Xalilova nafisa sobirovna



Download 217,05 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2022
Hajmi217,05 Kb.
#490800
  1   2   3   4
Bog'liq
11



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
2-kurs 9-3 IQTS-20 guruh talabasi

XALILOVA NAFISA SOBIROVNA

Mintaqaviy iqtisodiyot

fanidan


MUSTAQIL ISHI

BUXORO-2021




Mavzu: Iqtisodiy islohotlаrni chuqurlаshtirish shаroitidа qishloq хo’jаligining hududiy iхtisoslаshuvi.

Reja:
Kirish
1. Qishloq xo‘jaligida islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. Moliya-bank tizimi
2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni joylashtirishning nazariy asoslari.
3Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirishga va ixtisoslashtirishga ta’sir etuvchi omillar.
Foydalanilgan Adabiyotlar

Kirish
Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi.

1. Qishloq xo‘jaligida islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. Moliya-bank tizimi


Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo‘g‘ini sifatida qishloq xo‘jaligida islohat o‘tkazish, uni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Bunga sabab O‘zbekiston aholisining 64 foizdan ko‘prog‘i qishloqda yashashi, ya’ni ichki mahsulotning 24 foizdan ko‘prog‘i agrar sektorga to‘g‘ri kelishi va qishloqda istiqomat qilganlarning 37 foizga yaqini qishloq xo‘jaligi bilan bandligida edi.
Qishloq xo‘jaligida islohatlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga mulkchilik masalasi hal qilindi. O‘zbekiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlab qabul qilingan meyoriy hujjatlarda, xususan, “Yer to‘g‘risida”gi (20 iyun 1990 yil) va boshqa qonunlarda va Prezident farmonlarida qishloq xo‘jaligidagi tub islohatlarni huquqiy va nazariy asoslari yaratildi.
Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo‘l qo‘ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi. 1992-yildan boshlab atigi uch yil ichida mavjud 1137 davlat xo‘jalligidan 1066 mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi xo‘jalikka aylantirildi 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi. Qishloq xo‘jaligida ko‘p ukladli iqtisod vujudga keldi. 1997-yili shaxsiy tomorqa xo‘jaligi-3 mln. gektarni tashkil qildi. Tomorqa xo‘jaligining ekin maydoni 1989 yili 257 ming gektar bo‘lsa, 1997-yil-599,7 ming gektarga ko‘paydi. 1996-yili shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda 640 ming t go‘sht, 2,968 ming t sut, 1,711 ming t sabzavot, 321 ming t meva, 307,8 ming t poliz, 338,1 ming t kartoshka, 729 mln. dona tuxum yetishtirildi. G‘allakorlar O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligiga katta hissa qo‘shmoqda. Ular 1996-yili davlatga 2 mln. 100 ming tonna g‘alla topshirgan bo‘lsalar, 1998-yili 4,6 mln. tonna g‘alla hosili yetishtirdilar. Bundan 3,5 mln. tonnasi bug‘doy edi. G‘allakorlarning yutuqlari o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Paxta maydonlarini qisqartirish evaziga don ekinlarining maydoni kengaytirilib 2,5 mln. gektarga yetkazilib paxta maydonlari bilan tenglashtirildi. G‘allachilikning texnika bazasi mustahkamlandi. 8159 ta “Niva”, “Don”, “Sibiryak” kombaynlari bilan bir qatorda Amerikaning “Keys” firmasidan keltirilgan 637 kombayn g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I-chaqiriq X sessiyasi (dekabr, 1997 yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. “Yer kodeksi”, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunlar qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. 2000-yilga kelib respublikada davlatga qarashli bo‘lmagan sektor mustahkamlandi va yetakchi o‘rinni egallab, 1991-yilgi 63 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1999 yil sentyabriga kelib qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4 foizini egalladi.
Barcha islohotlarning tub maqsadi insonning ijtimoiy turmushini yaxshilashga qaratilgandir. O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘ziga xos yo‘lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q, ko‘p bolali oilalarni, nogiron va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a’zolarining o‘ta boylar va kambag‘allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. 1994 yilni oktyabridan boshlab davlat tomonidan bola boquvchi onalarga, 16 yoshgacha bolalari bor, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa joriy etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarning dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan 1999 yil davlat byudjetini shakllantirishda obyektiv sabablarga ko‘ra yuz bergan ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, ma’muriy va boshqaruv organlari tizimida o‘tkazilgan qisqartirishlar hisobiga ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag‘larning kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi.
1998-yil oxiridagi hisobga ko‘ra mamlakatda 3 mln. 252 mingdan ortiq kishi pensiya va nafaqalar oldi va bu maqsad uchun 75 mlrd. 541 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Shundan faqat ikki yoshgacha bolasi bor onalarga 10 mlrd. 448 mln. so‘m nafaqa berildi.
Kam ta’minlangan aholi qatlamlari nafaqa va moddiy yordamdan tashqari turli hil imtiyozlardan keng foydalanadi. Jumladan, jamoat transportida tekin, arzon haq to‘lab yurish, turar joy va kommunal xizmatlari uchun haq to‘lashda, dori-darmonlarni bepul yoki arzon narxda olish va boshqa bir qancha yengilliklar berilgan. Bulardan tashqari mustaqillik yillarida xalq ta’limi, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilariga, tibbiy xodimlarga elektr energiya, gaz va kommunal xizmatlaridan foydalanishda qator imtiyozlar berildi.
Bozor munosabatiga o‘tish jarayonida aholi daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o‘zgarmoqda. Maosh bilan o‘lchangan ish haqidan tashqari tadbirkorlik daromadi, aksiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo‘ldi.
Aholi daromadlarini bozorga bog‘liq manbalarining yildan-yilga o‘sib borishi munosabati bilan ish haqining salmog‘i pasayib bormoqda. Masalan, 1992-yili ish haqi aholi daromadining 57% ni tashkil qilsa, 1995-yilda esa-44,2% ni tashkil qildi. 1997-yili aholi barcha daromadlarining qariyib chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushdi.
Bozor iqtisodi sharoitida aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. 1994-yili eng kam maosh 150 so‘m bo‘lsa, 2004-yili bu ko‘rsatkich 6400 so‘mni tashkil qildi. Ayni bir vaqtda narx-navoning oshib ketmasligi choralari ko‘rilmoqda. 1995-yili kam ta’minlangan oilalarga 6 mlrd. so‘m to‘landi.
1998-yili 10-noyabrda sog‘liqni saqlashni isloh qilish to‘g‘risida Prezident farmoni chiqdi. Davlat sog‘liqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda nodavlat, shaxsiy tibbiyot muassasalari rivojlanmoqda.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi shakllantirildi. O‘tish davrida bank tizimining egallaydigan muhim o‘rnini Prezident I.A.Karimov har tomonlama asoslab berdi: Bank tizimi, - deydi Prezident, iqtisodiy qayta qurish jarayonida lokomativ rolini bajarishi kerak. Bu tizimning faoliyati iqtisodni barqarorlashtirishga qaratilgan bo‘lib, islohatlarni chuqurlashtirish uchun qulay makroiqtisodiy sharoitlar yaratish zarur. Bank tizimini isloh qilishning birinchi bosqichi 1991 yili qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonundan boshlandi. Sobiq SSSR davlat bankini o‘lkadagi bo‘limi Markaziy Bankga aylantirildi, uning tashkiliy tizimi qayta ko‘rilib, ish uslubi qayta tubdan o‘zgartirildi. Harakatdagi savdo (kommersiya) banklari aksiyalashgan banklarga aylantirildi, ularning soni ko‘paydi. 1999-yilni oxirida respublikada 36 savdo (kommersiya) banklari, ulardan ikkitasi davlat, 18 aksiyadorlik, 10 xususiy va 13 yirik xorijiy banklarning vakolatxonalaridir. Milliy valyuta joriy etilishi bilan (1994-yil, iyul) pul tizimini mustahkamlashda ikkinchi bosqich bo‘ldi. Bu davrda birinchi navbatda bank qonunchiligi takomillashdi.
1996-yildan boshlab iqtisodiy o‘sish yuz berdi. Aholi daromadining yillik o‘sishi 14 foizni tashkil qildi. 1997-yili yalpi mahsulotning o‘sishi O‘zbekistonda 4,5 foizdan kam bo‘lmadi. 1991-1996 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi hukumati Milliy bank va Moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi. 1995-yil dekabrda Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasining Markaziy bank va banklar to‘g‘risida qonunlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Markaziy bankdan tashqari Toshkent shahri va viloyatlarda 30 ta aksiyador-tijorat, shirkat va xususiy banklar faoliyat ko‘rsatmoqda (1995).
Mustaqil O‘zbekiston xazinasini to‘ldiruvchi, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy manbayi soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e’tibor berildi.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida Davlat Soliq organlari haqida”gi qarori asosida davlat soliq tizimi shakllana boshladi. Soliq to‘lovchilar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Agar 1994-yilda 91 mingdan ortiq soliq to‘lovchi yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 1997 yili ularning soni 148 mingtaga yetdi.
E’tirof etish joizki, iqtisodiy islohatlarning yutuqlari mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlamoqda.


Download 217,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish