Добавьте заголовок слайда - 3 - Karnay - puflama cholgʻu asbobi. Karnay jezdan yasaladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda karnay surnay, nogʻora, va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi. Toʻgʻri va tirsakli turlari mavjud. Karnayning ogʻzi konus shaklida boʻlib, asbobning uzunligi 2-3 metr atrofidadir. Olib yurishga qulay boʻlishi uchun karnay ulanadigan uch boʻlakdan iborat boʻladi. Karnayning parda va klapanlari yoʻq. Asbobning ovozi juda baland va yoʻgʻon. Diapazoni bir oktavani tashkil etadi.
ORKESTRLAR
Добавьте заголовок слайда - 6
Darsni mustahkamlash
O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari, shuningdek, folpklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
1. Mustaqillik sharofati bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an’analarimizga bo‘lgan e’tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo‘nalish kasb etdi.
2. O‘zbek xalq cholg‘u asboblarining ijrochilik mahoratini, ijrochilikning ana’naviy uslublarini kelajak avlodga o‘rgatish, o‘z taqdirini chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining jonkuyar davomchisi etib tarbiyalashimiz kerak.
3.Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib kelgan. O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash, yoshlar orasida targ‘ibot qilish, ular ongiga singdirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa deb hisoblanadi.
Aqliy hujum savollari 1.Qanday cholg`ularni bilasiz 2.Rubob cholg`u asbobi qachon va qayerda topilgan 3.Dutor cholg`u asbobi qanday xususiyatga ega 4.G`ijjak kim tomonidan yaratilgan 5.Karnay cholg`u asbobi asosan qayerlarda ijro qilinadi Uyga vazifa: 1.Mavzuni yozib tushunish 2.Cholg`ularini yaxshilab o`rganish 3.Cholg`udagi xususiyatlarni o`rganish
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
@humoyun_malik77
Do'stlaringiz bilan baham: |