo`lida mashaqqatga bardosh berishdir.
Yaqin kishiga nisbaan muhabbat
Amerikalik ruxshunoslarning ta’kidlashicha, biz begona odamlarga ko`ngil qo`ymas ekanmiz, balki yaxshigina sinovdan o`tgan odamlargina sevgimizdan baxramand bo`lar ekan. Xar qalay, yon qo`shni bo`lib yashash yoki umumiy qiziq,ishlar doirasi romantik munosabatlar uchun mustaxkam asos bo`lib xizmat qiladi. Avvaliga bir - biriga nisbatan xech qanaqa qiziqish, intilish his etmagan odamlar keyin o`zaro yaqinlik, qandaydir iliq tuyg`ularni his qilishadi. Yana bir odamlarni yakqinlashtiruvchi omil, birgalikda kechirilgan tanglik holati, aynan mana shunday yaqinlik ko`pchilik ishidagi ishqlarning mohiyatini anglab olishga imkon beradi, degan fikrga moyildir ruxshunoslar.
Oilaviy hayotda baxti chopmagan mal`taliklarning mamlakatlarida yangi siyosiy partiya tuzilayotgani va ularning etakchilari Maltadagi ajrashishlar haqidagi muammolarni qonunchilik asosida xal qilishga erishish xususida katta va’dalar berishayotganida behad shod bo`lib, bu xabarni zo`r quvonch bilan kutib olishdi. Bugungi kunda Mal`tada nikohni bekor qilish masalasi Malta fuqarosi uchun amalda imkoni yo`q narsa desa xam bo`laveradi. Buning uchun kamida uch yil davomida turli muassasalar ostonasiga bosh urib borish talab etiladi.
Turmush tarzingizni baholang.
-
Agar ertalab uyqudan erta uyg`onish siz uchun juda ham muhim bo`lsa, unda:
a)Budilnikni sozlab, har ehtimolga qarshi yotoqdan uzoqroqqa qo`yaman.
b) Ichki ovozimga tayanaman.
v) Yelkamni qisaman... Uyg`onsam yaxshi, uyg`onmasam shirin tush.
-
Har bir odam o`zicha dam oladi.
b) O`rtoqlarim bilan ko`rishaman.
v) Mening ko`p qiziq; ishlarim bor, shuning uchun bu haqda gap bo`lishi mumkin emas.
v)Sershovqin shahardan qancha uzoqlashsam, shuncha yaxshi dam olaman.
-
Hafta yakunida qaysi faoliyatingizni ko`proq, eslaysiz?
a) Oyoqdar xorib ketguncha raqsga tushganimni.
b).Bir-ikki kilometr yayov yurganimni.
v) Yoqtirgan mashg`ulot zalida ter to`kib mashq qilganimni.
-
Do`stlaringiz bilan uyingizda bazm kechasini uyushtirishga qanday qaraysiz?
a) Ko`ngil xushlik qilishga zo`r imkoniyat.
b) Faqat bekorga yo`q qilgan vaqt yoki pul.
v) Nima bo`lishidan qat’iy nazar bahra olishga harakat qilaman
5 Fel –atvoringiz kuchli tomoni qayerda.
a)Nimani o`ylasam, albatta 100% ga bajaraman.
b) «Kerakli ishni bajar, nima bo`lsa bo`lar» degan g`oyaga amal qilaman.
v)Agar men bo`lsam...
-
6 Agar sizni «tortishuv»ga chaqirishsa...
a) Asabimni buzmasdan, o`zimni telbalarcha tutaman.
b) O`z gapimni aytaman va gapimda oxirigacha turaman.
v) Tomog`idan bug`aman, qolaversa, janjal sevimli mashg`ulotlarimdan biridir.
0—8 ballgacha. Ko`rinib turibdiki, turmush tarzingiz a’lo darajada. Bu juda zo`r. Har kuni televizor oldida ovqat yeyish siz uchun umuman yot holat. Mashqlar zali yoki basseyn sizga juda tanish joy. Do`stlaringiz ham sizni xurmat qilishadi. Bo`lmasam-chi! Chunki bunday turmush tarziga yetishish uchun ko`p mashaqqat talab qilinadi, bunga esa odatlanib qolgansiz!
19—30 ballgacha. Ko`p hollarda idealga juda yaqinsiz; ko`p harakat, ovqat rejimi, uyda va bo`sh vaqtingizda foydali ish bilan shug`ullanmoqchi bo`lasiz, lekin ayrim hollarda yalqovlik domiga tortadi...
Hammamiz ham tirik odammiz, hammamizning ham kamchiligimiz bor, lekin zararli bo`lgan harakat yoki harakatsizlikni qilmaganingiz ma’qul, chunki odat tusiga kirishi mumkin.
33—42 ballgacha. Eh-he, sizning hayot kechirishingiz boshqacha- ku? Turmush tarzingizda «sog`lom» so`zni uchratish qiyin. Afsus! Bu haqda yaxshilab bosh qotirishingiz kerak!
Do`stlaringizni e`zozlaysizmi?.
Do`stlaringizning ko`p yoki kam bo`lishi fe’l-atvoringizga bog`liq,. Xo`sh, sizning do`stlaringiz nechta?
Dustlaringiz yigilishib, bayram o`tkazmoqchi ekanligini xabar qilishdi. Siz:
Xursand bo`lib, bayramni mening uyimda o`tkazishni taklif qilaman.
B. Bayramga men ham bajonidil qo`shilishimni aytaman.
Ishlarim ko`pligini aytib, afsuski bayramga borolmayman, deyman.
Chin do`stlaringiz nechta?
A.Ikki va undan ortiq
B. Bitga.
Dustlarim bor-u, ammo chin do`stim yo`q-
Do`stlaringiz bilan qizgin suhbat qurib o`tirgan edingiz. Ammo yangiliklar tugab, «gap qolmadi» Shunda siz:
A Suhbatni davom ettirish uchun biror-bir qiziqarli voqeani aytib beraman.
B. Do`stlarimdan gap chiqishini poylab o`tiraveraman.
Gap tugaganidan keyin uyga ketaman-da!
Qanday davrada o`zingizni qulayroq his etasiz?
A Do`stlarim davrasida.
B. Oila a’zolarim davrasida.
V Yolgiz o`zim qolganimda.
Deylik, ikki do`stingiz baxslashib qoldi. Bora-bora bu tor- tishuv kuchayib ketmoqda. Bunday vaziyatda siz qanday yo`l tutasiz?
A Ularni tezda ajrataman.
B. Baxe avj olib ketsa ajrataman.
V Birovlarning baxsiga qo`shiladigan odatim yo`q-
Do`stlaringizning uyiga tez-tez borib turasizmi?
A Ha, deyarli har kuni.
B. Tez-tez bulmasa-da, xarxolda borib turaman.
V Kamdan-kam paytlarda.
Do`stlaringizdan biri moddiy qiyinchilikka tushib qolganini eshitib qoldingiz. Siz:
A Qo`limdan kelgancha unga yordam beraman.
B. O`zi yordam so`rab kelishini kutaman.
V Qarz so`rab kelmasin, deb undan uzoqroq yuraman.
Qaysi bayramda do`stlarni mehmonga chaqirish qulayroq deb hisoblaysiz?
A Do`stlarni mehmonga chaqirish uchun bayramning hojati yo`q.
B. Yangi yil, tug`ilgan kunimda.
V Chaqirishim shart emas, sog`insa o`zi keladi.
Do`stlaringiz bilan tez-tez yig`ilishib turasizmi?
A Ha, ko`pincha men o`zim ularni yig`aman.
B. Bo`sh vaqtim bo`lganida.
V Faqatgina ba’zi paytlarda.
Chin do`st siz uchun:
A Meni ko`rganida doimo xursand bo`ladigan inson.
B. Qiyin damda yordamga keladigan odam.
V Meni e’zozlaydigan inson.
Javoblar quyidagicha baholanadi: «A» javobi uchun 3 ball, «B» javobi uchun 2 ball, «V» javobi uchun 1 balldan. Necha ball yiqqaningizni hisoblab chiqing va natijalarni solishtiring.
10 dan 15 ballgacha. Afsuski, Do`stlaringizni e’zozlamaysiz. Balki bunda ularning ham aybi bordir. Do`stlaringiz bilan ularni soginganingiz uchun emas, balki nomigagina uchrashasiz. Do`stlar davrasidan ko`ra yolg`izlikni ko`proq xush ko`rsangiz kerak. Maslahatimiz, ular bilan munosabatingizni yaxshilashga harakat qiling.
16 dan 23 ballgacha. Do`stlaringiz bilan munosabatlaringiz juda yaxshi. Uzoq vaqt ular bilan ko`rishmasangiz, soginib qolishingiz aniq. Davrada gapirishdan ko`ra ko`proq tinglashni yoqgirsangizda, suhbatdoshingizni hech qachon zeriktirib qo`ymaysiz. Siz do`stlaringizni e’zozlaysiz, ular esa o`z navbatida sizni.
24 dan 30 ballgacha. Siz «Do`st bilan obod uying, gar bo`lsa u vayrona ham» shiori asosida yashaysiz. Do`stlar davrasini dunyodagi hech narsaga almashtirmasangiz kerak. Xayotingizning eng baxtli kunlarini Do`stlaringizsiz tasavvur ham qilolmaysiz. Shuning uchun ham o`zaro munosabatlaringiz a’lo darajada.
Yaxshi dam- mehnaga hamdam
Barcha sidqidildan mehnat qiluvchilarda bir fikr bor: «Inson yaxshigina mehnat qilgach, yaxshi dam olishi kerak. Axir u mehnatiga yarasha mukofot olishga haqli-ku». Ta’til bu shunday davrki, unda hamma narsaga qo`l urish mumkin. Lekin shunday narsalar ham mavjud ekanki, inson ularni bajarishi shart emas ekan...
1-Qoida. Ishlash.
Ta`til olgan ayrim ihsonlar o`zi bilan dam olish joylariga hujjatlarni olib ketadilar. Uchkun o`tar-o`tmas hmkasblariga qo`ng`iroq qilib, “u yerda ishlar qanday o`zi ?” deb asabiy sovloni beradilar. Natijada ularning dam olishi raqiblar bilan kurashish uchun “Tezroq uyga” shiori ostida o`tadi. Bunday hol ro`y bermasligi uchun birinchi kundanoqmaonat ko`rsatib, ish to`g`risida o`ylamaslikka urinib ko`ring.:birinchidan, yangi joy va uning go`zalligi bilan yaqindan tanishib chiqing,ikkinchidan faqat dam olishni o`ylang.
2-qoida. Ozish
Siz dam olish joyidagi oshxonalarning eng mazali taomlaridan voz kechib, faqa ko`kat va sabzavotlar iste`mol qilishni rejalashtirib qo`ydingiz?
Xato qilasiz: chunki bu bilan siz ko`zingizda ochklik aksini va butun dunyoga nisbaan usiz qoniqmaslikka erishasiz. Agar chindan ham ozishni istasangiz, bu bilan shug`ullanishni boshqa vaqtga qoldiring.
Dam olish- bu huzurbaxsh lazzat.O`zingiz xohlagan, ko`nglingiz tusagan narsani iste`mol qiling. Shundagina ikki hafta mobaynida sizni yaxshi kayfiyat va ko`tarinki ruhiyat tark etmaydi.
3-qoida. Hamroh tanlash.
Dam olish vaqtini hamroh axtarishga bag`ishlash-zerikarli mashg`ulot. Yayrang, dam oling, hech kimga e`tabor bermaslikka urining.
4-qoida
Shifokor huzuriga qatnash.
O`zingiz o`ylab ko`ring: shunday toza havodan nafas olish imkoniyatiga ega bo`lib turgan davrda shifoxonaga qatnab dorilar hidini hidlash kerakmi? Daryo sohili bo`ylab yumshoq qum ustida rohat bilan qadam bosib, ultrabinafsha nurlarni qabul qilish o`rniga rentgenga yozilish adolatdanmi? Shifokorlar huzuriga dam olish oldidan yoki undan so`ng borishingiz mumkin. Ishdan bo`sh vaqtingizda toza havoda ko`proq yurishni nunutmang.
5-qoida.
Ta`mirlash bilan shug`ullanish
Azal-azaldan dam olish vaqtimizda biror bir foydali narsani qilib ulgurishga urinamiz. Siz bu holatda nafaqat jismoniy charchoqni orttirasiz, balki ruhan ham cho`kasiz. Bu esa o`zingizga ziyon.
6-qoida
Til o`rganish.
Dam olishga otlanayotib: “Bir yo`la u yerda ingliz tilini ham organaman”, deyishadi.Siz u yrda aniq zerikib qolmaysiz, chunki dam olish, sayohat qilish o`rniga so`zlarni yodlash bilan band bo`lasiz. Shunday qilib dengizning go`zalliklaridan bahramand bo`lish o`rniga siz har xil so`zlarni o`rganib, “Qanday dam olding ” savoliga “Voy, ikki haftada 500 ta so`z xolos ”, deb javob berasiz.
7-qoida
Yangi ish joy axtarish
Hattoki hozirgi va oldingi ish joyingiz sizga maqul bo`lsa ham. Chunki yozda suhbatlardan o`tishdan tashqari boshqa muhimroq ishlar nham mavjud, ortiqcha zo`riqishdan charchagan organizmingiz isyon ko`tarib ish tashlash kunlarini e`lon qilishi mumkin. Bundan tashqari ko`rinishingiz esa sizni hech qachon ishonsa bo`ladigan mutaxasis qilib ko`rsata olmaydi.
8-qoida
Tejamkor bo`lmoq.
Dam olishga sarflashga mo`ljallangan pulni oldindan ajratib qo`ying, bu pullarni sarflaganda achinmang. Shundagina siz bu pullarni sarflash o`rniga uyda o`tirishim yaxshi, degan yoxud qayiqda suzib orom olgan vaqtingiz: “Ey xudo, men pulga bir o y metroda yurishim mumkin ediku”, degan be`mani xayollarga bormaysiz.
9-qoida.
Sizga yoqmaydiganlar bilan dam olish.
Agar dam olishga bir guruh bo`lib otlangan bo`lsangiz oldindan aniqlab oling: bu insonlar siz birga dam olishni istagan kishilarmi o`zi? Agar bunga rozi bo`lmayotgan bo`lsangiz, unda dam olishga yakka jo`nang.
10-qoida
Uydan chiqmaslik.
Ta`lim vaqtida shart-sharoitni mudom o`zgartirib turish lozim. Axir notabiiy narsalar, g`ayrioddiy voqealar ko`proq yodimizda qoladi. Agar dengiz timon yo`l olishga qurbingiz yetmasa, toqqa, o`rmonga, dala hovliga yo`l olishingiz mumkin. Kundalik ish kuningizni tubdan o`zgartiring, kundalik tashvishlardan voz keching, ta`tininfaqat o`zingizga bag`ishlang. Bu esa go`zalligingizni yanada oshirib, ruhingizni tetiklashtiradi, barcha charchoqlarni albatta unutasiz.
Musiqa orqali shaxs psixologiyasiga ta’sir ko`rsatish
Ta’lim-tarbiya jarayonining kechishi ritmik shaklda bo`lib gox gamgin, gox xursand, gox tekis, gox tartibsiz, gohida esa tinchlantiruvchi xususiyat kashf etadi. Shunday ekan ta’lim-tarbiya jarayoniga musiqani kiritish chalg`ituvchi, dam oluvchi, davolovchi, tinchlantiruvchi xislat kashf etadi. Musiqadan foydalanish ish unumdorligini, ijobiy hissiyot (kayfiyat)ni oshiradi. Ilmiy izlanishlar shuni ko`rsatadiki,h;ar bir mashxur musiqa asarlari ma’lum ritmik asosda, matematik logika asosida, past, yuqori, uzun, qisqa notalarda tuzilganki, u odam psixikasiga ta’sir ko`rsatib, uni ishdan chiqarishi, kasallantirishi yoki davolashi mumkin.
Ayrim musiqa asarlari odamni jonlantirib uzoq yurishga marshga chorlasa, ayrimlari charchoqni chiqarishga (maqom), ayrimlari esa jonlantiruvchi (estrada) xususiyatiga ega. Bu bilan musiqa hamisha ham bir xil ta’sir qiladi degan xulosa chiqarib bo`lmaydi, albatta. .
Musiqaning ta’siri shaxs «kuchli» yoki «kuchsiz» ekanligiga, musiqa ohangi «past» yoki «yuqori»ligiga (detsibal) xam bog`liq. - Shuning uchun musiqa tanlay bilish ham kerak.
Musiqa tinglash orqali ish unumdorligini oshirish qatnashuvchilarning yoshiga, qanday musiqani yoqtirishlariga va qanday ishni (darsni) bajarayotganligiga ham bog`liq- Musiqa tanlay bilish psixologdan katta mahorat talab qiladi. Shuning uchun musiqa asarini tanlayotganda maqsadga muvofiq ravishda tanlasa, ish unumdorligi yaxshi bo`ladi.
Hordiq chiqaruvchi, jonlantiruvchi, kayfiyatni ko`taruvchi, muskullarni jonlantiruvchi (raqs bilan) va xokazo. Sharq kuylarini tanlab psixologik ta’sir ko`rsatish xonasi yoki maktab radio uzelidan foydalanib ta’lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshirish, ruhiy yaxshi kayfiyat hosil qilish mumkin.
Darslar tugagach o`quvchilar kayfiyatini oshiruvchi musiqa bilan uyga jo`natish ota-onalar bilan bolalar munosabatini yaxshilash, o`quv bilim jarayonini yaxshilash olimlarimiz tomonidan tajribalar asosida isbotlanganligini yodimizdan chiqarmasligimiz kerrak. Askarlarimiz marsh bilan qo`shiq aytib charchamay ancha yul yuradi. «O`tkan kunlarda» Otabek «O`rtar» ashulasi orqali qayg`usi-ni ozgina bo`lsada unutishga xarakat qiladi.
O`qituvchilar psixik holatini neyrolingvistik dasturlash orqali boshqarish.
O`qituvchilarning ishi mavsumiy bo`lib (sentyabr — iyun), o`zgarmas, bir xillikdan iboratdir. Boshlanishida unumdorlik kuchli, lekin asta-sekin o`quv yilining oxirigacha pasayib boradi. Tadbirkor, o`z psixologiyasini bilgan kishi hordiq chiqarish, ishlash, sevimli ish bilan shug`ullanishni reja bilan olib boradi. Shunday ishlardan biri sevimli mashg`ulot (xobbi)dir. Lekin sevimli mashrulot turlari yoki ko`p vaqt talab etadi. Shunday mashg`ulot va mashqlar borki, charchoqni chiqarib, kuch to`plabgina qolmay, kam vaqt talab etadi.
1- mashq.
-
O`zingizni yaxshi his qiladigan 4—5 faoliyat turini yozing.
-
Har bir faoliyat turi bo`yicha quyidagi savollarga javob be- ring:
a) bu faoliyat bir kishi bilan bajariladimi yoki ko`p kishi bilan;
b) qayerda, qanday sharoitda bajariladi, nima yordam bera- di-yu, nima xalaqit beradi;
v) bu faoliyat tashqi yoki ichki diqqatni i talab etadi;
g) bu faoliyatda ko`rish, eshitish yoki kinestik (his etish,harakat, nafas, yurak urishi va h.k.)dan qaysi biri ko`proq qo`llaniladi;
d) bu faoliyat qancha vaqt, mablag` va xarajatlarni talab etadi;
e) his qilish organlaridan qaysi biri hordiq, oladi;
j) bu faoliyat bilan shug`ullanish uchun odamlar bilan qanday aloqadorlik zarur?
-
Savollarga javob berib qaysi faoliyat sizga ko`proq foydali ekanligini va qanday hordiq chiqarish va kuch to`planishini belgilab oling.
2-mashq
-
O`zingizga qulay bir xil vaqtni (bir necha kun uchun) belgi- lab, 5—10 minut ajrating.
-
Stol yoki stulni ochiq deraza yoki eshik oldiga ko`yib yaxshilab joylashib olib, chuqur-chuqur nafas olib, muskullaringizni bushashtiring.
-
3. Tashqi ta’sirni sezmaslik uchun ko`zingizni yumib, hamma hid va ovozlarni his qiling.
-
4. Fikr va xayolingizga nima kelsa, yaxshilab filtrlang va sezing.
-
5. O`zingizga hisobot bering yoki kundaligingizga yozing.
-
6. Shunday holatni bir necha kun bajaring.
-
3-mashq
-
1. Bu mashqni bajarish uchun ozingiz yoqtirgan biror kishini taklif eting.
-
2. Do`stlaringiz iste`mol qiladigan, haroratli, hidli, ta`mli narsalar tayorlashni , lekin ko`rsatmaslikni iltimos qiling.
-
3. Ko`zingizni yumib sanab ko`ring, lekin so`zlamay faqat tovush ohangi bilan ayting.
-
4. Bu mashqni navbat bilan rollarni almashtirib bajaring.
-
4-mashq.
-
1. Ko`zingizni yumib “ko`r” bo`lib do`stingiz bilan aylanishga chiqing.
-
2. “To`siq”larga duch keeling va ularni sezishga harakat qiling” (issiq, sovuq, hid va h.k)
5-mashq
1. Qulay holatda o`tirib, chuqur-chuqur nafas oling va atrofni yaxshilab kuzating.
2. Fikringizni bir joyga to`plab o`tirgan joyingizdan boshqa joyga o`tishga xayolan harakat qiling va mashq joyi atrofida nimalar borligini his qiling. 3. O`sha joyda (yangi joyda) o`zingizni qanday his qilishingizni tekshiring.
6-mashq
1.Uyingizning qaysi joyi sizga noqulay bo`lsa, o`sha joyni toping.
2. O`sha joyda turib u bilan kurashing va yengishga harakat qiling.
3. Bu mashqni bir necha bor takrorlang.
7-mashq
1. Sizni qiynayotgan fikrlarni angling, shulardan birini tanlang. 2. Bu fikr xayolingizga ko`proq keladigan vaqt va joyni aniqlang.
3. Sizni qiynayotgan fikrni, ko`proq uning yomon tomonlarini o`ylang.
4. Chuqur-chuqur nafas olib, kulgi bilan fikran miyangizga :”Qani boshladik, bugun biz yangicha ish qilamiz, o`ylaymanki sen menga yordam berasan”, - deb boshlang.
5. Mashq oxirida “Sen yaxshi ishlading rahmat”, -deb o`zingizga ayting.
6. Shu mashqni do`stingiz bilan ham bajarishingiz mumkin.
voblarining kdnday munosabati eng optimal x,isoblanadi. Bu siz uzingizga k,anday talablar kuyishingizga boglik;. 33 tadan ortikhcha savol «xa» deb javob bergan bulsangiz, bu sizning yaxshi rahbar- lik imkoniyatlaringizdan darak beradi.
«O`zingni angla»
Suv toshqini natijasida kimsasiz orolga quyidagilar qoldi:
qari olim; — yosh bola;
hamshira; — arxeolog-talaba.
Ko`p o`ylamasdan javob beringchi: Shulardan qaysi ikki kishini birinchi bo`lib, qutqarar edingiz? qayiqda faqat ikkita bo`sh o`rin bor.
Agar Siz...
-
Qari olim va bolani tanlasangiz siz pishq,, oddiy hissiyot- li, hayotda mustaqil, o`z o`rningizni bilasiz. Ishda va hayotda o`ylab ish qilasiz, shuning uchun yaxshi yashaysiz.
-
Bola va hamshirani tanlasangiz sizning xarakteringiz juda murakkab bo`lib, ayrim vaqt bo`shanglik qilasiz, lekin irodangiz kuchli bo`lib, odamlarga va o`zingizga o`ta talabchansiz. O`z imkoniyatingizdan yaxshi foydalana olmaysiz, qat’iyatlilik yetishmaydi.
-
Agar bola va talabani tanlasangiz siz qat`iyatli odamsiz. O`zgalarga homiylik qilishni yaxshi ko`rasiz. O`z ishingizdan mamnunsiz. Do`stlik va davralarni yaxshi ko`rasiz. aldoqchilar- ni yomon ko`rasiz.
-
Agar qari olim va hamshirani birinchi bo`lib qutqarsangiz, siz muloyim, artistlik qobiliyati bor odam bo`lib, himoyaga, maslalahatga. qarindosh-urug`lar mehriga muhtoj odamsiz.
-
Qari olim va talabani tanlasangiz harakatchan, chaqqon xarakterli bo`lib, doim izlanuvchan, tashkilotchi bo`lganingiz uchun siz bilan yashash juda qiyin.
6. Talaba va hamshirani tanlagan bo`lsangiz sizda artistlik xususiyati bo`lib, talant sizda kuchli, lekin irodangiz bo`sh, injiq, yettinchi qavatda suzib yurasiz.
7.9. Ranglar tafsiloti
Odamlarning psixologiyasi bilan shug`ullanuvchi olimlarning fikricha odamlarning qaysi rangni sevishlariga qarab, ularning kim ekanligini, qanday xarakterga ega ekanligini aytib berish mumkin.
Yashil rang. Bu rangni sevuvchilar juda hissiyotli, didli, nozik tabiatli, yaxshi ko`ruvchi, erkinlikni sevuvchi, ishq bobida vafodor va ishonchga loyq, kishilardir.
Qizil rang. Bu rangni sevuvchilar qiziqqon, harakatchan, tezda bir qarorga keluvchi, jahli tez, har bir ishga arazlab, mojaro chiqarishni yaxshi ko`ruvchi kishilardir.
Sariq rang. Bu rangni yoqtirgan odamlar tushungan, ravshan fikrli kishilardir. Ular xayolga beriluvchan, melanxolik, vafodor, hasadchi, afsonaga aylanish darajasida sevishgaqordir, urishqoq, bo`ladilar.
Ko`k rang. Bu rangni yoqtiruvchilar ichki olamdan ko`ra tashqi go`zallikni sevuvchilar bo`ladilar. Ular aqlli, xushfe’l, bir so`zli, ishqda vafodordirlar.
Binafsha rang. Bu rangni yoqtiruvchilar izzattalab, hammadan kuchli bo`lishni istovchi, mijozi doim o`zgarib turuvchi, hayoti domo g`alayondan iborat bo`lgan odamlardir.
Oq rang. Bu rangni sevuvchilar pokiza, ma’sum kishilardir. Boshqalarga nisbatan muloyim, sovutqqon, hissiyoti esa kamroq bo`ladi.
Qora rang. Bu rang badbin va nizotalab kishilarning sevgan rangidir. Bunday kishilar kam kuladi, hamisha tund bo`lib yuradi, ishq bobida beqarordirlar.
7.11. Tutilgan sanaga mos xarakter xususiyatlari
Quyidagi sanalarda tug`ilgan bo`lsangiz:
-
Bu kuni tug`ilganlarning xotirasi pastroq bo`lib, ayrim vo- qealarni unutib qo`yadi. Turmush qurishda doimo baxti yurishavermaydi. Agar turmush o`rtog`I markam turmasa uyi buzilib ketsa ham parvoyiga kelmaydi.
-
Bu kuni tug`ilganlar ko`ngliga yaqin odami bilan ruhan yaqinlashishga moyil bo`ladi. Jisman yaqinlikni ko`pam tan olavermaydilar. Sevgiga aql bilan yondashadilar. O`ziga ruxan yaqinlar bilan turmush qurishni xohlaydilar.
-
Bu kun tug`ilganlar o`zlarining shiddatkorliklari bilan aj- ralib turadilar. Ko`ngilxushlik jonu dili, nafsini qondirma- guncha tinchimaydilar. Doimo o`zlarini boshqalardan bir pog`ona yuqori tutib yuradilar.
-
Bu kunda tug`ilganlar boshqalar bilan munosabatda qiynalishadi, shuningdek, ular bilan xam oldi berdi qilish qiyin. Intim munosabatda juda sust. Tushkunlikka beriluvchan, o`ziga sodiq odamni qo`llab turishga doimo muhtoj va qizg`anchiq bo`lishadi. Unaqalar bilan yashash uchun sabr-bardoshli bo`lish kerak.
-
Shu kuni tug`ilganlar pulni juda yaxshi ko`rishadi. O`zlariga bino qo`ygan bo`ladilar. O`zlariga uncha qaramasalarda, pul topib boyish payida bo`ladilar.
-
Oltinchi kuni tug`ilganlar hissiyotli, xayolparast, o`z e’ti- qodlariga sodiq bo`ladilar. Intim munosabatlarga berilganroq ko`pincha bu narsani o`z hissiyotlari bilan uyg`unlashtirib yuboradilar.
-
Shu kuni tug`ilganlar bilan ehtiyotkorrq bo`lish zarur, chunki ularning fikri tez-tez o`zgarib turadi, bir joyda turolmaydilar, doim yaxshi sherik axtarib yuradilar, shuning uchun ham ikki- uch bor yostiqdoshlarini almashtirishga ham to`g`ri keladi.
-
Sakkizinchi kun tug`ilganlar hissiyotli, o`z do`stalariga sodiq bo`ladilar. Lekin ularni ko`pincha eng ishonganlari ham «sotadi». Ularni tushunish va sevish murakkab bo`lib, agar ular sevsalar Kattiq, sevadilar.
-
Bu odamlar intim munosabatlariga juda o`ch, lekin xoxishini bayon qilishga ojiz bo`ladilar. To`qqizinchida tug`ilganlar kamdan- kam sevib qoladilar, ammo sevsalar bir umrga vafodor bo`ladilar. Ular bir marta xato qiladilar. O`zlariga mos kishilar bilan tez kirishib ketadilar.
-
Bu kun juda yaxshi va baxtli kun. Shu kuni tug`ilganlar ham o`ziga o`xshagan qobiliyatli sherik izlaydilar. Ular bilan kelishish oson.
-
Bu kuni tug`ilganlarning ko`ngli ochiq va sadoqatli bo`ladilar. Sotqinlik va mag`lubiyatni ko`tara olmaydilar. Ular mustaqillikka intiladilar, lekin mustaqil yashashga qodir emaslar. Ularning hayoti doimo kurashdan iborat.
-
Ular bilan yashash oson, ko`ngli ochik, o`zlariga o`xshaganlarni izlab yuradilar, yumshoq xarakterli, ularga qattiq gapirib ish bitkazib bo`lmaydi. Ularga muhabbat bilan yumshoq so`zlar muomala qilib ko`p narsaga erishish mumkin.
-
Ular hissiyotida qiyinchiliklar bor. Bunaqa odamlar ichki tomondan doimo birortasini qo`llashiga muhtoj. Ular bilan doim birga yashash juda qiyin.
-
Bu kun tug`ilganlarga sherik bo`lish uchun boy bo`lish kerak. Munosabati sovuq. Ularni sevib qolish ham mushkul, lekin o`ziga tortadigan oxanrabosi bor.
-
Oyning 15 ida tug`ilganlar xayolparast, sal narsaga lovillab yonadi, shunday tez «o`chadi». Yaxshi ta’minlangan puldor odamlar bilan tez chiqishib ketadi. Agar uni yostiqdoshi tushunsa oilasi mustahkam bo`ladi.
-
Bu kuni tug`ilganlar kimgadir qattiq bog`lanib qolish xususiyatiga ega. Lekin bir kishi bilan ko`proq bo`lish ham joniga tegadi. Turmushning turli tomonlarini totib ko`rishga ishqiboz. Ishqiy munosabatda ehtirosga ega, lekin ko`ngli bo`sh.
-
Hissiyoti kayfiyatiga qarab o`zgarib turadi. Agar sherigi pand bersa butublay aloqani uzadi.
-
Juda ehtirosli bo`lsalarda o`zlaridagi moyillikni aytishga uyaladi. Buning uchun o`zlarini koyib yuradilar. Yumshoq muomilali juda kam janjallashadi.
-
. Bu kuni tug`ilganlar o`zimniki to`g`ri deydigan, cho`rtkesar, boshqalar uning uchun xizmat qilishini xoxlaydigan fe`lga ega. Biror masalani ko`pchilik bilan hal etishni yoqtirmaydi.
-
Bu kuni tug`ilganlar ruhlar dunyosi bilan yashaydi. Shuning uchun ham sevgan kishisi shunday bo`lishini istaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |