dostonchiligi an’anasi tarkibidagi Qo‘rg‘on, Bulung‘ur,
Shahrisabz maktablari vakillari bu davrda tez-tez uchrashib
turadilar. O‘ziga xos aytishuv musobaqalari an’anaga aylan-
gandi. Shuning uchun ham maxsus maktab darajasiga
ko‘tarilmagan hududlarda yashaydigan baxshilar ko‘pincha
mashhur maktab vakillaridan baxshilik san’atini o‘rgangan-
lar. Islom shoir ham Shahrisabz va Qo‘rg‘on maktabi ustoz -
larining doston aytish usullarini o‘zlashtirdi.
Savodsiz
bo‘lishiga qaramay kuchli xotira quvvatiga ega bo‘lgan Islom
ajoyib ovozi borligi uchun tez orada o‘nlab doston va ter-
malarni yod olib, 26 yoshida mustaqil baxshi sifatida shuhrat
qozondi. Ayni chog‘da baxshilikda juda muhim hisoblangan
do‘mbira kuylarini ham mahorat bilan ijro etdi. Odatda dos-
ton boshlashdan avval baxshi tinglovchilarga do‘mbira kuyi-
ni chalib beradi. Bu kuy tinglovchini doston tinglashga tay -
yorlaydi. Islom shoir ijro etgan kuy sadolari olimlarning
eslashiga qaraganda musiqiyligi, mayinligi,
serjiloligi bilan
ajralib turgan ekan. Ovozning shirasi bu lazzatga qo‘shimcha
fayz bo‘lib qo‘shilgan. Shuning uchun Islom shoir aytgan 28
ta dostonning hammasini hamqishloqlari, qo‘shni hududdan
kelgan ishqiboz
lar maroq bilan tinglaganlar. Bunday
martabaga erishishda Ernazar baxshi va Qo‘rg‘on maktabi
vakili Ergash shoirning otasi Juman bulbul, To‘xtamish shoir
unga ustozlik qilganlar. Mustaqil baxshi bo‘lgandan keyin
ham u To‘xtamish shoir huzuriga borib o‘z san’atiga sayqal
berish harakatida bo‘lgan.
Baxshi o‘z yurtdoshlarining qalblaridagi fikr-muloha
-
zalarini topa bilmasa mashhur bo‘lmaydi. Tinglovchi hech
qachon doston yoki termani shunchaki
eshitish uchun dos-
ton kechasiga kelmaydi. U hamisha baxshidan dunyodagi
voqealar, qo‘shni viloyat, tuman, qishloqlardagi yangiliklar
haqida ham ma’lumotga chanqoq bo‘ladi. Radio, televi-
deniye va matbuotning boshqa turlari rivoj topmagan payt-
larda xalq baxshilari ham jurnalist, ham diktor, ham
boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatganlar. Bir necha ustoz
shoir-baxshilar ishtirokidagi suhbatlar o‘ziga xos ommaviy
axborot vazifasini bajargan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil
shoir, Po‘lkan, Islom shoir kabi iqtidorli baxshilar bu mat-
buot markazining ish yurituvchilari bo‘lishgan.
Ular orasida
Islom shoirning munosib o‘rni bor. Chunki Islom shoir
«Zulfizar bilan Avaz», «Gulixiromon», «Orzigul», «Kun
-
tug‘mish», «Xirmondali», «Sohibqiron», «Erali va Sherali»,
«Tohir va Zuhra», «Nigor va Zamon» kabi o‘nlab dostonla -
139
rini aytish jarayonida yurtdagi yangilik va o‘zgarishlarni,
ayrim shaxslar haqidagi tanqidiy mulohazalarni ham bayon
etardi. Bizga ma’lum bo‘ldiki, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
«Ravshan», Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li «Alpomish», Po‘lkan shoir
«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonlarini kuylashda mahorat
ko‘rsatgan ekanlar. Islom shoir Nazar o‘g‘lining bunday
go‘zal ijro etadigan dostoni sifatida «Orzigul»ni ko‘rsatish
mumkin. Chunki bu dostonni baxshi boshqacha bir mehr
bilan kuylagan. Dostonda jahon adabiyotida asrlar bo‘yi
o‘nlab adiblarning asarlariga an’anaviy mavzu hisoblangan
otaning bexabar holda o‘z qiziga oshiq bo‘lish voqeasi bayon
etiladi. Orzigul sovchi yuborgan shoh o‘zining otasi ekanini
bilgani zahoti boqib olgan otasi
Ernazar yordamida Xosxona
mamlakatidan bosh olib chiqib ketadi. Qarama-qarshi ruhiy
kechinmalar tasviriga boy bu dostonda Islom shoir ting-
lovchi yodida qoladigan bir qator obrazlar yaratgan.
Ayniqsa, Orzigulning Ernazar bog‘bon xonadonidan chiqib
ketishi lavhasida ichki tuyg‘ular ifodasi e’tiborga loyiq:
Jasadimda jonim bo‘lgandi g‘arib,
O‘lganim yaxshidir chetlarga borib,
Ushbu savdolarga jonimni berib,
Ketarman yurtimdan, otadan kechib.
Yaxshi bilgin, ota-ona, ketarman,
O‘zga eldan borib, makon tutarman,
Qaytib
1
otam
bilan birga turarman,
Quloq soling Orzigulning zoriga,
Turgilik qilmadi ushbu shahriga,
Qaytib ota lozim qizning bag‘riga?!
Bu dostonda inson, ota, farzand, oila, burch kabi fal-
safiy masalalar oddiy xalq nuqtai nazaridan tahlil etiladi,
salbiy xususiyatlar qoralanadi:
Islom shoir Nazar o‘g‘li 1953 yil 79 yoshida vafot etdi.
Uning hayoti va ijodi atoqli folklorshunos olimlar Hodi Za-
rifov, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov, Oxunjon
Sobirovlar tomonidan o‘rganilgan.
Islom shoirdan yozib
olingan, nashr etilgan badiiy asarlar, uning ijodiga bag‘ish-
lab yozilgan kitoblar, maqolalar soni uch yuzdan ko‘p.
Baxshidan yozib olingan dostonlarni xalqimiz hamon sevib
o‘qimoqda.
140
1
Qaytib — qanday qilib.