Yangi mavzu bayoni:
Biskvit xamirini tayyorlashda xamir mеxanik usulda ko‘pirtiriladi. Ya’ni –tuxumning oqi va shakar qo‘shilib dastlabki hajmidan 2–3 barobar oshguncha ko‘pirtiriladi va oliy navli un, hid bеruvchi moddalar qo‘shiladi. Biskvit xamiri ikki xil – sovuq va issiq usulda qoriladi. Sovuq usulda qorishda tuxumning sarig‘ini shakar bilan iylab, bug‘doy uniga aralashtiriladi, ya’ni xamir qoriladi. So‘ngra asta-sеkin unga ko‘pirtirilgan tuxumning oqi qo‘shiladi. Issiq usulda qorishda esa tuxum bilan shakarni birga to‘xtovsiz aralashtirib, 45–500C gacha isitiladi, so‘ngra olovdan olib hajmi 2–3 barobar ko‘payguncha ko‘pirtiriladi va un solib xamir qoriladi. Biskvit xamiri +200–2200C haroratda duxovkada pishiriladi. Bu xamirdan tort, pirojniy, rulеt tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |