“xalq ijodiyoti” fakulteti “madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” bo’limi 3-kurs talabasi xodjayeva



Download 17,13 Mb.
bet2/4
Sana27.05.2022
Hajmi17,13 Mb.
#612057
1   2   3   4
Bog'liq
uzb&jp

Ilmiy va madaniy sohalarda ham oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Yapon va oʻzbek olimlari tomonidan zilzilani oldindan aniqlash, sanoat mahsulotlarini statistik qabul qilish nazorati usullari atroflicha oʻrganildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ayniqsa, tarix, tilshunoslik va arxeologiya fanlari boʻyicha samarali hamkorlik amalga oshirildi. Itaro Kumatsuning yaponlar uchun "Oʻzbek tili" qoʻllanmasi (1978), "Oʻzbekcha soʻzlashuv" (1983), "Oʻzbekcha-yaponcha lugʻat" (1980, 1985) kitoblari koʻp ming nusxada nashr etildi. 1950—80-yillarda adabiyot sohasida ham salmoqli aloqalar boʻldi. Xususan, 1956-yil Oʻzbekistonga kelgan taniqli yapon yozuvchisi va tarjimoni Man Inoue atoqli o'zbek shoiri Gʻafur Gʻulom bilan uchrashgan hamda Yaponiyada chop etilgan "Toshkentda bir oqshom" asarida oʻzbek va yapon xalqlari madaniyati, anʼana va turmush tarzidagi mushtaraklik haqida hikoya qilgan. Shu davrda Yosie Xotta, Kobo Abe, Yasunari Kavabata, Ryunoske Akutagava, Takeo Arishima, Masuji Ibuse va boshqalar mashhur yapon ijodkorlarining 30 ga yaqin roman, qissa, sheʼr va hikoyalari oʻzbek tilida chop etilgan. Oʻz navbatida, Yaponiyada Alisher Navoiy, Sh. Rashidov, Zulfiya, Ramz Bobojon ijodi namunalari, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari yapon tiliga tarjima qilinib, bir necha marta nashr qilingan.

Nukusda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ikuo Xirayama nomidagi xalqaro madaniyat karvonsaroyi hamkorligida “Yaponiya madaniyati kunlari” o‘tkazildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Bahamdulla Nurabullayev, Ikuo Xirayama nomidagi xalqaro madaniyat karvonsaroyi direktori Farrux Usmonov va boshqalar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik turli yo‘nalishlar, jumladan, madaniyat va san’at sohasida ham izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqimizni Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida “Mo‘yqalamning yengil raqsi” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 50 dan ortiq sumi-e rassomlik san’ati asarlari namoyish etildi. Sumi-e – bo‘yoq yordamida chiziladigan yapon san’at asari va bir paytning o‘zida meditatsiyaning o‘ziga xos falsafasi hamda usuli sanaladi. Shuningdek, uni chiziqlar san’ati, deb ham atashadi. Kunchiqar yurtning o‘ziga xos xattotlik hamda ikebana san’ati asarlari ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. “Tirik gullar” degan ma’noni anglatuvchi ikebana san’ati sodda go‘zallikni ifodalaydi. Qirqilgan gullardan tuzilgan kompozitsiyalarda chuqur falsafiy ma’no aks etib, kishi e’tiborini tortadigan tabiiy go‘zallik uyg‘unlashgan. Mehmonlarda yapon milliy libosi – kimono, ayniqsa, katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yaponiya madaniyati kunlari doirasida kirie va origami san’ati, yapon tili va kalligrafiyasini o‘rganish bo‘yicha mahorat saboqlari, turli uchrashuvlar, kunchiqar yurt madaniyatiga xos bo‘lgan choy marosimi o‘tkazish ham rejalashtirilgan.


Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish