O’zbek xalq pedagogikasida oila va oilaviy tarbiyaning aks etishi
Yurtimiz O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umum xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy an’analarning qadri ko’tarilishi kerakligi etirof etildi, bir so’z bilan aytganda, zo’rlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari ko’zini tozalashga kirishildi.
va go‘zalligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g‘azablanish kechinmalari uyg‘otiladi. 0 ‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganishda, grammatik qoidalarni egallashda chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan folklor asarlari, ya’ni dostonlar, rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va hokazolardan tuzilgan misollardan iborat mashqlar qo‘llaniladi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tiladigan tarix darslarida turli tarixiy davrlarda xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analari, me’morchiligi va amaliy san’ati, hamda fan va madaniyatning boshqa sohalari qanday rivojlanganligi haqidagi qator bilimlar o‘zlashtiriladi. Bunday bilimlar o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiribgina qolmay, ularda axloqiy nafosat xususiyatlarini shakMantirishga, vatanparvarlikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, ya’ni xalq tarixi – milliy ongning bir bo‘lagi sifatida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo iib shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz o ‘zbek tili, adabiyoti, tarix darslari misolida gumanitar fanlar mazmunida xalq pedagogikasini qo‘llashning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdik. Lekin aniq fanlami o‘qitishda ham o‘quv materiali mazmunining tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ulardan yoshlar tarbiyasida foydalanishga ko‘proq ahamiyat berish talab etiladi, zero barkamol shaxsni shakllantirish uchun tarbiyaga kompleks yondashish zarur. Avvalo, aniq fanlarda darsning didaktik maqsadlarga erishishining o‘zi o‘quvchilar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. Aniq fanlami o‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishning asosiy vazifalaridan biri - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Masalan, fizika, biologiya, geografiya va boshqa aniq fanlar bo‘yicha darslar davomida aniq tabiiy qonuniyatlar, hodisalar, jarayonlami tushuntirish orqali ulardagi eng umumiy belgilar, sifatlar va xossalar yoritib beriladi. Jumladan, fizika darslarida materiya haqida tushuncha berishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - topishmoqlardan keng foydalanish mumkin. 0 ‘quvchilarga fizik hodisalar yoki osmon jismlari haqida topishmoq tarzida aytib berish havola etiladi. Masalan: Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon) Uzoq tog‘da o‘t yonar. (Quyosh) Shu o‘rinda U.Gadoyboev, K.Yo‘ldoshevlarning ≪Fizika darslarida xalq maqol va masallaridan foydalanish≫ xususidagi maqolasiga murojaat etish mumkin. Astronomiyani o‘rganishda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va asarlari, biologiya darslarida Abu Ali Ibn Sino asarlari, matematikada Al-Xorazmiy, Umar Hayyomning hayoti va asarlarini, falsafiy she’rlar bilan qo‘shib o‘rganish ham katta samara beradi. Aniq fanlar, xususan iqtisodiyotga oid fanlarni o‘qitishda avloddan -avlodga o‘tib kelayoxgan xarid qilish, mahsulotni xaridorgir qilib tayyorlash, raqobatga bardosh berish, savdo usul lari, tejamkorlik haqidagi ma’lumotlami o‘zbek xalq maqollari, diniy ta’limotlar, hadislardan namunalar keltirib berilsa, yoshlaming g‘oyaviysiyosiy va iqtisodiy tarbiyasi samarali boiadi. ? Shu o‘rinda barcha fanlarni o‘qitishda mehnat tarbiyasining ham o‘mi katta ekanligini ta’kidlash joiz. Yoshlarda ijtimoiy foydali mehnatga hurmatni tarbiyalash, ya’ni uni mehnat qilishga ruhan tayyorlash o‘zgalar mehnatini e’zozlash, ularda mehnatsevarlik, chidamlilik, tirishqoqlikni shakllantirish - mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish ham o‘rinlidir. Jumladan, Forobiyning ≪Buyuk ishlarning naqllaridan≫ asarida shunday yozilgan: ≪Qiyinchilik va tajribasizlik barcha xulqiy va fikriy fazilatlar oldida ko‘ndalang turadi, umuman, har qanday hunami o‘rganishda o‘ziga yarasha qiyinchilik bor≫. Shu o‘rinda yoshlaming yosh xususiyatlarini hisobga olib, mehnatsevarlik haqidagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ko‘plab misollar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yoshlaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda o‘quv fanlari bo‘yicha turli to‘garaklar, tematik kechalar, muloqotlar, savoljavob kechalari, tanlovlar, olimpiadalar, sayohatlar, ≪Quvnoqlar va zukkolar≫bellashuvlarini tashkil qilish lozim. Xalq pedagogikasi asosida tashkil qilinadigan yuqoridagi kabi tadbirlaming yagona talabi: mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga yo'naltirilgan va mazmuni hayot bilan bog‘liq bo‘lishi hamda tizimli olib borilishi, mashg‘ulotlarda yoshlar faoliyati xilma-xil va yangi ma’lumotlar, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Axloqiy mavzuda o‘tkaziladigan munozaralar, savol-javob kechalari, yoki o ‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘riktanlovlar o‘quvchilarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, pedagogika va psixologiya mutaxassisligini mukammal egallashda ham xalq pedagogikasining o'rni beqiyos, ≪Pedagogika tarixi≫, ≪Pedagogik konfliktologiya≫, ≪Oila pedagogikasi≫, ≪Pedagogik korreksiya≫, ≪Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi≫, ≪Ijtimoiy pedagogika≫ kabi pedagogika yo‘nalishidagi hamda psixologiya shaklidagi qator fanlarni o‘qitishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bu esa har bir fan o‘qituvchisidan o‘z kasbiga, mehnatiga vijdonan yondashishni va uning shaxsiy namunasini talab qiladi. Zero, o‘zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini har bir fan o ‘qituvchisi avvalo o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olishi, bunda fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalariga asoslanishi lozim bo‘ladi.
Ilgarilari milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir «illat» qidirildi. Hayotbaxsh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlari eskilikka yo’yildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar. Ovrupocha madaniy hayotga tezroq ko’niktirish uchun bir yarim ming yillik tarix, ma’naviy meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha o’zgartirildi. Kaltabinlik shu darajaga borib etdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning hammasi diniy deb yo’qotildi. Xullas, qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va an’analar ham, ma’naviy xazina durdonalari ham, hur fikrli xalq farzandlari ham depsaldi, yo’qotildi.
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to’liq javob berish uchun an’ananing o’zi nima? degan savolga javob izlab ko’raylik. . An’ana nima?
«An’ana» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o’tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va an’analarni o’rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg’or, hayotda o’zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo’llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo’lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do’stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko’rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo’llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyoda necha millat, necha xalq bo’lsa, hammasining o’ziga xos turmush tarzi, o’tmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog’liq an’analari mavjuddir. O’zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma’-naviyatining mag’zi to’qligi omilidir. Bu — hamisha, hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq»(«Haqiqat sovg’alari») kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning o’lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning «Savdita’lim», Qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning «Guliston yoxud axloq» asarlarida sharq xalqlari, xususai, o’zbek xalqiga xos bo’lgan ibratlya tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo’lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondo’stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug’lash, farzandga mehrli va fidoyi bo’lishlik kabi fazilatlardunyoga tanilgan bo’lsa, ajab emas. Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va an’analarni chuqur o’rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo bo’lish yo’llari, evolyusion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangai g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradn.
Qadim zamonlardan, hatto o’zbek xalqining yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o’rin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Oilaviy an’analarga bolalarning tug’ilishlari bilan bog’liq bo’lgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo’lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga ko’ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq ko’rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo’lsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. Xalq tajribasida tarbiya uslubi Sharq xalqlari, jumladan o’zbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning ham oqibati to’g’ri baholangan. Yoshga monand ta’sir ko’rsatish yo’l va vositalari yaratilgan. Kerak bo’lganda rag’batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo’lsa jazolangan. «Bir bolaga etti mahalla ota-ona» deb bejiz aytilmagan. Tarbiya borasida xatolikka yo’l qo’ygan bola u kimligidan qat’i nazar jazolangan. Noaxloqiy xatti-harakatlarni qisqa va lekin o’ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan «yomon bo’ladi» iborasi bilan tavsiflangan.
Xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob-axloq qoidalariga ko’ra nonga hurmat ulug’langan va non ushog’i bexosdan erga tushib ketsa, «yomon bo’ladi» deb, uni qo’lga olib ko’zga surtib o’pib, og’izga solingan yoki chetga olib qo’yilgan. Suvga tuflash -«gunoh» bo’ladi, «yomon bo’ladi» deb tushuntirishgan. qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biroq, kishi uni «harom» qilishga botinolmagan. Bolalarga bu «yomon bo’ladi» iborasi orqali etkazilgan. Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa o’sha idishlar «harom» hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Qechqurun qozon yuvuqsiz qolsa «harom» bo’lgay... Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qo’yilgan... Ikki qo’lini orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib, ko’pchilik oldida uzatib o’tirish odobsizlik hisoblangan. «YOmon bo’ladi» iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga g’amxo’rlik tarbiyalangan, etim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor etkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-qizlarga bexayolik qilish «yomon bo’lish»ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolaning yoshi, xatti-harakatlari, o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi Qur’oni karim, hadislardan misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qo’ni-qo’shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan. Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, «yomon bo’ladi» iborasi orqali davom ettirilgan.
Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlasa, «yomon bo’ladi», erta saharda eshik ochilmasa, «yomon bo’ladi», «kunlik rizqimizdan benasib qolamiz» iboralari bolalarni erta turishga undagan. Kechki payt quyosh botish arafasida uxlasa, «yomon bo’ladi» deb uqtirilgan. Hayvonlarga, qushlarga tosh otma, ozor berma, «yomon bo’ladi», mevalarni tishlab tashlama, «yomon bo’ladi», qush uyasini buzma, ekinlarni payhon qilma, «yomon bo’ladi», kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat, uni avaylab-asrashga o’rgatilgan, hozirgi so’zimiz bilan aytilganda ekologik tarbiya asoslari berilgan.
Xatto, komil inson haqidagi mukammal ta‘limot kўxna Sharq falsafasida yaratilgan. Bu haqdagi fikrlar etnopedagogika manbalarida o’z aksini topgan. Ularni qayta tiklash, o’rganish, ijobiy jihatlarini pedagogik amaliyotga joriy etish milliy istiqlol davridagina mumkin bo’lib qoldi. Modomiki: “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muқarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-ma‘rifat...” ekan, xalq pedagogikasi xuddi shu ma‘rifatni targ’ib etuvchi tarbiya vositasidir. Shuning uchun Respublikamizda milliy istiqlol davrida komil insonni tarbiyalash kelajagi buyuk davlatni barpo etishning asosiy sharti sifatida talqin qilinmoqda. Bu vazifani amalga oshirishda etnopedagogika yutuqlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Goh g’amgin, goh quvonchli kechgan o’tmishni, ajdodlarimiz buyukligi sababini bilmasdan milliy g’urur va iftixorni tarbiyalab bo’lmaydi.
Vujudimiz va qadriyatlarimizda neki bo’lsa, barchasi o’tmishdoshlarimiz va buyuk ajdodlarimiz rihiyatida jamlanganligini har bir o’qituvchi va o’quvchi chuqur bilmog’i va ҳis etmog’i darkor. Bu kabi mas‘uliyatli vazifani amalga oshirishda bizga “Xalq pedagogikasi” fani yaqindan yordam bera oladi. Shuning uchun mazkur fanni o’rganish, uning manbalari haqida kengroq ma‘lumotga ega bo’lish bulajak pedagog-kadrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy pedagog-kadrlarni tayyorlashni ushbu omillarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Adabiyotlar ro’yxati:
Barkamol avlod orzusi. Sh. Qurbonov va b. tah. ost. Toshkent, “SHarq”, 1998.
O’zbekistoning milliy istiqlol mafkurasi. Toshkent, “O’zbekiston”, 1993.
Hoshimov K. va b. pedagogika tarixi. Toshkent, “O’qituvchi” 1996.
Pedagogika tarixidan xrestomatiya. Tuzuvchi-muallif O. Hasanboeva. Toshkent, “O’qituvchi”, 1993.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |