Xalq hun arman dchiligi tehnologiyasi umumiy tushunchalar


Hunarmandchilikmaktablari



Download 330,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana21.06.2021
Hajmi330,73 Kb.
#72389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1487046373 mehnat-8-sinf-namuna-qizlar

Hunarmandchilikmaktablari.Toshkent  ganchkorlik  maktabi  ham  o'ziga  xos  maktablari  bilan 

ajralib  turadi.Bu  maktabga  xos  naqshlar  nozikligi  aniq  simmetrik  taqsimga  egaligi,  jozibadorligi 

bilan  boshqalardan  ajralib  turadi.  Toshkent  ganchkorlik  maktabi  nanioyondalari  safida  Usmon 

Ikromov, Toshpo'lat Arslonqulov, Mahmud Usmonov, Anvar po'latov, Mirmahmud Rahmatov,aka-

uka Abdurahmon  va Mo'min Sultonovlar, Hayot  Abdullayev,  Ziyodulla Yusupov,  Umar Tohirov, 

Mirvohid Usmonov kabi qator yetuk ustalar faoliyat olib borishadi. 

Buxoro  ganchkorlik  maktabi  san'atining  eng  rivojlangan  joyi  va  o'chog'i  hisoblanadi.  Zero,  bu 

san'at  o'yma  ganchlarning  yirik  hamda  o'ziga  xos  mayinligi,  jozibadorligi  va  boshqa  tomonlari 

bilan  ajralib  turadi.  Buxoro  ganchkorlik  maktabining  eng  yirik  namoyondalaridan  birak  ademik 

Usta Shirin Murodovdir. Buxoro ganchkorlik maktabi namoyondalari Usta Safar, Usta Adis, Usta 

Savri,  Usta  Islom,  Usta  Ikrom,  Usta  Jo'ra,  Usta  Qurbon  Yuldoshev,  Usta  Ibrohim  Hafizov,  Usta 

Narzillo, Usta Hayot Nosirov va boshqalardir. 

Hunarmandlar  qadimdan  bir-birlari  bilan  birikib  bir  mahallada  yashaganlar,  Shuning  uchun 

mahallalarning  nomi  ko'pchilik  qaysi  hunar  bilan  shug'ullansa  shu  nom  bilan  yoritilgan.  Masalan, 

zargarlik bilan shug'ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug'ullansa misgarlik (misgaron) 

mahallasi deb yuritilgan va h. 

Samarqandda  o'rta  asrlarda  mashhur  Registon  maydoni  yaqinida  nodir  metallarga  badiiy  ishlov 

beruvchi  xalq  ustalari  mahallasi  -  “Zargaron”  mavjud  bo'lib,  maxsus  hovlilarda  ustalar  o'zlari 

tayyorlagan noyob san'at asarlarini va buyurtmalarini sotib hayot kechirganlar. 

Buxorodagi  Misgaron  va  Zargaron  savdo  rastalari  ham  metallga  badiiy  ishlov  berish  san'atining 

hamda  metallga  badiiy  ishlov  berishasosida  rivojlangan  milliy  hunarmandchilik  kasblarni  O'rta 

Osiyoda  qadimdan  rivojlanib  kelayotganligining  isbotidir.  Hozirgi  davrda  ham  O'zbekistonda 

metallga  badiiy  ishlov  berish  kasblari,  ayniqsa  pichoqchilik,  kandakorlik,  misgarlik  keng  rivoj 

topgan. Buxoro va Xiva shaharlarida ishlab turgan xalq amaliy san'ati maktablarida o'quvchilariga 

bu kasblar o'rgatilib kelinmoqda. 

Buxoroda  “So'fikordgar”  qishlog'ining  nomi  hali  ham  saqlanib  qolgan.U  erda  hozir  ham 

pichoqsozlar  avlodi  yashaydi.O'rta  Osiyo  hududidagi  viloyatlarda  bunday  mahallalar  ko'p 

bo'lgan.Pichoqdan  kesuvchi  asbob  tariqasida  kunda  foydalanilsa,  Qadimda  O'rta  Osiyoda 

erkaklarning  ish  quroli,  bezagi  tariqasida  foydalanilgan.Pichoqlarni  badiiy  bezash  ham  katta  rol 

o'ynagan.  Shuning  uchun  ham  Sharq  madaniyatining  eng  yaxshi  an'analarini  qayta  tiklash  va 

o'zlashtirish natijasida mamlakatimiz pichoqsozlari milliy pichoqni san'at darajasiga ko'targanlar. 

Bugungi  kunda  yurtimizning  turli  viloyatlarida  tashkil  etilgan  maktablarda  usta  hunarmandlar 

tomonidan ko'plab buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Toshkentlik ustalardan usta Mo'min, Abduqori, 

Jamila  Saidova,  Yusufjon  va  qizi  Zebinisolar,  buxorolik  ustalardan  Shodi  Muhammad  Barotboy, 

usta Sharif, Salohiddin, Hakim Buxoriy, Olim Abdusalomovlar, qo'qonlik ustalardan Mulla Xoliq, 

usta musavvir Kashg'ariy, Foriq Xoliqov, Lutfulla Fozilov, Oynisabibi, Sobirabibilar, samarqandlik 

ustalardan  esa  Ahmad,  Salim  misgar,  usta  Ohunjon,  Karim  G'ofurov,  Karim  Ahmedov  kabi 

ustalarning  metallarga  ishlov  berish  orqali  tayyorlagan  buyumlari  hozirgacha  saqlanib  va 

foydalanib kelinmoqda. Uiarning shogirdlari ustozlarining izlaridan borib, ustozlari ishlarini davom 

ettirishmoqda. 

Qorasuv,  Chust,  Xiva,  Shahrixon,  Qoqon,  Farg'ona  vodiysi,  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent, 

Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo'lib, ular o'zining ishlash 

texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan bir-biridan tubdan farq qilgan. 

O'zbek xalq amaliy bezak san'atining eng keng tarqalgan turlaridan yanabiri kandakorlikdir. 

Kandakorlik deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o'yib yoki bortiq qilib naqsh 

ishlash tushuniladi.Savdo-sotiqda qadimdamdan kandakorlik buyumlariga talab katta bo'lgan. 

O'zbek xalq amaliy san'ati turlari ichida zeb-ziynat san'ati bo'lmish zargarlik alohida o'rin 

egallaydi. Qo'qonda shuhrat qozongan zargar ustalardan esa Mahmud, usta Omon hoji 




Marahimov, X.Najmiddinovlar, Namanganda usta Niyoz Oxun, Andijonda esa Oybergan, 

X.Otaboyev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samihiddin, A.Shoislomov, 

usta Mirxalil, Urganchda M.Abdullayev, Samarqandda X.Yo'ldoshev, 

Kolimboyev, V.Hafizov va boshqalarning mehnati zargarlik kasbining rivojlanishida juda 

katta hisoblanadi.   

Ozbekmilliykashtado'zlikxalqhunarmandchiliksan'atiningengqadimiyturlaridanbo'lib, 

uxalqningo'zturmushinigo'zalqilishistaginatijasidayuzagakelgan.Kashta 

kiyimlar 

va 

buyumlami bezashda hamda ro'zg'r bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo'llanilgan. 



Kashtachiligimiz san'ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O'zbek 

chevar  ustalari  qo'llari  bilan  tikilgan  kirpich,  so'zana  zardevor,  gulko'rpa,  choyshab  kabilar 

Fransiya,  Italiya, Yaponiya, Germaniya,  Belgiya,  Amerika,  Hindiston  kabi  horijiy mamlakatlarda, 

shuningdek,  Respublikamizning  Farg'ona  vodiysida  faqat  xonadonlarda  emas,  balki  amaliy  san'at 

muzeularida ko'p namunalari to'planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. 

Kashtado'zlikning yirik namoyondalaridan andijonlik rassom kashtado'z 

X.Nazarov, samarqandlik tashtado'z Usmon shokirov, toshkentlik kashtado'z va chizmakash Xayri 

Sobirovalar  kashta  buyumlariga  yangi  turli  xil  naqsh  kompozitsiya  va  tikish  usullarini  yaratdilar. 

X.Sobirova  onasi  Zaxira  Mirxoliqovadan  qo'lda,  mashinada  tikish  sirlarini  va  chizmachilikni 

o'rgandi.  X.Sobirova  15  yoshidan  boshlab  onasining  kashtado'zlik  hunarini  davoin  ettirib,  ko'plab 

shogirdlar yetishtirishda o'z hissasini qo'shgan. 

O'zbek kashtachiligida iroqi, ilma, yorma, bosma, xomdo'zi, chamak, chinda hayod, baxya choklari 

keng tarqalgan.Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi.Chunonchi, Toshkentda 

ko'proq  bosma  choki,  Shaxrisabzda  yorma,  kandaxayol,  iroqi,  Buxoro,  Samarqand,  Nurotada 

yorma choki bilan tikiladi. 

Kashtado'z ustalar tabiatdagi gul, barg, novda, g'uncha, qush va boshqalarning tuzilishini, o'sish 

qonun-qoidalarini, ko'rinishini sinchiklab o'rganib, ulardan turli naqsh kompozitsiyalar ishlash 

uchun har xil elementlarni stillashtirib olganlar. Masalan gulni stillashtirib olar ekan, uning 

go'zaliigini qaysi holatdagi ko'rinishini tasvirlashni izlab topadi.Osimliksimon naqshlar “Islimiy 

gullar” deb ataladi.Islimiy gullar o'z navbatida, ikki tomonga ulanadigan ko'rinishda bo'ladi.

 

 

 



O'zbek kashtalarida o'simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko'p bo'lsa, rus kashtachiligida 

geometrik,  o'simliksimon  shakllar,  gullar,  qush  va  mevalar  ko'p  tasvirlanadi,  qozoq  va  qirg'iz 

kashtachiligida esa ko'proq hayvonlar, shox va tuyoqlami eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. 


Download 330,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish