Xalq cholg’ularida ijrochilik



Download 0,96 Mb.
bet1/2
Sana23.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#405499
  1   2
Bog'liq
xalq cholgulari orkestri uchun yaratilgan repertuarlar muammolari va yechimlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MADANIYAT VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI
<< SHARQ MUSIQASI FAKULTETI>>

“XALQ CHOLG’ULARIDA IJROCHILIK” KAFEDRASI

Mavzu: Xalq cholg’ulari orkestri uchun yaratilgan repertuarlar muammolari va yechimlari.

5150707 – TORLI CHERTIMA ( MIZROBLI )XALQ CHOLG’ULARI ” yo’nalishi


Bakalavr darajasini olish uchun yozilgan


Bitiruv malakaviy ish

Bajardi: Turdiyeva Sultonabegim
Ilmiy ijodiy raxbar Dotsent :Akmaljanova M.


MUNDARIJA







KIRISH

I BOB.

O’ZBEKISTONDA MUSIQIY CHOLG’ULARNING TARIXIY TARAQQIYOTI.

1.1.

CHOLG’ULARNITAKOMILLASHTIRISHVACHOLG’UIJROCHILIGININGUSLUBIYASOSLARI.

1.2.

O’ZBEKXALQCHOLG’ULARIORKESTRIIJROCHILIKMADANIYATINISHAKLLANISHTAMOYILLARI.




  1. BOB. XALQCHOLG’ULARIORKESTRIUCHUNYARATILGANASARLARREPERTUARI.



2.1.

O’ZBEKXALQCHOLG’ULARIUCHUNYARATILGANREPERTUARLARMUAMMOLARI

2.2.

Yoshlar tarbiyasida musiqa san’atidan foydalanishning dolzarbligi.

2.3.

Yoshlar ijodiy faoliyati tarbiyasida Dono Zokirov ijodiy merosi.

Xulosavatakliflar


FoydalanilganAdabiyotlarro’yxati.

Kirish.
Tadqiqot mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida barcha sohalar qatorida musiqa san’atining rivojlantirish brasida ham o’ziga hos ishlar amalga oshrilmoqda. Musiqa san’ati inson va jamiyatning ma’naviy, madaniy va ma’rifiy darajasini yuksaltiruvchi muhim ijtimoiy omillardan bo’lib, uning negizini musiqa va qo’shiq ijodkorligi, ijrochiligi nazariyasi hamda amaliyoti tashkil etadi.
Mamlakatimiz mustaqllikka erishgandan so’ng, turli jabxalarda muhim o’zgarishlar ro’y bermoqda. Milliy vaumuminsoniy Qadryatlarga asoslangan madaniyatimiz yanada takomillashdi. O’zbek xalqi ham boshqa xalqlar kabi o’zining milliy musiqa madaniyatiga ega. Bu madaniyat tobora rivojlanmoqda va boyimoqda. O’zbek musiqa san’atinigtaraqqiyoti barcha xlqlar san’ati uchun xarakterli bir – birini to’ldirish jarayoni jarayoni bilan bog’liqdir. Musiqa madaniyatlarining bir - birini boyitishi va o’zaro ta’siri o’zbek musiqasining milliy,o’ziga hos xususiyatlarini inkor etmaydi.

Ma’naviy boyliklarni keng miqyosida milliy munosabatlar rivojlanishining qonuniyatidir.Umuman, hech bir xalq ana shu jarayondan chetda turmagan. Adabiyot va san’at dekadalari,milliy teatorlar va konsert brigadalarining Gastro’llari, rasm ko’rgazmalari, kitoblarni o’zaro tarjimalar qilish va badiiy faoliyatning shakllarini ma’naviy hayot sohasidagi milliy munosabatlarni aks ettirgan.O’zbek musiqa san’ati keng baynalminal sahnasida namoyish etib kelindi. O’zbek musiqachilari va qo’shiqchilari, halq ansmbllariturli respublikalarda va chet mamalakatlarida ham o’z mahoratalarini muvaffaqqiyatli ko’rsatdi.Ularning baracha joylardagi sahna chiqishlari tinglovchilarda jonli qizizqish uyg’otdi. O’zbek xalqi musiqa madaniyatining boyish jarayoni ko’p qirrali va murakkabdir. Masalan,O’zbek opera va baletining vujudga kelishi O’zbekiston musiqa madaniyatining yuksak darajaga yetganini ifodalaydi. Albatta bunday yuksaklik O’zbekistonda murakkab va mujassam shakli bo’lgan ijrochilik san’atining rivojlanishi va takomillashi uchun xizmat qildi.

Xalqimiz mustaqllikka erishgan qisqa tarixiy davr ichida farzanlarimiz barkamol shaxs bo’lib yetishishi uchun qilinayotgan barcha sharoitlar yetarlidir.Vaholanki, biz yoshlar mana shunday imkoniyatlardan to’g’ri va maqsadli foydalangan holda Mustaql Yurt kelajagi barkamol avlod uchun zamin hozirlashimiz darkordir.

Chunki musiqa san’ati bashqa san’at turlari qatorida inson va jamiyatning ma’naviy olami, qiyofasi va darajasiga “ Ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatuvchi” ijtimoiy omillardan biridir. Hozirgi kunda O’zbekisnda o’ziga hos musiqa ta’lim tizimi samaradorligini oshirish vazifalari bajarimoqda. Bu vazfalarning quyidagilardan iborat:




  • musiqa ta’limining yangi avlod dasturlari va o’quv qo’llanmalarini yaratish;




  • yoshlarning musiqiy layoqatini izchil rivojlantirib boorish va ularni qo’llb quvvatlash;




  • yangi musiqa ta’limi muassasalrini barpo etish va ularni zamonaviy darajada jihozlarni kuchaytirib borish;




  • milliy musiqa san’ati muammolarini ilmiy o’rganib brish va boshqalar. O’zbekiston respublikasining birinchi prezidenti yondashuviga ko’ra, musiqa

sohasidagi hozirgi muhim vazifalar quyidagilardan iborat:




  • Mumtoz musiqiy asarlarni nashr etish.




  • Musiqa san’ati masalalariga oid ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini ommalashtirish




  • Jahon musiqa san’ati ahlini milliy musiqiy merosimiz bilan tanishtirib borish va musiqa san’atini targ’ibot qilish masalasida quyidagi funksional vazifarni amalga oshirish ;

  • Yoshlar ongiga musiqa san’atining haqiqiy namunalarini singdirish




  • Milliy musiqa sn’ati yutuqlarini jahon miqyosida, turli festevallar, tanlivlar va san’at kunlari vositalarida targ’ibot qilish




  • Istedodli yoshlarni izlab toppish va tarbiyalash.




  • Musiqa san’atining tarbiyaviy imkoniyatlarini kengaytirib borish va h.k.

Biz yoshlarning musiqiy ijodkorligi faoliyatining yusaklantirilishida, chuqur musiqiy ta’lim olish, yuksak musiqiy ijro malakasini egallash va musiqiy ijrochilik yo’nalishini o’zlashtirisdan iboratdir

O’zbekistonda musiqiy cholgularning tarixiy taraqqiyoti.

1.1.Cholg’ularni takomillashtirish va cholg’u ijrochiligining uslubiy asoslari.


Xalq cholg’ularidagi musiqiy cholg’ular juda qadim zamonlardan buyon rivojlanish tarixiga egadir. Arxeologik qazilmalar, qoyatoshlardagi va devoriy tasvirlar, tarixiy va ilmiy xujjatlar, adabiy manbaalar, mniatyuara, asarlaridan musiqiy cholg’ular uzoq o’tmishda mavjud bo’lgani va turli xalqlar o’rtasida muloqot vositasi bo’lganligini isbotlaydi. O’zbek xalq cholg’ulari haqidagi bebaho ma’lumotlar: A.Eyxgorn, V. Berteles, A.Semyenov, R. Sadaqov, T. Vsizko, O. Mal’keyevalarning tadqiqodlarida o’z aksini topdi.
So’ngi yillarda musiqa cholg’ularini o’rganishga bo’lgan qiziqish nafaqat bizning o’lkamizda , balki, chet davlatlarida ham sezilarli darajada ortdi va hozirgi kunda zamonaviy san’atshunoslik ilmi oldida turgan dolzarb muammolardan biri xisoblanadi.

Musiqa cholg’ular ma’naviy madaniyat bilan uzviy bog’liq bo’lib, jamiyat rivojining ma’lum bosqchida shakllangan estetik didni ham aniqlaydi. Shuningdek, musiqa cholg’ulari va ularning madaniy yodgorliklardagi tasvirlari o’tmish davr hayotidan dalolat beruvchi xaqiqiy va yagona ma’lumot manbayi hisoblanadi.


O’zbek Xalq cholg’ularini takomillashtirishdagi ilk tajribalar, o’tgan asrning
20 – yillari va 30 – yillarning boshlariga to’gri keladi. Bu g’oyani birinchi bo’lib, Toshkentning mashhur san’atkor hofizi Xorazmlik ustoz Matyusuf Xarratov , Toshkentlik mashhur sozgar Usta Usmon Zufarovlar amalga oshirganlar. Ularning o’z oldiga qo’ygan vazifalari musiqa cholg’ularining ovoz jarangdorligini oshirish va Has pardalar yordamida cholg’u diapazonini oshirish ( eng past tovushdan, eng yuqori tovushgacha) kengaytirishdan iborat edi.
Hammamizga ma’lumki milliy musiqiy cholg’ularimiz azal – azaldan faqatgina hona sharoitida ijro etishga mo’ljallangan edi.Ularning tembr hususiyati ham aynan shumga mos edi. Asta – sekin cholg’ularda keng davralarda va katta

saxnalarda ijro etishga tog’ri keladi. Yaratilgan mazkur cholg’ular esa talabga javob bermay qoladi. Shu sababli ular cholg’ular tovushini kuchaytirish kerakligini tushunib yetadilar va o’zlarinig ilk g’oyalarini amalga oshiradilar.


Shuningdek, Usta Usmon Zufarov birinchilardan bo’lib, To’xtasin Jalilov buyurtmasiga asosan Orkestr jamoasi uchun past registorlik cholg’ular ya’ni katta
g’ijjak, katta tanbur va katta dutorlarni bi necha turlarinii yasay boshladilar. Ular, 1934 – 1936 yillar T. Jalilov raxbarligidagi unison orkestri tarkibida qo’llaniladi va kutilgan natijaga erishilmagandan so’ng jamoa tarkibidan chiqarilib tashlanadi.
Shundan so’ng U. Zufarov faqatgina cholg’uning turli – tuman shakllarini
yaratgan va ilmiy izlanishlarida o’z hissasini qo’shgan.
Ushbu ilk marotaba yasalgan cholg’ular hozirgi kunda O’zbekiston Davlat
Konservatoriyasining “ Miliy cholg’u” ilmiy ishlab chiqrish eksperementall labaratoriyasi misiqa cholg’ulari muzeyida ekspanat sifatida saqlanmoqda. Mazkur izlanishlar davomiyligi A. I. Petrosyans raxbarligida bir guruh ustalar
Ramanchevkov, Kevxoyans, Didenko, Andreyev ish tajribasiga tayangan holda torli chertma cholg’ularni 12 bosqichli teng temperatsiyalangan prinsib asosida ijrochilikning zamonaviy va talab darajasiga moslashga kirishadilar.
Shu paytni o’zida Petrosyansda cholg’ular oilasini yaratish fikri paydo bo’ladi. 1938 – yilda Petrosyans rahbarligida To’xtasin Jalilov nomidagi Xalq cholg’ulari orkestri tashkil ettiriladi. Jamoa tarkibida birinchi bo’lib kamonli cholg’ular oilasi
kiritiladi.Asta – sekin boshqa torli cholg’ularning ham oilasi yaratila boshlanadi. Jamoa uchun kompozitorlar o’zbek xalq kuylarini qayta ishlab orkestr uchun moslashtiriladi. Shu tariqa To’xtasin Jalilov nomidagi orkestr o’z faoliyatini
boshladi. Orkestrlar tashkil etilishi jadal rivojlanib bordi. 1957 – yilda Dono
Zokirov Orkestr o’zining ijoiy faoliyatini boshlaydi. Ikki ijodiy orketr jamoalarining o’ziga yarasha vazifalari mavjud bo’lib; To’xtasin Jalilov orkestrining asosida vazifasi: o’zbek xalq qo’shiqlarini kompozitorlar tomonidan qayta ishlangan ko’rinishini va dunyo xalqlari klassik kompozitorlari kuylarini ijro etishdan iborat bo;lgan bo’lsa , Dono Zokirov orkestr jamoasining asosiy vazifasi: O’zbek xalq kuy qo’shiqlari va bastakorlar tomonidan yartilgan asarlarni ijro etish

vazifalari bilan jamoalar bi – birlidan ajralib turganlar.Ikki orkestr jamoalari 2014


– yilning oktabr oyiga keib bir jamoa bo’lib, Akademik xalq cholg’ulari orkestrini tashkil toishiga asos bo’ldi.Shu tariqa rivojlanish bosqichlarida bastakorlik ijodiyotidagi asarlar yaratilib, professional ijro qilish darajasi yanada yukasaklashib bordi.

Boshqa san’at turlaridan, masalan , mo’y qalamlik san’tida rassom bir paytning o’zida ijrochi hamdir. Musiqa san’tida esa kompozitor san’atining o’z ijrochisi


bo’lishi kerak.

Akademik Asafef tabiri bilan aytganda : “ Ijro etilmagan asar faqatgina kompozitor ongida yangraydi”. Ushbu fikr shuningdek, xalq va og’zaki


an’anadagi professional musiqaga hamda yozma an’anaddagi professional musiqaga ta’luqlidir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda yakka va jamoaviy ijrochilik san’atida ijrochilikning ikki madaniyati mavjuddir. Bulardan biri: Qadimiy ijrochilik an’analarini saqalab va davom ettirib kelayotgan an’anaviy ijrochilik bo’lsa, ikkinchisi esa: XX – asrning 30 – yillarida paydo bo’lgan yozma an’anadagi ijrochilikdir.
O’zbekistonda Xalq cholg’ularida yozma an’anadagi ijrochilikning paydo bo’lishi bilan turli fikr va mulohazalar bilan, ega bo’lgan muammolar paydo bo’la boshladi. Bunda sozanda va musiqashunoslarning : “ Haqiqiy milliy deb – an’anaviy cholg’ularda asrlar davomida ijro etib kelinayotgan og’zaki an’anadagi ijrochilik” dir degan fikrlar doirasi bilan chegaralanib qolib, boshqa turdagi ijrochilik san’ati va shu yo’nalish bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxasislarning sezmayotganligidadir. Ushbu maommo doirasida yozilgan musiqa jurnallarida :
“ Hamma yangi narsalar eski narsalar bilan himoyalaniladi “ maqolasi ostida :
“ Xalq cholg’ulari kafedrasini bitirayotgan talabalar og’zaki an’anadagi professional musiqa ko’nikmalarini bilmaydilar balki bila olmaydilar ham “ .
Ushbu ma’limot yangi emas u o’tgan asrning 20 – 30 yillari O’zbekistonda kompozitorlik ijodiyoti va yozma an’andagi ijrochilik san’ati, davrida paydo bo’lgan davrdan boshlab ko’tarilib kelinmoqa.

1.2.O’zbek xalq cholg’ulari orkestr ijrochilik madaniyatini shakllanish


tamoyillari.

Yer yuzining har bir mintaqasida musiqa madaniyati rivojlanishi turlicha ko’rinishlarga ega. Bugungi kundagi hayot tarzi bizga dunyo halqlai madaniyati rivojlanishining har – xil bosqichlarini ko’rish imkoniyatlarini beryapti. Shunday ekan savol tug’uladi : Biz ma’safa nuqtai nazaridan bir – birimizdan uzoq bo’la turib o’zaro yaqinlashish imkoniyatiga ega emasmizmi? Yoki bizning umumiy manba,umumiy ildizlarimiz yo’qmi? Albatta unday emas. Butun dunyo svilizatsiyasi tarixi shuni isbotlab beryaptiki, insonlar o‘zaro muloqotda bo’lib,faoliyatlarnig turli jabhalarda bir birlariga ta’sirini o’tkazib o’zlariing eng yaxshi an’analarini rivojlantiradilar, bu esa o’z navbatida umumiy ma’daniyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Satsial – iqtisodiy sharoitlar natijasida turli tarixiy davrlarda madaniyat rivijlanish estafetasi goh sharqda goh g’arb mintaqalarida navbatma - navbat o’tib kelgan. Ushbu fikrni T.S. Vizgo so’zlari mumkin qadar yaxshiroq tasdiqlab beradi: << Siyosiy va geografik chegaralar, insonlarning turfa - xil maishiy hayot tarzidan qat’iy nazar o’tmish badiiy amaliyoti eng yaxshi yutuqlarning navbatma – navbat almashishi - dunyo madaniyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir.>>


Aytib o’tilgan bu holat cholg’u madaniyati rivojlanish yo’llari mavzusida qanday ifoda etiladi, agarda aniqroq gapirsak - O’zbek milliy cholg’u orkestri shakllanish tamoyillariga o’zining qanday ta’sirini o’tkazadi? Yuqorida qayd etilgan fikrlarni bizni qiziqtiradigan masalaga qaratsak, o’zbek xalqinig zamonaviy cholg’u madaniyati MONODIK san’at negizida shakllanganligini , << O’rta Osiyo antic davridayoq turli xalqlarning o’zaro ta’sirida yaratilgan murakkab va har tomonlama shakllangan voqe’lik ko’rinishida namoyon bo’ldi.>>. V.A. Uspenskiy o’tgan asrning 30 yillarimusiqa madniyatini tahlil qilib, an’anaviy cholg’ularning ijrochilik imkoniyatlari o’sha davrning yani ijtimoiy talablariga to’g’ri kelmasligini ta’kidlab, cholg’ularning kuchsiz va tez so’nib qoladigan ohangi o’sha davrning yangi badiiy sharoitlari bilan qarama – qarshi bo’lib qolganligiga e’tiborini

qaratadi va u << ayni davrdan boshlab kata cholg’u ansambllarni tashkil etish hamda milliy cholg’ularni rekonstruksiya qilish masalasi dlzarb muammolardan biriga aylanadi>> - degan xulosaga keladi.O’tgan asrnig 50 – 30 yillari ushbu muammo yechimi ishlab chiqishda ikki asosiy andoza tayanch sifatida xizmat qildi: 1) - O’rta Sharqning qadimiy milliy an’analari. Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki, o’n ikki bosqichli temperatsiya va xromatizatsiya asosida yaratilgan garmonik ko’povozlikni O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarida, xususan O’zbekistonda ham keng tus olishi cholg’u irochiligi rivojjlanishinig muhim omili bo’ldi.


Yer yuzining turli mintaqalarida (jumladan O’rta Osiyoda ham) milliy orketrni tashlik etishborasida olib borilgan ishlar, hamda simfonik orkestr shakllanishining tarixiy yo’lini tahlil etish bugungi kunda Orkestr ijrochiligi shakillanish tamoyillarini ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Quyidagilarga tahliliy nazar tashlasak aytib o’tilganlarga universal degan baho berish mumkunligini ko’ramiz, sababi, qayerda va qanday davrda bo’lmasin, ko’p ovozli orketr jamoalari yaratilishida ularning doimiy ravishdagi ishtirokini kuztish mumkin bo’ladi.
Endi ikkinchi ichki xususiyatlariga qaytadigan bo’lsak shuni ta’kidlash joizki, biz ko’rib chiqayotgan << ORKESTR>> atamasiga XVIII asr oxirida G’arbiy yevropada hamma xususiyatlari bilan shakllangan jamoa organizmining ma’nosi kiritiladi. Ya’ni orkestr tushunchasi - bu bir turdagi cholg’u guruhlarini birlashtirgan musiqachilar jamoasi ma’nosini bildiradi.Ammo shu bilan birga Sharq musiqasiga bag’ishlangan adabiyotlarda an’anaviy ansanbl va ko’p ovozli jamoalarga ham << ORKESTR>> ta’rifi berilganligini ham guvohi bo’lamiz, (V.Belyayev. F.Karomatova. I.Eolyan) .

Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda, zamonaviy orkestr jamoasini tashkil etish uchun qo’yiladigan talablarni quyidagilarda ko’rsatib o’tishimiz mumkin: bu o’n ikki bosqichli tekis temperatsiya qilingan tovushqator asosidagi garmonik ko’p ovozlilik, cholg’ular oilalari, yozma an’ana va nihoyat, REPETUAR. Aynan shu prinsiplarga asoslanadi.


Milliy cholg’ular musiqa amaliyotida ko’p ovozlilikning tarqalishi birinchi

navbatta soz masalasini oldinga olib chiqdi va ayni masala yangilik emas edi.Ushbu masala o’tmish davrlardayoq paydo bo’ldi, turli mamalakatlar nazariyotchilar tomonidan aslar davomida o’rganilb kelingan.


Musiqiy madaniyatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’lgan va bir – birini almashtirgan turli tovushqatorlar ( ya’ni Pifagor tovushqatorlari) tekis va notekkis temperatsiyalar yangi shakllanayotgan musiqiy tafakkur - ko’p ovozlik tizimig to’la javob bera olmas edi. Lekin davr taqazosi bilan o’n – ikki bosqichli, t kis temperatsiyalangan, xramatik tarzdagi tovushqator yuzaga keldi. Yu.N.Tyulin iborasi bilan aytganda, ushbu tovushqatorning paydo bo’lishi butun dunyo muiqa san’atining tarixiy rivojlanshida muhim burilish sodir etdi >>.
Kompozitorlarning garmonik vositalar borasidagi faol izlanishlari va shu bilan bir qatorda musiqa ihrochiligi amaliyotida cholg’ularni takomillashtirish jarayonlari o’n ikki bosqichli tekis temperatsiyali xromatik tovushqatorning yaratilishi va rivojlanishi uchun imkoniyat yaratdi, buning natijasida temperatsiyali ko’p ovozlik yuzaga keldi.
1935 – yilda taniqli cholg’ushunos A.I.Petrosyans rahbarligidagi ustalar guruhi ko’p ovozli ORKESTR yaratish maqsadida O’zbek milliy cholg’ularini tubdan takomllashtirih ustida ishlarni boshlab yuborishdi. Cholg’ular ustida olib borilgan teng temperatsiya va xramatizatsiya bo’yicha ishlar yani tafakkur tizimi, ya’n ko’p ovozlikni o’zlashtirishda aniq natijalar ko’rsata boshladi.B.Asafyev fikricha << Bir tekkisdagi temperatsiya musiqa jarayonida teng ta’sir etuvchi ohanglar majmuasi bo’ldi.>>
Orkestr ijrochiligi madaniyati shakllanishining keyingi tamoyili bir turdagi cholg’ular guruhi – oilalarini yaratish maqsadini oldinga qo’ydi. Ushbu guruhlar cholg’ularning asosiy turi andozasida yaratilgan bo’lib, pastdan yuqorigacha bo’lgan hamma registrlarni o’z ichiga qamrab olishi kerak edi.Shunday qilib turfa xil ko’rinishdagi o’zbek cholg’ularidan ijrochilik amaliyotida keng tarqalgan va tovush chiqarish bo’yicha turli ko’rinishga ega bo’lgan navlari ajratib olindi. Yuqorida aytib o’tilgnidek, cholg’ularning asosiy turi andozasida va butun orketr diapazoni qamrab olish sharti bilan bir turdagi guruhlarni yaratish

VAZIFASI amalga oshirilishi. Cholg’u oilalarining vujudga kelishi bir tomondan orkestr diapozonini ancha kengaytirdi, ovoz va tembr rang – barangligini boyitdi, ikkinchi tomondan esa jamoani har bir oila guruhidan mustaql jamoa ya’ni dutor, chang, mizrobli, kamonli va h.k. orkestrlarni tashkil etish imkoniyatini yaratdi. Bu o’rinda ushbu cholg’ularda chalishni o’rganish nisbatan osonligi kata ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tish joiz .


Orkestrlar yaratilishining yana bir muhim omillaridan yana biri ularning sozini bir maromga , ya’ni xalqaro standrtga olib kelish edi. Ma’lumki dunyo amaliyotida va MDX (SNG) respublikalarida 1936 – yildan beri birinchi oktava lya tovushining baladligi umumiy tartib bo’yicha 440 gerts ( bir soniyada 440 tebrish tezligi ) sifatida qabul qilingan. O’zbek orkestrining tashkilotchilari ham ham qabul qilgan ushbu birlikni andoza sifatida qabul qilishdi. Shu nuqtai naardan ular damli cholg’ular ustida olib borilgan takomillashtirish ishlarida ancha murakkabliklarga duch keldilar. Sababi bir turdagi cholg’ularning kata – kichikligi asosiy tovushini pats – balandligiga ta’sir qilar edi. Torli cholg’ularda esa belgilangan menzuralar o’rnatilib oilalar tashkil etish qonuniyatlaridan kelib chiqgan holda ularga mos keladigan sozlanish tartiblari o’rnatildi.
Musiqiy tovushlar yozuvi insoniyat madaniyati takomillashis jarayonida Sharq va G’arb xalqlarining ta’siri bilan bzning avrimigacha no’ta yozuvi qiyofasida yetib kelgan. Bu borada musiqashunos NAZAYKISKIYI quyidagicha fikrlarini bayon etadi: << Ohang balandligi va cho’zimini belgilab, no’ta o’zining kelib chiqishini oshkora etadi. U – kuy va garmoniya, ovoz va usul extoyijlarida, ya’ni musiqaning ichki olamidadir.>>. A.I.Petrosyans bu holatni o’rganib va uni o’zbek milliy cholg’u ijrochiligiga tadbiq etish maqsadida quyidagilarni ta’kidlab o’tadi:


  • nota yozuvi… quyidagi xususiyatlarga ega: 1) Belgilanish qulayligini ifodalovchi musiqiy matnga oid bo’lgan xususiytlar, ya’ni balandligi, kuchi, O’lchov va usul; 2) Nisbatan kam bo’lgan ifodalovchi vositalar yordamida to’laqonli

musiqiy tavsif; 3) Nota yozuvining xalqaro ahamiyati.


Nota yozuvinig dunyo musiqa madaniyatida umumiy tamoyillar asosida tarqalishi
turli madaniyatlarning o’zaro aloqalarini ta’minlaydi. Shu bilan birga nota yozuvi

o’zining hususiyati doirasida juda kata ma’no - mazmun kasb etadi. O’zbekistonda milliy cholg’u ijrochiligi tarixida ilk bor 1936- yilda nota yozivi asosida ijrochilikni tashkil etish yo’lga qo’yildi.


O’zbek milliy cholg’u ijrochiligi madaniyatining yana bir muhim omillaridan biri bu REPERTUARNI TASHKIL ETISH masalasidir. Ma’lumki yangi milliy cholg’u ijrochiligi yo’nalishi yo’lga qo’yilishining ilk davridayoq xalq va kompozitorlik musiqasini qayta ishlash orqali repertuarni kengaytirish ko’zda tutildi. Orkestr ijrochiligida bu masala darhol o’z tasdig’ini topdi.<>, << Roq qashqarcha>>, << Aspanjoyiman>>, << Reve ta stogne Dni pr shirokiy>> kabi asarlar REPERTUAR masalasining bugungi kunda ham saqlanib kelayotgan baynalminallik jihatlarini yaqqol namoyon etdi. Shu bilan bir qatorda milliy cholg’ular orkestrining boy va o’ziga xos xislatlarini ko’rsata oladigan maxsus asarlar yaratish masalasi ham yuzaga chiqdi.


Shunday qilib ,Xromatizatsiya va temperatsiya tamoyillarining amaliy tadbiq qilinishi, cholg’u oilalarining tashkil etilishi ,yozma an’ananing qo’llanilishi, soz masalalarining takomilashtirilishi, repertuar masalasi yechimining hal etilishi boshqa respublikalar qatorida O’zbekistonda ham – milliy cholg’ularda yangi, ko’p ovozli jamoaviy ijrochilik madaniyatining shakllanishiga olib keldi. O’zbek orkestrining tarkibida beshta bir – biridan farqlanuvchi guruhlarning mavjudligi uning boshqa milliy orkestrlardan farqlanuvchi jihatini tashkil etdi.Ushbu jamoada boy an’anaviy ijrochilik uslublarini qo’llash imkoniyati mavjud.


Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda o’zbek ko’p ovozli jamoa ijrochiligiga qiyosiy ko’z bilan nazar tashlasak , dunyo musiqa madaniyati bilan o’zaro bog’lab turadigan , badiiy o’ziga xoslikka ega bo’lgan jamoa ko’rinishi shakllanganligiga guvohi bo’lamiz.

  1. Bob. Xalq cholg’ulri orkestrri uchu yaratiladigan asarlar repertuari.

2.1. O’zbek Xalq Cholg’ulari Orkestri uchun Repertuar Muammolari va Yechimlari.


Yosh avlodimini musiqa yo’lida tarbiyalashda milliy musiqiy merosimiz, milliy cholg’u va cjholg’u kuylarimiz, milliy cholg’u va cholg’u kuylarimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Musiqiy cholg’ularda ijrochilik san’ati insoniyat ma’naviyatini tarannum etuvchi vosita, ya’ni xalq ijodiyoti maxsuli bo’lib, azal – azaldan omma orasidan shakllanib, moxir soz ustalari tomonidan yaslaib, tobora mukammallashib kelayotgan mo’jizaviy va ifodaviy vositadir.

Tarixdan ma’lumki, an’anaviy o’zbek musiqasida – vokal musiqasi ham, cholg’u musiqasi ham bir ovozli ya’ni inison ijrochilik yaratilgan. Ushbu an’ana hozirgach saqlanib qolgan. Xo’sh, unda ko’p ovozli musiqaning ahamiyati qanday? O’zbek xalq cholg’ularini ko’p ovozli musiqaga moslashtirishning nima keragi bor? – kabi savllar yuzaga kelishi tabiiydir.


Respublikamizda musiqa san’atining yangi shakli va janrari kirib kelishi bilan xalq cholg’ulari ro’lini qayta anglash, ularga yangi, yozma ko’p ovozli tipdagi musiqa san’ati namunalarini ijro etish davr talabi edi. Professionala kompozitorlik ijodiyoti yuzaga kelishi va shu bilan bog;liq ravishda yozma an’anadagi irochilik madaniyatining o’zbek milliy cholg’u asboblarida ilgari mavjud bo’lmagan ijrochilik prinsiplari vujudga keldi. Bu yo’ldagi vzifalardan asosiysi – umum qabul qilingan no’tali tizimda yozilgan kopozitorlik asarini ijro etish uchun cholg’u asboblarini o’n ikki bosqichlik bir maqomdagi xromatik temperatsiya negizida takomillashtirilgandan iborat edi. Buning natijasid ko’p ovozlik orkestr ijrochiligi yuzag keldi. Sekin astalik bilan esa cholg’ularning oilalari yaratildi. O’tgan asrning boshlari ko’plab musiqashunos, etnograf olimlar bu yo’lda bir qator tajribalar o’tkazishgan. O’zbek xalq cholg’ulari hozirgi kunga yetib kelgunga qadar juda uzoq va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Avvaliga o’zbek xalq cholg’ulari orkestri ijrosi tinglovchilarda har xil fikr uyg’otib, turli tanqidlarga ham uchragan.

Keyinchalik yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek O’zbekiston radiosi qoshidagi D.Zokirov nomli O’zbek xalq cholg’ulari orkestri va O’zbekiston Davlat Flarmoniyasi qoshidagi T.Jalilov nomli O’zbek xalq cholg’ulari orkestrlari ijodiy faoliyati orqali o’zbek xalq cholg’ulari orkestri ijrochiligi yosh xalq orasida sevib tinglbdi va ommalashdi. Ular nafaqat respublikamiz, balki qo’shni davlatlar bo’ylab ham ijodiy gastrollarrda ko’plab muvofaqqiyatlarga erishganlar. Bu jamoalar o’zbek xalq cholg’ulari orkestr ijrochiligiga tamal toshini qo’ygan, desak mubolag’a bo’lmaydi.

O’zbek xalq cholg’ularida orkestr ijrochiligi juda katta o’rin egallagann. O’zbek xalq cholg’ulari orkestri o’zbek xalq milliy musiqasi, kompozitorlik ijodi va jahon kompozitorlari asarlarini ham o’zbek xalq cholg’ulariga moslashtirib professional darajada ijro eta oladi. Shunisi diqqatga sazavorki, hozirgi kunda O’zbek xalq cholg’ulari orkestrlarida zamonaviy estrada musiqiy namunalari ham ijro etib kelinmoqda.
Yosh sozandalarning professional ijrochi bo’lib yetishishida ko’p ovozlikning, ya’ni orkestr va ansambllarning o’rni beqiyosdir. Bunda ijrochi eshitish qobilyati ijro maxorati no’ta o’qish va jamoa birligini o’rganadi.
Yurtimizda o’zbek xalq cholg’ulari ijrochiligida kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratilgan.
Albatta musiqa bu ijtimoiy xayotning mustaql bir soxasi bo’lib jamiyatning
barcha tomonlariga ta’sir o’tkazadi.Ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi.Musiqa inson ongidagi uning qalbidan jo’sh urib chiqadigan mo’jizaviylikdir. Aynan ushbu mo’jizaviylik ijodkorlari bu bizning Kompazitorlarimizdir.
Shu o’rinda aytib o’tishimiz kerakki:Kompazitorlarimiz ijodi Orkestr repertuarlarida aloxida o’ringa egadir.Orkestrda asardagi ijro mohiyatni o’stirishda eng avvalo kompazitor tomonidan yaratilganasarlar muxim ro’lni egallaydi.
Men aynan Repertuar so’ziga o’z ta’rifimni bayon etadigan bo’lsam Repertuar - bu Orkestrning ozuvqaviy manbayi undan kegin esa ularni

boshqaruvchi Drijyordir.Nafaqat Orkestr repertuarlarida balki barcha sozlar uchun yaratilgan asarlar cholg’u va ijrochi uchun eng asosiy ozuvqa manbayi xisoblanadi. Hozirgi kunda Xalq cholg’ulari orkestrida ijro etilayotgan asarlarningaksariyati


80-85 yillardagi asarlar hisoblanadi. 90-yillardagi, ya’ni Mustaqlligimizdan kegingi yillarda yaratilgan asarlarning ijro etilgani juda ham kam.Shu tariqa xozirgi davrga kelib kompazitorlarimiz tomonidan aynan Xalq cholg’ulari uchun yaratilayotgan asarlar kamayib ketayotganligi va yaratilayotgan yangi asarlarning kamligi bu o’z-o’zidan repertuarimiz boyligiga sekin astalik bilan erishayotganligimizdan darak beradi.
To’g’ri hozirda yosh kompazitorlarimiz tomonidan yartilayotgan asarlar juda xam chiroyli va mukammal darajada.Lekin juda ko’p aksariyat asarlar hozirda aynan Simfonik Orkestr uchun yaratilayotganli muammoli vaziyatni yuzaga chiqaradi. Tog’ri, ushbu fikr doiasida yosh kompozitorlarimiz Simfonik orkestri uchun asarlar yaritilishligi betarafdori emasmiz. Biz shunchaki, o’zbek yosh kompozitorlarimiz eng avvalo o’zimizni o’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun asarlar yaratilish jarayonini birinchi o’ringa qo’yib, O’zbek xalq cholg’ulari orkestri repertuarini eng yuqori darajaga ko’tarilishi tarafdorimiz.
So’ng buning sababini topish maqsadida O’zbekiston Davlat Konservatoriyasida kompazitorlik mutaxasisiligi bo’yicha tahsil olayotgan bir nechta talabalar bilan suhbatlashdim.Ularga nima uchun ko’proq simfonik orkestri uchun asar yaratsizlar xalq cholg’ulari uchun yaratilyotgan asarlar esa kam deb savol berdim; va ulardan biri; simfonik Orkestr uchun asar yaratish juda qiziqarli menga yoqadi deb javob berdi yana bir kompazitor do’stim esa bizda aynan Xalq cholg’ulari tarkibiy qismlari cholg’ulari 4 para davomida umumiy tarzda o’tiladi xolos lekin simfonik Orkestr tarkibiy qismi va cholg’ulari mukammal darajada o’zlashtiramiz deb javob berdi. Ushbu fikrlar doirasida ustozlarim va kursdosh do’stlarim bilan fikr almashdik. So’ng yaqinda o’zim kompozitorlik sinfining Magistr bosqichini tamomlayotgan Bazarov Mirzohidning o’zbek xalq cholg’usi ansambli uchun yozgan “ Qoro ko’zing” deb nomlangan asarini ijro etdik. So’ng kompozitor ijodkorimizga repertuar muammosi haqidagi o’zimni qiziqtrgan savollarimga javob

oldim. Uning aytishicha: bizda xalq cholg’ularining tarixiy taraqqiyoti va uning qanday sozlanishi kerakligi haqida bizga bakalavr bosqichida bir yil davomida mukammal tarzda o’tiladi. Biz turli xil asarlar yozganmiz ansambl va orkesr uchun, undan so’ng esa birinchi bosqich magstrligida bizda “o’zbek xalq kuylarini qayta bastalash” kabi dars soatlarimiz va bizga ushbu dars bo’yicha o’qtuvchi biriktirilgan. Biz ko’p asarlar yozganmiz “ – deya javob berdi. Faqatgina bizda mana shu asarlarimizni ustida ishlab beruvchi jonli O’zbek xalq cholg’ulari orkestri yo’q, lekin simfonik kuylarimizni ijro etilishida bizga yordam beradigan Simfonik orkestri mavjuddir. Aynan shuning uchun ham biz ko’proq simfonik orkestrga asrlarni ko’proq yozamiz…


Albatta bunday jarayon muammo ekanligi meni anchagina sarosimaga soldi,chunki biz baribir O’zbekiston Farzandlarimiz,biz O’zbekistonda ijod qilyapmizmi demak eng avvalo o’z cholg’ularimizni mukammal darajada o’zlashtirishimiz kerak.Ustozlarim ko’magida biz ushbu muammoni yechimini topdik.Ya’ni bitiruvchi Kompazitorlarimizning bakalavr bosqichi bitiruv malakaviy ishlariga bittadan Xalq cholg’ulari uchun maxsus yaratigan asar yaratilishi va yozilgan asrarni qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar katta asarmi yoki kichikroq bo’lishidan qa’iy nazar, kuylarni ijro etib bera oladigan Xalq cholg’ulari orkestrini tashkil etib, unda mana shu yangia sarlarni ijrosi va taxlili ustida ishlash masalasini o’rtaga tashlasek yoki hozirda repertuarimizni boyitish maqsadida kafedramizda qilinayotgan to’g’ri ishlarimizdan biri kafedramiz talabalari oldiga qo’ygan vazifasi ya’ni 4-kursda Diplom dasturimizga O’zbek xalq cholg’ulariga cholg’ulashtirilgan asarni ko’rsatishimizdan kegin biz yana bir asarni olishiiz, bu asar esa ko’p yillar davomida ijro qilingan mashhur asardir. Aynan mana shu ikkinchi asar o’rniga yosh kompozitorlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarni olib, uni kompozitor ustozi va o’zi hamkorligida yangi asarni kashf etilishida, Xalq cholg’ulari orkestri repertuarida yangi beboho durdona asarning paydo bo’lishi zamin yaratadi. Ularning mexnatlari,ularga biriktirilgan talabalarning qilgan bitiriv ishlari DAVLAT imtihonlarida o’z natijalaini beradi. Albatta bunday ko’zlangan lishlardan maqsad : Kompozitorlik faoliyatini olib borayatgan hozirgi yosh

talabalarda asosan Xalq cholg’ulari orkestri uchun yaratilajak asarlar bilan repertuer boyligimizni oshirish va yuqori saviyada ekanligini ta’minlash.

Vazifa: O’qish davrida talabalar ko’proq O’zbek Xalq cholg’ulari bilan tanishish imkoniyatlarini kengaytirishi, Simfonik orkestr cholg’ularni yuqori saviyada
o’zlashtirayotgan bo’lsa, O’zbek Xalq cholg’ularini ham chuqurroq o’zlastirishlari, shuningdek Bakalavr Bitiruv malakaviy ishlarida albatta O’zbek
Xalq cholg’ulari orkestri uchun yaratilgan asarlar bo’lishi shartli ravishda bajarilishini ta’minlash. Kompozitorlarimizning 1 - bosqich magistr talblari tomonidan O’zbek xlq cholg’ularida qayta ishlash dars dasturi bo’yicha yaratilgan va yartilayotgan asarlarni ijodiy tajribalar asosida qo’llab quvvatlash natijasida xalq cholg’ulari orkestrinig repertuar boyligini yanada rivojlantirishlikdan iboratdir.
O’zbek xalq cholg’ulari, xususan, ko’p ovozli orkestr ijrochiligi yo’lida hali juda ko’p qilinadigan ishlar bor. Xoziri cholg’ularimiz va ijrochilgimiz ham o’z – o’zidan paydo bo’lib qolgan emas. O’zbek xalq cholg’ularini yanada sifatini yaxshilash, ijrochilik maxoratini oshirish, yangi uslubiyat va repetuarlarni boyitish, biz kabi ijodkor yoshlardan izlanish, o’z ustida tinmay mehnat qilishni taqazo etadi.
Inson hayotida qo’shiq – kuyning hamisha o’z o’rni, o’z vazifasi mavjud – u ermak uchun to’qilmagan, bekorchilikdan eshitilmaydigan ma’naviy manbaadir.
Qo’shiq va kuylar kishilarni yashashga xattoki kurashga chorlagan, mehnatga, muxabbatga ruhlantirgan, dard-u qayg’usiga malham, baxt- u quvonchiga sherik bo’lgan mo’jizakor ohang sexridir. U xalq orzu – umidalarining ifodasi, xalq ruhiyatining ko’zgusi hisoblanishi shundan. Lekin, afsuski hozirda yoshlar tarbiyasida musiqa san’atidan foydalanishning dolzarbligi ayanchli holdir.
2.2. Yoshlar tarbiyasida musiqa san’atidan foydanishning
dolzalbligi.

Mamlakatimizda sog’lom va har jihatdan uyg’un kamol topgan barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb, ustuvor vazifalaridan biridir. Shuning uchun barcha o’quv maskanlarini modernizastsiya qilish, Davlat Talablari Standardlarini takomillashtirish va dasturlarni yangilash jarayoni mustaqillik yillarida ancha avj oldi. Yangiliklarni yaratish, izlanish, to’plash, qo’llash ishlri jadallashdi.


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan ta’lim muassasalarining barcha turlarida, jumladan, oliy o’quv yurtlarida moddiy – texnika bazasini yaxshilash o’quv metodik adabiyotlar, professor – o’qituvchilar tarkibi sifat darajasini oshirish mutaxasislar tayyorlash tizimini yangilashga jiddiy e’tibor qaratildi. Yangi pedagogik va didaktik yondashuvlar va ularning rivijlanishiga sharoit yaratish, amalga oshirildi. Ma’lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o’z – o’zidan shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq taraxiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’lishi barchamizga yaxshi ayon. “ Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi o’z milliy qadryatlarini, milliy o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosin o’rin egallash uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin” ( Islom Karimov).
Insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va axamiyatga ega ekani haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab zamonda munosib ishtirok etish, el – yurtimiz, kelajak avlodni ma’naviy sog’lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog’liq vazifalarni belgilab olish – hayotiy ehtiyoj maxsuli sifatida dunyoga keldi. Shu yurtda yashayotgan har qaysi inson avvalo, o’sib kelayotgan yosh avlod o’zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug’ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o’zlashtirishi, bugungu tez o’zgarayotgan hayot voqealigiga ongli qarash, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o’zgarishlarga daxldorlik tuyg’usi bilan yashashi zarur.
Bu oliyjanob maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo’lmaydi.

“ Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini targ’ib qilish va ommalashtirish, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashing asosi bo’lmog’I kerak”. San’at qaysi shakl va ko’rinishda bo’lmasin o’z ta’sir imkoniyatlari bilan kuchli ma’naviy, emostsional va badiiy – estetik tarbiya vositasiga aylanadi. Zero, musiqaning tarbiyaviy ta’sir kuchi bugungi kunda beqiyos.Musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o’z hayotida sezmasdan yasheydigan odamni bizning yurtimizda toppish qiyin.Eng muximi bugungi musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda.


Insoniyatning buyuk kashfiyoti – bo’lmish musiqa bitmas tuganmas hazinadir.Bugungi kunda taralayotgan musiqa cholg’ulari ohanglari, tinglanayotgan kuylardan, tinglab baxramand bo’lmoqdamiz, ana shu xazinadan tarbiya olmoqdamiz.Biz ajdodlarimiz qoldirgan musiqiy merosni musiqa ilmining tarixini, tarbiyaviy ahamiyatini mustahkam poydevorga qiyoslaymiz.Ana shu poydevor mavjud ekan musiqa shaxs ruhiyatining eng kerakli ma’naviy ozuvqasi bo’lib abadiy yashaydi.
Bugungi muborak mustaqillikka erishgan, o’zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma’naviyatimizning bir bo’lagi bo’lgan ota – bobolarimizdan meros bo’lib qolgan milliy musiqiy san’atimizga suyanish, an’anaviy qo’shiqlarimizga muroja’at qilish tabiydiir.Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarnig ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviyatimizning asosiy bo’g’ini bo’lgan musiqiy madaniyatimizning, an’anaviy qo’shiqlar, maqon asarlari ijrosi hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma;naviy manbaa sifatida e’tirof etib kelingan.

Bu hol o’tgan davrlarda erishilgan muvaffaqiyatlarni, yo’planga badiiy qadryatlarni milliylik va umuminsoniylik nuqtai nazaridan, umubashariy qadryatlar ustuvrligiga asosolangan holda tarqqiy ettirish imkoniyatini yaratdi.

Binobarin, mustaqillik tufayli milliy musiqa san’atimiz o’zining azaliy manbaaridan kuch olib, milliy ruhiyatni, ma’naviy kamolotni shakllantirishga

xizmat qila boshladi, zamonaviy janrlar bilan boyigan holda xalqimizni yangi jamiyat qurishga ruhlantirmoqda.


Musiqa shunday vositaki, u yangi avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi, inson ruhiy olamiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, tinglovchi dunyoqarashini shakillantiradi.Ayni chog’da u insonning ma’naviy extiyojlarini qondiradi, his – tuyg’ularini boyitadi.Insonning go’zallik tuyg’usini taraqqiy ettirmay turib, ma’naviy barkamol inson haqida gapirib bo’lmaydi. Toki odamzod o’zining qurshab turgan tashqi olamda, o’zi yashayotgan jamiyatda, o’zi bilan muloqotda bo’layotgan kishilarda tarixan shakillangan va muayyan davrda amal qilinayotga badiiy ijod naminalarida mujassamlashgan go’zallikni his qila olmas ekan, xech qachon ma’naviy barkamol inson darajasiga ko’tarila olmaydi.
Musiqa ana shu nozik tuyg’ularni shakillantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Musiqa har davrning ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy - mafkuraviy hayotining muhim va ta’sirchan vositasi bo’lib kelgan. Musiqa asarlari esa xalqning ma’naviy extiyojlarinigina qoldirib qolmay, balki kishilarning mavjud ijtimoiy tuzumga, jamiyatga, hayotning salbiy hodisalariga nisbatan bo’lgan qarashlarini ham aks ettirgan. Musiqa asarlarida insonda go’zallik, ulug’vorlik, ma’yuslik,singari tuyg’ularni uyg’otuvchi tuyg’ular mavjud.Musiqa bilan chinakam oshno bo;lgan shaxsning xatto tashqi qiyofasi, xatti – xarakati va muomia madaniytida ham o’zgarish ro’y beradi.
Bugungi zamonaviy ijrochidan musiqani nozik tushunish, ijro etilayotgan asarning yoki tinglayotgan biror kuy va qo’shiqlarining mazmuni shakli, xarakterini anglagan holda ijro etishi yoki tinglashi uning qay darajada komil va barkamol inson ekanligidan dalolat beradi. Albatta bunda har bir ustoz tarbiyasi birlamchi vazifasi hisoblanadi. Agar ustozlarimiz shu tamoilda faoliyat yuritsalar, kelajakdagi yosh avlodning tog’ri yo’ldan borayotganliklarini kafolatli deya olamiz va ko’zlangan natijalar o’z ijobiy samaradorligini beradi degan ummiddamiz.

2.3. Yoshlar ijodiy faoliyti tarbiyasida Doni Zokirov


ijodiy merosi.
Tarixda shunday davrlar borki milliy san’atning taraqqiyot yo’li ma’lim shaxslarning o’rni va mavqeyi bilan belgilandi. Atoqli san’atkor, O’zbekiston xalq artisti, sozanda, drijyor, kompozitor va jamoat arbobi Doni Zokirov, aynan shunday ijodkorlardan biri bo’lgan. Muallifning qalamiga mansub va san’atsevar xalqimiz qalbidan mustaxkam o’rin egallagan mashhur qo’shiq va ramansari, xor, balet, sinfonik va xalq cholg’ulari orkestri uchun yaratilgan mashhur durdona namunalari, bugungi kunga qadar musiqali teatr va kino asarlarida yangragan. Jozibali va umirboqiy navolari kompozitorning yorqin iste’dodi va ijodiy bisotining keng qamrovligidan dalolat beradi. Ijodkornig serqirra merosi XX – asr o’zbek musiqa madaniyatini boitgan holda milliy san’atimiz rivojlanishiga katta ulushini qo’shdi.
Doni Zokirov 1914 – yil 28 dekabrda Samarqand shahrida tavallud topdi.Yoshligidan Zokirovlar honadonidan yangragan kuy qo’shiqlar, otalari Zikr Rajabovning bo’sh vqatlarida ashulalarini hirgoya qilib dutrda chalishi, bo’lajak san’atkor kelajagini belgilab berdi. G’ijjak, Nay va Dutorga bo’lgan farzandining qiziqishini ko’rgan otasi, uni taniqli sozanda Muhiddin Mavlonovga Shogirdlikka beradi. Ustoz qo’lida taxsil olgan yillarda u milliy mumtoz kuy va qo’shiqlarga sayqal berish borasida birinchi marotaba tajriba orttiradi. Birinchi ustozini Doni Zokirov hamisha katta hurmat va unga bo’lgan minnaddorlik hissi bilan tilgaa olgan.
1926 – yili o’rta ta’lim maktabida o’qigan kezlari, shu maktabda ochilgan musiqiy to’garakga Doni Zokirov faol qatnashib, musiqiy ta’limini davom ettiradi. 1928 – yili Samarqandda taniqli kompozitor va drijyor N.N. Mironov raxbarligida musiqa va xaragrafiya ilmiy tadqiqot Instituti ochiladi va D.Zokirov shu dargohning birinchi qaldirg’ochlaridan biriga aylanadi. U yerdagi faol ijodiy iqlim, taniqli va zabardast musiqa san’ati ustalari : Mutal Burhonov, Tolibjon Sodiqov, Manas Leviyev, Olimjon Halimovlar bilan o’tkazgan o’qish damlarida uning

san’at borasida professional mahoratini oshishi, xususan, Otajalol, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdrahmon Umarov, Abduqodir Ismoilov, Axmadjon Umrzoqov, Matyusuv va Matyoqub Harratovlar hamda boshqa san’at ustozlardan olgan bilim va ijodiy tajriba uni mohir sozandalik san’atining takomillashuviga zamin yaratib berdi. Talabalik yillarida u ilk bor teatr musiqa san’ati, uning o’ziga xos olami bilan va sir asrorlari bilan tanishishga muvaffaq bo’ladi.


1929 – 1935 yillar davomida Doni Zokirov aoliytini respublika musiqali drama tetrida sozanda sifatida davom ettiradi. Bu teatrning kuchli ijoiy jamoasi – Muhiddin Qori Yoqubov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilovlar bilan ijodi hamkorligiratlangan ijodkor uchun katta mktabga aylandi. 1937 – yili Moskvada bo’lin o’tgan o’zbek san’ati va adabiyot dekadasida u O’zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidgi T. Jalilov raxbarligida ashula va raqs ansmbli konsertmestri sifatida ishtirok etdi. Uning yorqin ijrochilik san’atidan hayratlanga Tamaraxonim uni o’zi tashkil etgan ansamblga taklif qiladi.

1940 – yillar kompoziorning ijodida yangi palla – drijyorlik faoliyati jadal rivoji bilan bog’liq. 1940 – 48 yillar davomida D.Zokirov Muqiymi nomidagi misiqa teatrda ikkinchi drijyor, 1948 – 80 yillarda esa O’zbekiston davlat radio eshittirish komiteti qoshidagi O’zbek xalq cholg’ulari orkestrida drijyor sifatida faoliyat olib boradi.


Doni Zokirov shu paytlarga kelib o’zini bastakorlik iste’dodi bilan san’atsevar xalqimiz e’tiboriga tushadi. O’ziga hos uslubi va milliy tarovati bilan ajralib turgan muallifning turli mvzudagi qo’shiq va ashullalari mumtoz va zamondosh shoirlarning g’azal va she’rlari asosida yozilgan. Spektakllarga bastalangan musiqiy asarlar esa, uni spektakl dramaturgiyasini yaxsgi his qilish sahnaviy obrazlarni chuqur va yorqin ochib berish iste’dod sohobi ekanini isbotladi. Keginchalik, bu noyob qirra Doni Zokirovni kinofilmlar uchun muvoffaqqiyatli musiqiy asarlar yaratishga ham asos bo’ladi.

Musiqiy orkestr cholg’ularining keng palitrasini tinglab ifodalash, yevropa kopozitorlik sir – asrorlaridan voqib bo’lish va ijodiy faoliyatida bu bilim, tajribalarni samarali amalga oshirish, yevropa, jahn musiqa san’ati durdonalarini

yaqindan o’rganishg bo’lgan orzu uni konservatoriyaga, kompozitorlik bo’limiga yetaklaydi. 1941 – yili bevaqt boshlanib qolgan urush kompozitor rejasini ma’lum vaqt davomida amalga oshirishga to’sqinlik qildi. Sunga qaramay 1947 – yili u konservatoriyaning tayyorlov qursiga kirib u yerda kompozistsiya va mutaxasislikdan – B.Nadejdin, garmoniya va polifoniyada urush yillar konservatoriyada ta’lim bergan darg’a musiqashunos – YU.N. Tyulen, cholg’ulashtirish va drijyorlik bo’yicha A.F.Kazlovskiy, musiqa tarixi fanlaridan esa Yan.B.Pekerdan saboq oladi. Puxta tayyorlov asosida konservatoriyaning kompozitorlik bo’limiga kirib, uni muvoffaqqiyatli tamomlaydi. (1948 va 53 yillar).
1953 – yil Doni Zokirov filarmoniya qoshidagi o’zbek ashula va raqs ansambliga badiiy raxbar, 1957 – yili O’zbekiston radio eshittirish qo’mitasi qoshidagi xalq cholg’ular orkestrining bosh drijyori va badiiy raxbari lavozimida faoliyat olib bordi. Ushbu jamoada ijodiy faoliyatini oxirigacha ya’ni 1983 – yilgacha faol ishlab keldi.
Bastakor sifatida ilk tajribalarini Doni Zokirov 30 – yillarda teatr v ansambllarda sozanda bo’lib ishlab yurgan kezlarda boshlaydi. Bular asosan ansambllar uchun yaratilgan raqs kuylari, qo’shiq va ashullalar bo’ldi. Birinchi yirik ijod maxsuli sifatida 1934 – yili Z. Fatxullinning “ G’unchalar “ p’yesasi uchun bastalangan musiqasi bo’ldi. Birinchi qadamidanoq kompozitorning o’ziga hos yozish uslubi milliy, xalqchil tarovati bilan ajralib turgan kuy ohanglari e’tiborni jalb etdi. Birinchi spektaklda xalq musiqa merosidan iqtiboz qilinga musiqiy no’merlar bilan bir qatorda mualliflik asarlari ham o’rin olgan.kiro Dono Zokirovning shu davrda yaratgan “ Ona orzusi” ( Mirtemir), “ Jangda bardam bo’l” va “Zafar topib “ ( S.Abdulla), “ Ol qasos” ( M. Rahmonov) kabi vatanparvarlik mavzusidagi qo’shiqlar, fotepiono va ovoz uchun A. Navoiy g’azaliga bastalangan “ Oraziy “ va “ O’rtanur “ ramanslari, simfonik orkestr uchun I – suita : O’zbek xalq cholg’ulari ansambli uchun yaratilgan “ Mehnat fronti “ nomli 3 qismli suita shular jumlasidandir. Qardosh xalqlarning mumtoz she’riyatiga yozilgan “ Jon mediham “, “ Intun “ va “ Chexraiy handed” ( Chustiy)

lirik qo’shiqlar shuningdek “ Orzugul” ( Bastakor N.Xasanov bilan birgalikda) va “Yoriltosh “ spektakllariga musiqa bastalaydi.


Shu yillardan sahnaviy asarlar uchun musiqa yaratish kompozitorning ijodiy bisotida bosh o’rinni egallaydi. Shuni qayd etish lozimki, ko’plab hamkorlikda yaratilgan asarlarda Doni Zokirovning yorqin bastakorlik iste’dodi, jozibali, milliy ohang va tarovati bilan maftun rtuvchi qo’shiq – kuylar yaratuvchisi ekanini isbotlaydi. B. Gyenko bilan birgalikda R. Bobojonov va M. Muhammedov p’yesasiga yozilgan “ So’nmas chiroqlar “ (1951 ) : S.Boboyev va SH.Sa’dulla p’yesasi asosida yozilgan “ Dalada bayram “ ( 1954 ) musiqali komediyasini: Sh. Sadullayev va Z.Fthulin p’yesasi asosida “ Yoshlikda bergan ko’ngil” ( 1960) musiqali dramasi: “ Hayot mash’ali” ( 1966) musiqali drama K.Jabborov bilan S.Abdulla p’yesasi asosida qo’yilgan “Mening jannatim” (1970) musiqali dramasi: xalq ertagi asosida “ Shaxzoda va yetim qiz” (1978) kabi musiqali dramalar yaratildi.
Aynan musiqiy drama janrida orttirilgan katta tajriba kompozitirni yana ushbu muvoffaqqiyatli ijodiy juftlik ( B.Gyenko – D. Zokirov ) bilan balet va opera janrida kuch sinashi uchun imkon beradi. A.Navoiy nomidagi Opera va balet katta teatri sahnasida 1956 – yili Litvinova liberettosi asosida “ Oynisa “ baleti: shuningdek H.Olimjonning “Zaynob va Omon” dostoni asosidagi shoiraa Zulfiya liberettosiga T.Sodiqov “Zaynab va Omon” operasini yozishni boshlab qo’ygan edi. Kompozitor vafoti sababli o’per tugallanmay qolgan. 1958 – yili ushbu opera YU. Rajabiy, D.Zokirov, B.Zeytmanlar tomonidan yozib tomoshabinlarga havola etildi.
Doni Zokirovning ijodiy merosida qo’shiq, ramans, o’zbek xalq cholg’ulari orkestri va yakka cholg’ular uchun musiqiy asarlar asosida o’rin egallaydi. Uning Navoiy she’rlariga bastalangan “ Ko’madim”, “Ey sabo”,”Bo’lmasa”,”Ayb etmangiz”,Turob to’la she’riga “ Bulbul” nomli ramanslari hanuzgacha yetakchi honandalrning konsert epetuaridan mustaxkam o’rin egallab kelmoqdalar.
Ma’lumki ushbu durdona asarlarni o’z vaqtida taniqli

honandalarD.Mullasaidov,H.Nosiriva, S.Qobulovalar simfonik orkestr jo’lrigida ijro etilib mashhur bo’lgan.


Hozirda zangori ekranda tez – tez tomoshabinlarni hushnud etuvchi mumtoz o’zbek kinofilmlar orasida “Oltin kinofond” ga kirgan A.Hamrayevning “ Qaydasin Zulfiya” yoki “ Yor – yor “ (1964) filmining musiqasini bilmagan inson bo’lmasa kerak. Radio va Tv, davlat tadbirlari va katta konsertlarda ayni shu filmda o’rin olgan muallifning turob To’la she’riga yaratgan “ Ko’chalar”mqo’shig’I tom ma’noda “ Vatan “ mavzusini tarannum etuvchi asarlardan biriga aylandi. Turli yillarda D.Zokirov shuningdek, kompozitor M.Ziv bilan hamkorlikda 1955 – yili “ Qutlug’ qon” ( rejissyor A.Pann); 1964 –yili “Ulugbek yulduzi” ( rej. A.Pann); filmlari uchun musiqa yaratdi.
Kompozitorning uslubi kuychan tabiati vokal janrlarida samarali ijod qilishida ko’zga ko’rinadi. Muallif bisotida yakkahon, xor, turli yakkanavoz cholg’ular va orkestr jo’rligida ijro etishga mo’ljallangan yuzdan ortiq qo’shiq, ashulalar, ommoviy xor va bolalar uchun qo’shiqlar o’rin olgan. Xususan: “O’zbekistonim” ( A.Niyozmurodov so’zi), “ Tinchlik qo’shig’I”, “Paxtakor diyor’, “Kosmos bizniki” ( M.Qoriyev so’zi); “Shifokorlarga”, “Terimchilarga”, “Do’stlarga”, “ Ona diyor” ( A.Po’lat so’zi); “ Toshkent oqshomi” ( Nazarmand so’zi); “ Suv keldi hayot keldi” ( O’. Rasid so’zi); “Dugonalarga” ( Nilufar so’zi);

“ Do’stlik qo’shig’i”, “Cho’pon qo’shig’i”, “Tinchlik qo’shig’i”, xor uchun (P.Mo’min so’zi); ‘ Ikki dil dostoni” ( Z.Obdjon so’zi); “Yor istab” ( Z.Furqat she’ri); “Hayot gulshani” (N.Narzulayev so’zi) kabi qo’shiqlar bolalar uchun P.Mo’min she’rlariga “ Sayohat – rohat “, ‘ Kungaboqar”, “ Oppoq qantim”, “Sirdaryo – Sirdaryo”, “ Kapalak va handalak”, “ Bog’da pishdi uzumlar”, “Do’lana”, U. Rahmonv so’ziga “Bolalar val’si” , R.Bobojon so’ziga “ Olma”, Yu. Hamdam so’ziga “Badan tarbiya”, Yo.Mirzo so’ziga “Maktabim”, Yu.Hamidiy so’ziga “ Baxtiyor qo’shig’i”, M.Xaydar so’ziga “ Yangi yil qo’shig’i”, va “Beqiyos diyor” yakkaxon, xor va xalq cholg’ulari orkestri uchun yozilgan “Qarshi cho’li gullari” ( M.Qoriyev so’zi) 5 qismli vokal – syuitasi; “Asrlar sadosi”(Oybek

so’zi) 4 qismli kantatasi; “Obi hayot” ( O’.Rashid so’zi) 4 qismli vokal – syuitalar o’zbek vokal musiqa san’ati ravnaqi yo’lida o’z o’rniga ega bo’ldi.
O’zi mohir g’ijjakchi sozanda, shu bilan birga iste’dodli drijyyor sifatida D.Zokirov xalq cholg’ulari orkestri uchun ko’plb asarlarni qayta moslab yaratishga muvaffaq bo’ldi. “ Yovvoyi chorgoh “ G’ijjak va orkestr uchun, “ Qaytarma”, “Fig’on”,”Cho’li iroq”, bolabon va orkestr uchun “ Sharob”, nay va orkestr uchun “Farg’onacha “, “Gadoiy”, orkestr uchun “Jazoir”, “Navo”, “Safti navo”, “Ufori navo”, “ Garduni segoh”, “ Tasnifi dugoh”, “Muhammasi iroq”, “ Nasrulloiy”, “Mirzadavlat” va boshqalar, shular , Ushbu ro’yhatni to’ldiradi.
O’zbekiston musiqa san’ati va ravnaqi yo’lida qo’shgan ulkan hissasi uchun Doni Zokirov O’zbekistonda Xizmat ko’rsatgan va Xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. Ijodkorning serqirra ijodiy merosini ilmiy o’rganish va targ’ib qilinishi bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga, o’bek musiqa san’atining istiqbolli yo’llarini belgilashda muhimligini e’tirof etish kerak.


Xulosa.


Xulosa o’rnida aytishimiz mumkun, San’at ilohiy tushuncha, u insoniyat dunyoga kelgan kundan boshlab uning ong- u shuuriga, yuragiga sungib boradi. Bu yorug’ olamni ko’zimiz bilan ko’rgan kundan boshlab, qulog’imiz ostida jarang sochgan ona allasining ahangining sexri bilan biz ona Vatan, ona Tabiat, Oila, Ota

– ona singari tushunchalarni anglay boshlaymiz, qalbimizda mehr – oqibat, do’stlik, muhabbat, g’amxo’rlik hislari paydo bo’la boshlaydi.
Shaxs kamolotida, yosh avlod ta’lim – tarbiyasida san’atining, ayniqsa musiqaning ahamiyati katta. Yoqimli ohang, chiroyli ijro inson ruhiyati,kayfiytiga ijobiy ta’sir etadi. San’atga oshno ko’ngillar doimo ezgulikka intiladi. Milliy musiqa san’atimiz tarixiga nazar solsak, u juda ulug’vor va zalvorli bo’lganligining guvohi bo’lamiz. So’ng esa musiqa san’ati umuxalq san’atiga aylanib bordi. Unga ko’ra chet el klassik kompozitorlar hamda qardosh xalqlar kompoztorlari bilan bir qatorda O’zbekiston kompozitorlariva bastakorlarining yuksak badiiy qiymatga ega bo’lgan asarlarrini ijro etish uchun katta imkoniyatlar yaratildi.

Yurtimizda yoshlarga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.Shu boisdan ham biz ijodkor yoshlar ushbu berilgan imkoniyatlardan samarali ravishda fodalanib, olingan bilim ko’nikmalarimizni samarali tarzda ishlatgan holda, o’zbek musiqasi merosiga o’z hissamizni qo’shishimiz biz yoshlarning mustaqilligimiz oldiga qo’ygan ulkan vazifamizdir. O’zbek musiqasi san’atining har – bir yo’nalishlarida o’z ijodiy faoliyatlarini olib borayotgan mo’jizakor yoshlar, kelajakda biz yuqorida ta’kidlab o’tgan muammolarga chek qo’yib, azaldan ya’ni o’tkan asr muammosidan to hozirga qadar yetib kelgan ijrochilik yoki bo’lmasa musiqa yaratish kabi tugatilmagan muammolarga aynan bizning mustqilligimiz sharofati ila munosib ravishda o’z yechimini topadi degan umiddamiz. Zero, biz XXI – asr yoshlari hech kimdan kam bo’lmaymiz, kam bo’lmaganmiz ham!!!



Foydalanilgan


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish