uzilib, to‘mtoq bo‘ladi. Kiyik dumi yo‘qligini masxara qil-
gan barcha kiyiklarning dumini bir-biriga bog‘lab, «mergan
kelyapti» — deb qochadi. Dumi bog‘liq kiyiklar turli
tomonga qochadilar va dumlaridan judo bo‘ladilar.
Shunday qilib, kiyiklarning dumlari to‘mtoq bo‘lib qolgan».
Ertak kiyiklar dumining kaltaligiga
javob tariqasida paydo
bo‘lgan
1
.
Boshqa xalqlar og‘zaki ijodidagi ertaklarda ham turli
hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko‘rinishi, ularning
xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani
ma’lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg‘iz ertaklarida bunday
holat alohida ko‘zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz
mumkinki, dono xalqimiz
bu ertaklarni yosh bolalar
tomonidan takror va takror aytiladigan «nima uchun?»
savollariga javob tarzda ermak qilib yaratgan.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga
kelgan. Ularda bo‘rining vahshiyligi, tulkining ayyorligi,
otning insonga do‘st ekani alohida bo‘rttirib ko‘rsatiladi.
Ertaklardagi bunday xususiyat ko‘proq ma’rifiy ahamiyatga
ega bo‘ladi. Biz bilamizki, yosh
bolalar yovvoyi hayvonlarni
faqat rasmlarda, hayvonot bog‘larida ko‘rganlar. Fikr yuriti-
layotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini ke n -
gaytiradi, aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.
«Ikki boyqush». «Ilonning ishi zahar solmoq», «Qarg‘a bilan
qo‘zi» kabi asarlar shular jumlasidandir. Hayvonlar haqidagi
ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunda
ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush
bo‘lsa ham, asar mazmuni bevosita insonlar o‘rtasidagi
munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do‘stlik
-
ning
inson hayotidagi ahamiyati, yaxshilikka hayotda
hamisha ham yaxshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida
har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkin-
ligi aks ettiriladi. «Susambil», «Tulki bilan bo‘ri», «Hiylagar
bedana» ertaklari shular jumlasidandir.
Masalan, birinchi
marta tulki go‘sht tishlab ketayotgan bo‘riga qarata:
«bo‘rivoy qaerdan kelyapsan» deganda, bo‘ri: «Popdan» deb
og‘zidagi go‘shtni tushirib yuboradi. Aynan shu voqea
ikkinchi marta takrorlanganda bo‘ri: «G‘ijduvondan» — deb
go‘shtni og‘zida saqlab qoladi. Kulgili vaziyat bilan yo‘g‘ril-
67
1
Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq
og‘zaki poetik ijodi. T., «O‘qituvchi», 1990. 192-bet.
gan bunday ertaklarning zaminida insonlarning bir-biriga
bo‘lgan munosabatlari o‘z ifodasini topgan. Shunday qilib,
hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan
to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning
so‘zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq
ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod qilingan. Ular
qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni
hayvonlar olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy
asarlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: