Xulosa
Hozirgi kunda madaniyatimiz rivojlanishida islom dinining o‘rni katta
ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo xududiga keng tarqala boshlagan islom dini,
uning ta’limotlari asosida dunyoga kelgan ma’naviy madaniyat hozirgi kunga
qadar ardoqli bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimizda islom dini ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida
faollik bilan aralashuviga olib keldi. Qur’onda, hadislarda bayon etilgan qator
axloqiy qoidalar hayot zaruriyatidan kelib chiqib iste’molga kirgan, inson va
jamiyat uchun, ularning birini-biriga mustahkam bog‘lab turuvchi tamoyillardir.
Masalan, hadislardagi «Sizlarga yaxshilaringiz bilan yomonlaringizdan xabar
bersam, sizlarni yaxshilaringiz-yaxshilikka umid qiladigan va yomonlikdan esa
o‘zini tiyadiganlaringizdir»,
37
-degan rivoyat bizni shu ma’naviy manbadagi
qadriyatlar, diniy arboblar uqtirganlaridek, faqat Muhammad payg‘ambar hayoti,
faoliyati haqidagi rivoyatlar bo‘libgina qolmay, shu bilan birga ijtimoiy amaliyot
zaruriyati tufayli yuzaga kelgan achchiq hayot saboqlaridir. Mazkur saboqlarni
puxta egallagan kishi axloq odobda etuk va barkamol bo‘ladi.
Diniy aqidalarning musulmon olami sajda qiladigan ko‘rinishlari o‘zining
amaliyotiga o‘ta yaqinligi va mahalliy aholining turmush tarzi me’yorlarini chuqur
hisobga olganligi bilan ham qimmatlidir. Chunonchi, xalqning, millat va elatning
etnografik xususiyatlari, urf-odatlari, qolaversa, jug‘rofiy yashash muhitining
o‘ziga xosligi hisobga olinsa samarali bo‘ladi.
Keyingi paytlarda biz har tomonga og‘ishlaridan xalos bo‘lib, hayotning
cheksiz ziddiyatlarini xuddi uning o‘zidan anglab etishga kirishdik. Jumladan,
diniy qadriyatlarga ham keng yo‘l ochib berildi. Ochig‘ini aytganda, islom
og‘ushida dunyoga kelgan qadriyatlar sinonimiga aylanib qoldi. Islomga,
Qur’onga, hadislarga bo‘layotgan qiziqish ortmoqda. Xalq o‘zining o‘tmishini
chuqur o‘rganish saboqlarini islom qadriyatlari doirasidan qidirmoqchi bo‘lib,
37
Axloq-odobga oid hadis namunalari. -T.: 1990. -B. 60.
68
ma’naviy merosni, eski o‘zbek badiiy va ilmiy adabiyotni kengroq o‘rganishga
kirishdi.
Islom doirasida vujudga kelgan urf-odatlarga e’tiqod, bu din qadriyatlariga
ehtiromlarda o‘z ifodasini topmoqda. Masalan, keng jamoatchilik O‘zbekistonda
Ka’ba Madina shahridagi Muhammad qabrini tavof qilishga, ko‘plab haj safariga
borganlar faoliyatini sergaklik va hurmat bilan kuzatdi. Yaqin 70 yillik tariximiz
jarayonida mustaqillik tufayli birinchi bor ko‘rsatilgan bunday iltifot va
muruvvatdan mamlakatimizdagi barcha musulmonlar juda mamnun bo‘lmoqdalar.
Mazkur mustaqillik sharoitida hurfikrlik negizida yuzaga kelgan marosimlar
bilan birga diniy qadriyatlar, urf-odatlar inson qalbini munavvar etishdek ulug‘
xizmat qilmog‘i lozim.
SHunday marosimlar umuminsoniy fazilatlar xazinasiga o‘zbek xalqining
islom aqidalari doirasida shakllangan qadriyatlari bo‘lib qo‘shiladi, binobarin,
bashariyat ma’naviy taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib qoladi.
Xulosa shundan iboratki, ko‘pgina islom qadriyatlari dunyoviy asoslarga ega
bo‘lib, ularga rioya qilish boshqa diniy qadriyatlarda bo‘lgani kabi kishilarni sabot-
matonatiga, o‘tmish axloq-odob tamoyillariga sadoqatga, hayot qiyinchiliklarini
mardona, chidam bilan engib o‘tishga o‘rgatadi. Mazkur qadriyatlar asriy
an’analarimiz va madaniyatimizga, yashash tarzi mushkulotlarimiz va goho
tushkunlikka uchragan ruhiyatimizga bog‘liq bo‘lgani uchun ham hayotimizga
yaqin va bizga tushunarlidir.
Hozir ham bir qator islom qadriyatlari o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy va moddiy hayotning turli sohalarida islom nuri ila yo‘g‘rilgan
qadriyatlar izchillik bilan saqlanib, davom etib kelmoqda. To‘ylaru ma’rakalarda,
turli taomillarda, turmushning turli onlarida xayrli an’analar ko‘pincha Qur’on
suralari, oyatlari, hadis namunalari orqali odamlar qalbidan o‘rin olmoqda. Bunday
ehtirom o‘tmish avlodlari urf-odatlariga sadoqat ramzi sifatida qabul qilinmoqda
va ardoqlanmoqda. Oddiy xalq-ziyoli ham, ishchi ham, dehqon ham faqat tinchilik
va hayot farovonligini orzu qiladi. Buni amalga oshirishda esa asriy ezgu aqidalar,
69
qadriyatlar timsoli bo‘lgan islom an’analari ham ma’naviy va amaliy yordam
beradi.
Xulosa shuki, hadisi shariflarda aytilgan ibratomuz fikrlar asrlar osha
musulmonlarni yaxshi xulq, odat, insof va vijdoniylikka chorlagan. Kishilar
o‘rtasidagi iliq munosabatlarning shakllanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |