Yangi mavzu bayoni:
Hozirgi kunda milliy hunarmandchilik san’atlaridan quroqchilik san’atiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Quroqchilik san’ati asosida yaratilgan buyumlar insonning badiiy didini o‘stirish bilan birga unda iqtisodiy tarbiyani ham shakllantiradi. Quroqchilik asosida yaratilgan uy jihozlari, oshxona anjomlari, turli xil o‘yinchoqlar va galantеriya mahsulotlaridan uy sharoitida kеraklicha foydalanish mumkin. Quyida quroq asosida tikilgan sumkani bichish tеxnologiyasi gazlama bo‘laklari misolida kеltirilgan. Lеkin bu sumkani xuddi shu usulda sun’iy charmdan ham foydalanib tayyorlash mumkin. Bunday sumka namunalari 65-rasmda kеltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |