XALQ BAXSHILARI ERGASH JUMANBULBUL O'G'LI
Ergash Jumanbubul o'g'li xalq dostonlarini mahorat bilan ijro etuvchi ijodkor baxshi edi. Uning yetti ajdodi shoir o'tgan va mashhur baxshilar sifatida hamisha ustozlar qatoridan o'rin olgan, otasining Jumanbulbul nomiga ega bo'lishining o'zi bu oiladagi iste'dod egalari ko'p yetish-ganligidan dalolat beradi. Undan Hodi Zarif, G'ozi Olim Yunusov, Muhammad Iso Emazar o'g'li kabi olim va ziyo-lilar 33 nomdagi asarlarni yozib olishgan. Uning asarlaridan namunalar va ijodi haqidagi maqolalar soni 200 ga yaqin. Ayniqsa, o'zbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifov tomonidan yozilgan maqola, ilmiy tadqiqotlarda Ergash shoirning ulkan xalq san'atkori ekani asosh tarzda misollar bilan tahlil qihngan.
Ergash Jumanbulbul o'g'li 1868 yilda Nurota tumaniga qarashli Qo'rg'on qishlog'ida tug'ilgan Shoir ota-bobolari shu qadar doston aytishga mohir edilarki, ularning ijro usulidagi o'ziga xoslik Ergash tug'ilgan qishloq nomini o'zbek dostonchihgidagi alohida maktab sifatida tan oli-nishiga sabab bo'ldi. Ergash Jumanbulbul o'g'li esa bu maktab nomini abadiylashtirishga munosib hissa qo'shdi.
1875—76 yillarda Jumanbulbul o'g'lini qishloq masjidi huzuridagi maktabga o'qishga beradi. O'qishga bo'lgan havasini hisobga olgan ota o'z o'g'lini Buxoro madrasasida o'qitadi. Natijada, Ergash shoir o'z davridagi o'nlab baxshi-lardan farqli ravishda o'qish-yozishni o'rgandi, Nizomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar asarlarini mutolaa qildi, hatto keyinchalik mirza (kotib) bo'hb ishladi.
Ergash shoirning shaxsiy hayotida oilaviy musibatlar ko'p bo'ldi. 18 yoshida uning otasi vafot etgan. Ukalari AbduhaUl, Abdujalil, singlisi Mahkamoy yosh paytlarida dunyodan ko'z yumganlar. Shuning uchun shoirning ter-malarida oilaviy baxtsizlik haqidagi misralar ijodining salmoqli qismini tashkil etadi. Xususan, ukasi Abduhalil o'hmi bilan bog'liq aytgan yig'ida shunday deyiladi:
Emrandi tanimda jonim, Xazon bo 'Idi gulistonim, Yig'lashib yor-yoronim, Bemahal qurib bo 'stonim, Qo 'Idan uchdi bo 'z tarlonim, Eshitinglar qadrdonim, Yolg'iz inim, suyanganim, Shunqorimdan judo bo 'Idim.
Oilaviy qiyinchilik va tashvishlar baxshining umr bo'yi Samarqand, Zarafshon atrofida qishloqma-qishloq doston, terma aytib yurishga majbur qildi. Ammo shu bilan birga bu muttasil safarlar uni odamlarga tanitdi, mashhur baxshi sifatida nom qozonishga olib keldi, baxshilik san'atining mukammal egasi, ustoz shoir bo'lib yetishishiga sabab ham bo'ldi. Ergash shoir umri davomida yana o'qituvchilik, dehqonchilik bilan shug'ullandi. Hayotining so'nggi yillari-da asosan folklorshunos olimlarga dostonlar yozdirdi, doston aytdi, termalar yaratdi.
Har bir baxshi o'z ijodi davomida bir-ikkita dostonni alohida mehr bilan ijro etadi. Unga butun vujudini, iste'do-dini bag'ishlaydi. Ergash Jumanbulbul o'g'li «Ravshan», «Kuntug'mish» dostonlarini ana shunday muhabbat bilan ijro
Xulosa
XIX asrning oxirlari XX asr boshlari yurtimizda doston-chilik san'ati alohida gullagan bir davr bo'ldi. Samarqand dostonchiligi an'anasi tarkibidagi Qo'rg'on, Bulung'ur, Shahrisabz maktablari vakillari bu davrda tez-tez uchrashib turadilar. O'ziga xos aytishuv musobaqalari an'anaga aylan-gandi. Shuning uchun ham maxsus maktab darajasiga ko'tarilmagan hududlarda yashaydigan baxshilar ko'pincha mashhur maktab vakillaridan baxshilik san'atini o'rgangan-lar. Islom shoir ham Shahrisabz va Qo'rg'on maktabi ustoz-larining doston aytish usullarini o'zlashtirdi. Savodsiz bo'lishiga qaramay kuchli xotira quwatiga ega bo'lgan Islom ajoyib ovozi borligi uchun tez orada o'nlab doston va ter-malarni yod olib, 26 yoshida mustaqil baxshi sifatida shuhrat qozondi. Ayni chog'da baxshilikda juda muhim hisoblangan do'mbira kuylarini ham mahorat bilan ijro etdi. Odatda doston boshlashdan awal baxshi tinglovchilarga do'mbira kuyi-ni chalib beradi. Bu kuy tinglovchini doston tinglashga tay-yorlaydi. Islom shoir ijro etgan kuy sadolari olinilarning eslashiga qaraganda musiqiyligi, mayinligi, serjiloligi bilan ajralib turgan ekan. Ovozning shirasi bu lazzatga qo'shimcha fayz bo'lib qo'shilgan. Shuning uchun Islom shoir aytgan 28 ta dostonning hammasini hamqishloqlari, qo'shni hududdan kelgan ishqibozlar maroq bilan tinglaganlar. Bunday martabaga erishishda Ernazar baxshi va Qo'rg'on maktabi vakili Ergash shoirning otasi Jumanbulbul, To'xtamish shoir unga ustozlik qilganlar. Mustaqil baxshi bo'lgandan keyin ham u To'xtamish shoir huzuriga borib o'z san'atiga sayqal berish harakatida bo'lgan.
Baxshi o'z yurtdoshlarining qalblaridagi fikr-muloha-zalarini topa bilmasa mashhur bo'lmaydi. Tinglovchi hech qachon doston yoki termani shunchaki eshitish uchun doston kechasiga kelmaydi. U hamisha baxshidan dunyodagi voqealar, qo'shni viloyat, tuman, qishloqlardagi yangiliklar haqida ham ma'lumotga chanqoq bo'ladi. Radio, televi-deniye va matbuotning boshqa turlari rivoj topmagan payt-larda xalq baxshilari ham jurnalist, ham diktor, ham boshlovchi sifatida faoliyat ko'rsatganlar. Bir necha ustoz shoir-baxshilar ishtirokidagi suhbatlar o'ziga xos ommaviy axborot vazifasini bajargan. Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil shoir, Po'lkan, Islom shoir kabi iqtidorli baxshilar bu mat-buot markazining ish yurituvchilari bo'lishgan. Ular orasida Islom shoirning munosib o'rni bor. Chunki Islom shoir «Zulfizar bilan Avaz», «Gulixiromon», «Orzigul», «Kun-tug'mish», «Xirmondali», «Sohibqiron», «Erali va Sherah», «Tohir va Zuhra», «Nigor va Zamon» kabi o'nlab dostonlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdullayev A.A. san`at tarixi T. 2014
Apuxtin O.K. Tasviriy san`at haqida suxbatlar T.2015
Azimova B,Rajabov R, Abdirasilov S.
Tasviriy san`atga oid atashamarning izohli lug`ati 2012
Bulatov S.S. O`zbek xalq amaliy bezak san`ati. T. 2009
Bulatov S.S.Amaliy san`at qisqacha lug`oti. T.2014
Qosimov Q. Naqqoshlik T 2012
Do'stlaringiz bilan baham: |