Tasviriysan'at - san'at turi bo'lib, rassomlik, grafika, haykaltaroshlik vafoto san'ati sohalarini o'z
ichiga oladi. Tasviriy san'at real borliqni ko'rgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni uiarning
tabiiy shakli, o'rni bo'lishini o'ziga o'xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi.
Amaliybezakchiliksan'ati - tasviriy san'atning eng qadimgi turlaridan biri bo'lib, materialga berilgan
bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini xarakterlaydi. Amaliy bezak san'ati
buyumlarining badiiyligi shu buyumlarning amaliy funksiyasi bilan bog'liq.
Hunarmandchilik - hunarmand, har xil oddiy mehnat qurollari yordamida xomashyodan turli
mahsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish, shunday mahsulotlar tayorlanadigan kasblarning
umumiy nomi. Bora-bora kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, zargarlik, binokorlik,
haykaltaroshlik, o'ymakorlik, toshtaroshlik, ko'nchilik, pichoqchilik, do'ppichilik va boshqalar
ajrala borgan. Demak yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, xalq hunarmandchiligining
mohiyati, mazmuni, tuzilishi, xususiyati o'ziga xosdir. Respublikamizda mavjud bo'lgan xalq
hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan,
Andijon, Farg'ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta'limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari
beqiyos bo'lib, o'ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
O'zbek xalqining shakllanishi tarixi bilan uyg'unlashib ketgan xalq hunarmandchiligining o'nlab
turlari bo'lishiga qaramasdan, hozirgi zamon ta'lim-tarbiya tizimida ulardan deyarli foydalanmasdan
kelish hollari ham mavjud, bu esa mehnat va kasbga yo'naltirishda ta'lim tizimining milliy,
mahalliy, etnik, tarixiy xususiyatlardan ajralib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham hozirgi
kunda bu o'zbek milliy an'analarimizni qayta tiklash eng muhim vazifalardan biri bo'lib kelmoqda.
Dunyoda har qanday hunar bo'lmasin, albatta uning ustalari va uning shogirdlari bo'ladi.
Naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, pichoqchilik, bo'yrachilik, gilamdo'zlik, zardo'zlik, yog'och
o'ymakorlik, savatchi, temirchi, suyak o'ymakor, sangtarosh, chilgar, zargar va boshqa hunar
ustalari bor. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgan hozirgi bir paytda
o'zbek milliy an'analarimiz asosida ustozlar shogirdlariga o'z hunarlarini o'rgatib kelmoqdalar. Har
bir hunar qadimdan muqaddas hisoblangan bo'lib, ular hurmatlab, e'zozlab kelingan. Ota-
bobolarimiz tomonidan ustoz va shogirdlar uchun o'ziga xos odob-axloq me'yorlari, maxsus tartib-
qoidalar, urf-odatlar, muomala madaniyati, irimlar, duolar, milliy an'analar ishlab chiqilgan bo'lib,
ularga qat'iy rioya qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |