III. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va pedagoglar salohiyatini oshirish
12.
|
Xalqaro tajribani inobatga olgan holda fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
|
1. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.
Bunda, chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish:
o‘qituvchilar uchun zamonaviy metodik qo‘llanmalar yaratish;
o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish;
aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bog‘lash;
malakali xorijiy mutaxassislarni umumta’lim maktablarida dars berishga jalb qilish.
|
2022-yil 1-iyun
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari
|
13.
|
Xorijiy nashriyotlarning darsliklarini amaliyotga joriy etish.
|
Xalqaro miqyos�a keng foydalaniladigan darsliklarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
|
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov)
|
14.
|
Individual dasturlar orqali maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish.
|
Maktab o‘qituvchilarini “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali pedagoglarning bilim va pedagogik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kursiga jalb qilish.
|
2022-yil 1-maydan boshlab
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
A. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti
(Radjiyev),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev)
|
15.
|
Maktab o‘qituvchilariga metodik yordam beruvchi mobil metodik guruhlarni tashkil etish.
|
1. Har bir hududda yetakchi oliy ta’lim muassasasi huzurida professor-o‘qituvchilar, akademik litsey hamda umumta’lim maktablarining malakali va tajribali o‘qituvchilaridan tashkil topgan mobil metodik guruhlarni tashkil etish.
|
2022-yil 1-mart
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(Toshkulov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
oliy ta’lim muassasalari rektorlari,
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari
|
2. Har oyda mobil metodik guruhlar tomonidan hududlard�gi kamida ikkitadan ta’lim sifati past, muhiti og‘ir bo‘lgan maktablarga borib, pedagoglarga ilg‘or o‘qitish metodikalari va innovatsiyalarga o‘rgatish tizimini yo‘lga qo‘yish.
|
2022-yil 1-apreldan boshlab
|
16.
|
Ta’lim sifatini oshirish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
|
1. Har bir tuman (shahar) hokimligi tomonidan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari bo‘yicha xorijiy mutaxassis (metodist, o‘qituvchi)ni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan jalb qilish va ularga barcha shart-sharoitlarni ta’minlash.
Bunda:
xorijiy mutaxassis tomonidan o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
xalqaro standartlarga mos bo‘lgan darsliklarni Milliy o‘quv dasturi bilan moslashtirish;
jalb qilinadigan mutaxassislar tomonidan hududdagi maktablarda ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida maktablar ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishish.
2. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan fizika va matematika fanlari o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish.
|
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev)
|
17.
|
Malakali va tajribali o‘qituvchilarni rag‘batlantirish.
|
1. Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasini tashkil etishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.
Qaror loyihasida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan, ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan, o‘quvchilari yuqori bilim ko‘rsatkichlariga erishgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tartibi belgilanadi.
|
2022-yil 15-fevral
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari
|
2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2022-yil 15-mart
|
18.
|
Maktablarni rivojlantirish bo‘yicha jahondagi (global) ijobiy tendensiyalarni amaliyotga joriy etish.
|
1. Maktablar boshqaruvida zamonaviy va samarali modellarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribadan kelib chiqib takliflarni tayyorlash.
|
2022-yil 1-sentabr
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov)
|
2. Fanlarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quv jarayoniga amaliy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni keng joriy etish.
|
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
|
3. Fan dasturlariga raqamli savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan mavzularni kiritish.
|
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
|
19.
|
Xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.
|
Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
pedagogika ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv reja va amaliyot jadvallariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining fakultetlarini maktablarga biriktirish;
pedagogika yo‘nalishidagi talabalar uchun 1-kursdan boshlab darslarning 4 kunini oliy ta’lim muassasasida, 2 kunini maktabda bevosita amaliyot o‘tash tartibida tashkil etishni belgilash.
|
2022-yil 1-aprel
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(Toshkulov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |