1.2.2. XALQ PEDAGOGIKASI - EMPIRIK BILIMLAR
SOHASI SIFATIDA
Xalq pedagogikasi xalq ommasini tarbiyaning maqsadi va
vazifalariga boigan qarashlami ifodalovchi amaliy pedagogik
bilimlar va tajribasining sohasidir.
195
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq
tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar,
malakalar va ko‘nikmalaming zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy
tizimida bolalami tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun
zarurligifqulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq
ommasining yoshlarga bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berish, ulami
ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini
o‘stirish va axloqiy nafosat g‘oyalarini egallashlarida qo'liab kelgan
empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy maktab o‘qitish
jarayonida qo'llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy
amaliy san’atga o‘rgatishning xalq orasida tarkib topgan
metodikasini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga
kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog‘och o‘ymakorligi,
zardo‘zlik, musiqa asboblari yasash, kulolchilik va boshqa ko‘plab
amaliy san’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari
tomonidan tajribada yaratilgan o‘z metodlari va vositalari mavjud.
Ulardan milliy maktabdagi texnologiya darslarida yoki to‘garak
mashg‘ulotlarida o'quvchilarga bilimlar va amaliy ko‘nikmalar
berishda foydalanish mumkin.
O'zbek xalq og’zaki ijodida bolalami oilada va bola yashab
turgan muhitda insoniy fazilatlami tarbiyalashning juda uzoq
zamonlardan beri davom etib kelayotgan o‘ziga xos xilma-xil metod
va vositalari mavjud ekanligi ko‘rinadi.
Xalq pedagogikasida tushuntirish, namuna ko'rsatish,
odatlantirish (o‘rganish, mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak
bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko‘ndirish, undash,
ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘l tilash), taqiq
qilish, ta’na (gina, o‘pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur
qilish, tanbeh berish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, ont -
qasam ichirish, la’natlash, so‘kish, urish, kaltaklash metodlari
bo‘lsada, yoshlaming insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan:
o‘git-nasihat, ibrat ko‘rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash,
mukofotlash, qoralash - qarg‘ish, jismoniy jazo berish kabi
metodlardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |