Xabar janri va uning an’anaviy talqini filologiya fanlari doktori, professor Sharifa Iskandarova Madaliyevna Farg‘ona davlat universiteti professori Umida Yokubbayeva Abduvaxob qizi NamDu o‘zbek tili va adabiyoti tayanch doktoranti



Download 31,03 Kb.
Sana01.03.2022
Hajmi31,03 Kb.
#476839
Bog'liq
Yokubbayeva Umida tezis Andijon


XABAR JANRI VA UNING AN’ANAVIY TALQINI
Filologiya fanlari doktori, professor Sharifa Iskandarova Madaliyevna
Farg‘ona davlat universiteti professori
Umida Yokubbayeva Abduvaxob qizi
NamDu o‘zbek tili va adabiyoti tayanch doktoranti
Bugungi kunda publitsistika vazifaviy uslublar doirasida eng faol sohaga aylanib ulgurdi. Ushbu uslub doirasidagi har bir janr o‘z stiliga ega. Biroq ularning barchasi o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga nimadir haqida ma’lumot berish asosiga quriladi. Yangi O‘zbekiston sharoitida jamiyat vakillarini mavjud informatsiyalarni faqatgina qabul qiluvchigina emas, unga munosabat bildiruvchi individlarga aylanganini ko‘rmoqdamiz. Shunga asoslanib OAV larini OKV lari deya ifodalash ham to‘g‘ri deb o‘ylaymiz. Informatsion janrlar ichida xabarlar bugunning muhim talabidan kelib chiqib bir necha xil shaklda auditoriyaga yetkazilmoqda. Xususan, ular sirasiga televideniya xabari, radio xabari, gazeta xabari va internet xabarlarini misol qilish mumkin.
Axborot va xabar leksemalari yagona sema atrofida birlashib ayni bir tushunchani ifodalaydi. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” da darak va xabar so‘zlariga izoh berib o‘tilgan. Narsa-hodisadan ogoh etuvchi ma’lumot. Xabar keng tushunchaga ega va keng qo‘llanadi.[3.209] Ushbu janr insoniyat bilan tengdosh eng qadimiy janr xissoblanadi. Insoniyat tamadduni mobaynida lison shakllanguniga qadar nolisoniy vositalar asosiy muloqot manbai bo‘lgan. Odamlar o‘zaro axborot almashinib yashagan. Yurtimiz tarixiga nazar solsak, dastlabki xabarlar jarchilar vositasida odamlar gavjum joylarda(bozor) e’lon qilingan. Xabarlar asosan mamlakat siyosatiga doir farmonlar yoki podsholik ahamiyatiga molik biror ma’lumot ko‘rinishida bo‘lgan. Jadidlar ta’sirida matbuot rivojlanishi xabar janrini ommalashishiga olib keldi. Bu 1906-yildan 1916-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oldi. Ushbu janrning jamiyatimiz hayotidagi ahamiyatini Konstitutsiyamizning 67-moddasida OAV axborotning tog‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgarligi haqida fikrlar mavjud.
Xabar so‘zi arabcha biror yangilikni yetkazish, ma’lumot berish, degan ma’noni bildiradi. Ko‘pchilik uchun mo‘ljallangan xabarlarga ommaviy axborot yoki ijtimoiy informatsiya deyiladi. XXI asr axborot asri ekanligidan kelib chiqib bugungi kunda xabar janrining ahamiyati yanada ortdi. Xabar janrining asosida esa fakt turadi. Fakt so‘zi lotincha “factum” so‘zidan olingan bo‘lib “qilingan ish” degan ma’noni anglatadi. Xabar sifatida berilayotgan fakt jamiyat uchun, shu kun va shu davr uchun qanchalik darajada kerakligi muhim ahamiyatga egaligiga e’tibor beriladi.[6.177] Xabarlar rasmiy va norasmiy, qisqa va kengaytirilgan kabi turlarga bo‘linadi. Xabarlar uchun mavzu qilib ayni paytda jamiyat vakillari uchun qiziqish uyg‘otadigan turli soha doirasidagi yangiliklar manbaa vazifasini bajaradi. Xabar matnlarida asosan bir bosh bo‘lakli gaplar qo‘llanadi. Ayrim o‘rinlarda keladigan qo‘shma gaplar fikrni to‘liqroq yoritishga xizmat qiladi. Ko‘chimlardan imkon darajasida foydalanilmaydi. Shuning uchun ham xabar matnlari o‘quvchi uchun “quruq” tuyuladi. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, yanada ko‘p va tez fursatlarda axborotga ega bo‘lish zarurati jamiyat vakillarining internetga bo‘lgan talabini oshirdi. Bugunning “yangiliklar o‘chog‘i” deya ta’riflanayotgan turli xil rasmiy va norasmiy internet saytlaridan foydalanuvchilarning haddan ziyod ko‘payib ketishi, matbuotga bo‘lgan e’tiborni susaytirmoqda. Xususan, Kun.uz da yurtimiz va dunyoda bo‘layotgan voqealarni qisqa va lo‘nda shaklda berib borilayotgani va jamiyatning ko‘p qismi axborotni televideniya, radio yoki matbuot sahifalaridan qidirmay, yuqoridagi kabi turli xil shakldagi internet ma’lumotlari bilan kifoyalanmoqdalar. Biroq bu fikrlarimiz bilan matbuot qoloqlashmoqda degan fikrni berishdan yiroqmiz. Ayni damda matbuot ham rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q. Xabarlarni yanada ixcham berish shakli bir qator gazetalarda uchrab turibdi. Masalan, “Jamiyat” gazetasining har bir sahifasi so‘ngida “Qisqa satrlarda o‘qing” rukni ostida bir necha jumladan iborat xabarlarni berib borilayotganini o‘qishingiz mumkin: “Endi Sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanadi”, “2021-yil 1-martdan tadbirkorlar davlat xizmatlari ko‘rsatishida agent sifatida qatnashishi mumkin”, “ “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasini amalga oshiradi”. Ushbu xabarlarning bayon etish uslubi qisqa, gaplarda emotsional-ekspressivlikni ta’minlovchi, qo‘shimcha ma’no ko‘chishini xosil qilgan so‘zlar mavjud emas. Kontekstni shakllantirgan fikrlar xabarning mavzusidan kelib chiqqan holda va shu soha doirasidagi terminlar (elektron, reyting, tadbirkor, agent, funksiya, biznes ) mavjud bo‘lib, jumlalar ilmiy uslubga xos shaklda berilgan va gap tarkibida ellipsiyalarni uchratmaymiz. Ammo xabarlarning shakli to‘g‘risidagi bunday fikr bilan cheklanmaslik lozim. Chunki xabar mavzulari xilma-xil shaklda bo‘ladi. Davriy matbuot nashrlari o‘rtasidagi o‘zaro raqobat, foyda ketidan quvish natijasida gazeta va jurnallar, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar, axborot agentliklari beradigan informatsiyalarda obyektiv xabarlar bilan bir qatorda sensatsion (shov-shuvli) materiallar, dezaxborot (ataylab teskari axborot berish hollari) ham mavjud. Xabar yozish maqola, korrespondensiya, lavha yoki felyeton yozishdan ko‘ra osonroq va nisbatan tez yoziladigan, matbuotimizda keng qo‘llanadigan janrdir. Unga korrespondensiyaga o‘xshab faktlarni taqqoslash, tahlil, o‘zaro munosabatlarni aniqlash kabi vazifalar yuklatilmagan.[5.71] Ayniqsa, bugungi axborot asrida publitsistikaning bu tarmog‘iga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygan. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy hayot bilan birga siyosiy hayotga bo‘lgan kuchli e’tibori, yurtimizda erkin fikrlash hamda bu fikrlarni ochiq bayon etilayotganligi publitsistikaning axboriy janrlarining ahamiyati bir qadar oshdi.
Demak publitsistikaning axborot janri va uningning har qanday shaklining bosh maqsadi jamiyat vakillarini o‘zi yashab turgan va qo‘shni davlarlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishdan iborat ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan murojaati. 22.12.2017
2. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.
3. А.Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – T.: Ўқитувчи, 1974, 209-бет.
4. Abdusaidov A. Gazeta janrining til xususiyatlari. – T.: 2005-yil.
5. Qozoqboyev T. Jurnalistika asoslari. –T.: “Musiqa”, 2007, 71-bet.
6. T.Qozoqboyev, M.Xudoyqulov. Jurnalistikaga kirish. – T.: 2018, 177-bet.
Download 31,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish