Xalq ta`limi vazirligi respublika ta`lim markazi



Download 71,5 Kb.
Sana31.01.2017
Hajmi71,5 Kb.
#1495

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI




RESPUBLIKA TA`LIM MARKAZI


UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARINING

10- SINF O`QUVCHILARI UCHUN

IMTIHON MATERIALLARI VA

METODIK TAVSIYALAR

TO`PLAMI



GEOGRAFIYA FANI

So`z boshi.

Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 10 - sinfini tugatgan o‘quvchilar geografiya fanining barcha kurslari bo‘yicha ma‘lum darajada bilimga ega bo‘ladilar.

O‘quvchilarning olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida 2007- 2008 o‘quv yilida 10- sinflarda geografiya fanidan yozma bosqichli nazorat ishi bilet savollariga yozma javob berish usulida o‘tkaziladi

Bosqichli nazorat yozma savollariga: dastlabki tabiiy geografik bilimlar, materik va okeanlarning tabiiy geografik xususiyatlari, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy geografik tavsifi, mamlakatimizning milliy iqtisodiyotining tarmoqlari, tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy rayonlar tavsifi, jahon mamlakatlarining umumiy va mintaqaviy tavsifi, amaliy geografiyaning tadqiqot usullari, tabiat komplekslari, geografik baholash usullari, georafik ekspertiza, geosiyosat asoslari, O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni haqidagi tushunchalar kiritildi.

Har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2 ta nazariy va 1 ta amaliy topshiriq beriladi.
Nazariy savollarga berilgan javoblarni baholash mezoni.




Baholash mezoni

baho

1.

Savollar mazmunan tula ochib berilsa, tushunchalar to’liq va

aniq yozilsa



5

2.

Javoblar asosan to’g’ri, lekin izchillik buzilgan, qonuniyatlar va nazariyalar tavsifida qisman noaniqliklarga yo‘l qo‘yilib

yozilgan bo‘lsa



4

3.

Javoblar qisman to’g’ri, tushunchalarni izohlashda bir

qancha xatoliklarga yo’ qo‘yilib yozilgan bo‘lsa



3

4.

Javoblar to’g’ri xulosalanmagan, yozilgan fikrlarda chalkashlik va xatoliklar ko’p bo‘lsa

2

5.

Tushunchalar noto’g’ri bayon etilib, javoblar xato yozilgan bo‘lsa

1

Amaliy topshiriqlarini bajarish uchun zarur o‘quv jihozlari (Gulobus, Dunyo siyosiy va tabiiy xaritalari, O‘rta Osiyo tabiiy xaritasi, 5-9 sinf o‘quv atlaslari va boshqa materiallar) o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladi.


1 - Bilet

1. Masshtab deb nimaga aytiladi? Masshtab necha xil ko‘rinishda bo‘ladi? Ularga misollar keltiring.

2. Mirzacho‘l va Samarqand iqtisodiy rayonlariga qiyosiy tavsif bering. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari).

3. 10 kg neft necha shartli yoqilg‘iga teng issiqlik beradi? Javobingizni hisoblab yozing.


2 - Bilet

1. O‘rta Osiyoda qanday tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan? Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni nomini yozing.

2.Geografik bashorat nima? Bashorat usullari. Sayyoraviy, mintaqaviy, mahalliy bashoratlar haqida nimalarni bilasiz?.

3. Tepalikning balandligi 24 m. uning g‘arbiy qismi tik, sharqiy qismi esa qiya. Tepalikni gorizontallarda aks ettiring. Izoh: Gorizontallarni har 3 m. dan o‘tkazing.


3 - Bilet

1. Janubiy Amerika iqlimi va ichki suvlariga ta’rif bering.

2. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalariga nimalar kiradi? O‘zbekistonda qaysi transport turlari yaxshi rivojlangan?

3. Berilgan ma’lumotlar asosida Buxoro shahridagi yillik o‘rtacha havo harorati grafigini chizing. ( I-9oС, II-13oС, III-4oС, IV 8oС, V 13oС, VI 18oС, VII 21oС, VIII 18oС, IX 15oС, X 11oС, XI 5oС, XII 0oС )


4 - Bilet

1.Yer yuzining kashf etilishi va o‘rganilishi. (Nosir Hisrov, Xristofor Kolumb, Fernan Magellan sayohatlari). Buyuk allomalar (Muhammad al-Xorazimiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy) tomonidan qilingan ishlarni yozing.

2. Surxondaryo va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonlariga qiyosiy tavsif bering. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari).

3. 30° g‘arbiy uzunlikdagi nuqtani qaysi soat mintaqasida joylashganligini aniqlab yozing.



5 - Bilet

1. O‘rta Osiyoning tabiy geografik o‘lka sifatida ajratilishiga asos bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

2. Atrof – muhit monitoringi va turlarini yozing.

4. O‘zbekiston foydali qazilmalari jadvalini to‘ldiring.




Foydali qazilmalar

Qayerdan qazib olinadi

Oltin

Tabiiy gaz

Qo‘ng‘ir va tosh ko‘mir

Marmar


Osh tuzi

Volfram



… , … , … .

… , …. , … .

……… , ………..
… , … , . . .

… , . … , … .

… , . … , … .



6 – Bilet

1. Gidrosfera nima? Dunyo okeani.Okean suvining xususiyatlarini yozing.

2. Toshkent iqtisodiy rayoni va Farg‘ona iqtisodiy rayoniga qiyosiy tavsif bering. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari va transport tugunlari)

3.Yer sharining quruqlik va okeanlar maydonini foiz (%) larda hisoblab chiqib, diagrammada tasvirlang.

I. Quruqlik - 149 mln kv.km

II. Shimoliy muz okeani – 14.7 mln kv.km

III. Tinch okeani – 178.6 mln kv.km

IV. Hind okeani –76.17 mln kv.km

V. Atlantika okeani – 91.6 mln kv.km .

7 - Bilet

1.Atmosfera va uning tuzilishi. (havo bosimi, normal bosim deb nimaga aytiladi?)

2. Endogen, ekzogen jarayonlar deb nimaga aytiladi? Yer yuzida kuchli zilzilalar bolib o‘tgan joylarni yozing.

3. “Shaharlar nima?” javobingizni “Klaster” tarzida ifodalang.


8 - Bilet

1.Avstraliya va Okeaniyaning o‘ziga xos tabiiy geografik xususiyatlarini yozing.

2.Dunyo siyosiy xaritasi. Jahon mamlakatlari davlat tuzumi va boshqaruv shakllariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

3. Siz maktabga 240o azimut bilan borgan bo‘lsangiz, uyga qaysi yo‘nalishda qaytasiz? Oziq- ovqat do‘koniga 45o azimut bilan borgan bo‘lsangizchi?


9 - Bilet

1. O‘zbekistonning tabiiy geografik o‘rni, chegaralari, chekka nuqtalari, maydoni va tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

2. Xalqaro iqtisodiy bloklarning asosiylarini yozing.

3. Farg‘ona iqtisodiy rayonidagi 3 ta viloyatdan qaysi biri yuqori urbanizatsiya darajasiga ega? Berilgan ma‘lumotlar asosida hisoblab yozing.

a) Farg‘onada aholi soni 2 mln 841 ming, shahar aholisi 795 ming kishi

b) Andijonda aholi soni 2 mln 343 ming kish, shahar aholisi 850 ming kishi

c) Namanganda aholi soni 2mln 073 ming, shahar aholisi 756 ming kishi.

10 - Bilet

1. Afrika iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

2. O‘zbekistonning metallurgiya sanoatiga tavsif bering.

3. Davlatlar poytaxtini yozing




Davlat nomi

Poytaxti

Islandiya

Birma


Yaman

Norvegiya

Indoneziya





11 - Bilet

1. Qashqadaryo tabiiy o‘lkasi va Quyi Amudaryo tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif bering.

2. Geosiyosiy omillarga nimalar kiradi ular haqida yozing.

3. 225°, 135°, 315° li azimutlar gorizontning qaysi tomonlariga to‘g‘ri keladi?


12 – Billet

1. Dunyoning geografik mintaqalari va tabiat zonalarini yozing.

2. Jahon tabiiy resurslari. Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarga nimalar kiradi?.

3. Kiyevdan Moskvagacha bo‘lgan 750 km li masofa birinchi xaritada 5 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 2 sm ga teng bo‘lsa, bu xaritalarning masshtabini aniqlab yozing. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?


13 – Billet

1. O‘rta Osiyoni tabiatini o‘rgangan allomalardan kimlarni bilasiz? Ularning o‘lka tabiati va tarixi haqida yozib qoldirgan qanday asarlarini bilasiz?

2.O‘zbekistonda tabiiy komplekslar murakkablik darajasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

3. Jahonda yuk va yengil avtomobillar eng ko‘p eksport qiladigan 10 davlatni ajratib yozing.


14 – Billet

1. Yevrosiyo materigida iqlim hosil qiluvchi asosiy omillarni yozing.

2. Jahon xo‘jaligi tarmoqlari. Yoqilg‘i – energetika sanoati.(gaz, neft, toshko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlarni yozing)

3. Chizmada O‘zbekistonning jahon mamlakatlari bilan bog‘lovchi halqaro havo yo‘llarini tasvirlang.


15 – Billet

1. Shimoliy Amerika relyef shakllari (Kordilyera tog‘lari, Buyuk va Markaziy tekisliklar, Appalachi tog‘lari) ga qisqacha ta’rif bering.

2.Jahon xo‘jaligi qanday tarmoqlardan tashkil topgan? Xalqaro iqtisodiy integratsiya haqida yozing.

3.Quyida qaysi orollarning geografik koordinatalari berilgan? Geografik atlas yordamida aniqlab yozing.

a) 5° - 10° shimoliy kenglik va 80° - 83° sharqiy uzunlik

b) 40° - 44° janubiy kenglik va 145° - 149° sharqiy uzunlik


16 – Billet

1. Geografik kenglik va uzunlik deb nimaga aytiladi? Quyosh turish kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?

2.O‘zbekistonda geografik - ekologik ekspertiza o‘tkazish. (Tuyamo‘yin, So‘x suv omborlari misolida )

3.2005 yil O‘zbekiston aholisi taxminan 25 000 000 kishi bo‘lib, shundan

2 mln kishi oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan. Umumiy aholi soniga nisbatan u necha foizni tashkil etadi?

17 – Billet

1.Qashqadaryo tabiiy o‘lkasi va Quyi Amudaryo tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif bering. (tabiiy geografik o‘rni va bir-biridan farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2.Yevropadagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatga ta’rif bering.

3.Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang va yozing.

1sm da 20 km. b) 1 sm da 350 km.

c) 1 sm da 1000 km. d) 1 sm da 1300 km.


18 – Billet

1. Gidrosfera nima? Gidrosferaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

2.Jahon qishloq xo‘jaligiga ta’rif bering. Intensiv, ekstensiv xo‘jalik deb nimaga aytiladi?

3. Berilgan jadvalni to‘ldiring.




T/r

Yevrosiyo tog‘lari

Daryolari

Ko‘llari


























































































































19 – Billet

1. Afrikada qanday iqlim mintaqalari mavjud? Materik daryolariga ta’rif bering.

2.Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimida geografiya fanining o‘rni haqida yozing..

3. Agar 3000 km masofa globusda 3 sm ga teng bo‘lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang.


20-Bilet

1. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlariga tavsif bering. (geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi haqida yozing)

2. Geosiyosat haqida dunyo olimlari qanday fikrlar bildirganlar?

Qanday omillar geosiyosiy omillar bo‘lib hisoblanadi?

3.Berilgan ma’lumotlar asosida havoning kunlik o‘rtacha haroratini aniqlang va yozing. 6°C; -3°C; 12°C; 8°C.

21-Bilet

1.Surxondaryo tabiiy o‘lkasi va Qizilqum tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif yozing. (geografik o‘rni va bir-biridan farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2.Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanishida qaysi bosqich o‘ziga xos o‘rin egallaydi? Versal shartnomasining asosiy mohiyati nimadan iborat edi?

3 Masshtabi 1: 80 000 000 sm bo‘lgan xaritada Rim va Dushanbe shaharlari orasidagi masofa 7 sm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlab yozing.



22-Bilet

1. Quruqlikdagi suvlarning asosiy qismi qayerlarda to‘plangan? Dunyoda suvning aylanma harakatini chizmada ta’svirlab bering.

2. Surilma va sel hodisalari qayerlarda keng tarqalgan? “Asr surilmasi” deb qaysi surilma nom olgan? U haqda yozing.

3. Agar oromgoh cho‘milish havzasidan janubiy – g‘arbda joylashgan bo‘lsa, bolalar oromgohga qaysi yo‘nalishda qaytib keladilar?



23-Bilet

1. Tog‘ va tekisliklar qanday kuchlar ta’sida vujudga keladi? Yer yuzidagi eng baland tog‘ tizmalarini yozing.

2.Dunyo aholisi soni qancha? Qaysi davlatlarda tug‘ilishga qarshi demografik siyosat olib borilmoqda? Urbanizatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan hududlarni yozing.

3. “O‘zbekiston foydali qazilmalari” jadvalini to‘ldiring.



Foydali qazilmalar

Qayerdan qazib olinadi

Oltin

Tabiiy gaz

Qo‘ng‘ir va toshko‘mir

Osh tuzi


Volfram

…………. , ………..… , …………

…………….. , …. ……… , ……… .

…………….. , ………… , ……… .

……….… , ……… … , … . . .

………….. , ……. . … , …………...



24-Bilet

1. Okean va dengizlar suvining sho‘rligi nimalarga bog‘liq bo‘lishini yozing. Ulardagi to‘lqinlarning vujudga kelishida nimalar sabab bo‘ldi?

2. Yirik ekologik muammolarga nimalar kiradi? “Issiqxona samarasi” qanday hosil bo‘ladi va uning oqibatida nimalar vujudga keladi?

3. Mashinasozlik sanoati va uni joylashtirish omillarini chizmada tasvirlang.



25-Bilet

1. Mirzacho‘l tabiiy o‘lkasi va Zarafshon tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif yozing. (geografik o‘rni va bir-biridan farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2.Yevropa mamlakatlari sanoatining asosiy tarmoqlari qaysilar? javobingizni “Klaster” tarzida ifodalang.

3. Baltika dengizi suvi harorati 10oC, chuqurligi 3 km bo‘lsa, dengiz tubidagi

suv harorati qanchaga teng bo‘ladi?
26-Bilet

1. Yevrosiyo materigida nechta tabiiy- geografik o‘lka ajratiladi? Materikning birorta tabiiy geografik o‘lkasiga tavsif yozing.

2. Ozon “tuynugi” qanday gazlar ta’sirida vujudga keladi? Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha qanday chora tadbirlar belgilangan?

3. Jahonda neft zahiralariga boy bo‘lgan asosiy 5 ta davlatni aniqlang va yozing.



27- Billet

1. Daryo deb nimaga aytiladi? Daryo havzasi, suvayirg`ich, daryo manbai nima ekanligini yozing.

2. Xalq xo‘jaligida mashinasozlik sanoati nima uchun yetakchi tarmoq hisoblanadi?

3. Yerning aylana uzunligi 40 000 km ga teng bo‘lsa, 1 meridian yoyi oralig‘idagi masofani aniqlab yozing.


28- Bilet

1.Afrika materigida qanday tabiat zonalari mavjud? Materikning tabiat zonalaridan bittasiga tavsif yozing.

2. Buxoro va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlariga qiyosiy tavsif yozing. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari va transport tugunlari haqida)

3. Osiyo va Amerika qit’asida hayot darajasi juda yuqori va past bo‘lgan hududlarni aniqlang va yozing.



29- Bilet

1.Geografik xaritalar masshtabi va mazmuniga qarab bir – biridan qanday farqlanishini yozing.

2. O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalariga tavsif yozing.

3.Yevrosiyo materigining yirik daryolaridan 2 tasiga reja asosida tavsif yozing. a) daryo nomi; b) uzunligi; c) qayerdan boshlanadi; d) qaysi havsaga quyiladi? e) irmoqlari; f) to‘yinish tipi;



30-Bilet

1. Chirchiq – Ohangaron va Farg‘ona voddiysiga qiyosiy tavsif yozing.

( tabiiy geografik o‘rni, bir-biriga o‘xshash va farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2. Mintaqaviy ekologik muammolar nimalar oqibatida vujudga keladi? Orol dengizi muammosini yechish bo‘yicha o‘z fikringizni yozing.



3. 9- sinf o‘quv atlasi yordamida Kanberra, Braziliya, Dehli, Jizzax, Madrid shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlab yozing.
Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish