X. X. Komilova, U. A. Vohidova


-ckizma.  Matolarning drapirovkalanish xususiyatt



Download 5,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/176
Sana30.12.2021
Hajmi5,72 Mb.
#94397
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
Bog'liq
Loyihalash. Komilov X.X, Vohidova U.A 4b631a0a8fb34a58d740b2e5322954ea

2-ckizma.  Matolarning drapirovkalanish xususiyatt
34


lashtirishi  va  yangilarini  yaratilishi,  loyihalashda  yangi  ilmiy  usul­
larni  qo'llanishi  -   bular barchasi  oldin  yaratilgan  tektonik tizimlar 
to ‘g‘risida  tasavvurni  o ‘zgartiradi  va  yangilatadi.  XX  asrda  kimyo 
sanoati  to‘qimachilik  sanoat  xomashyo  bazasini  sintetik  tolalari 
bilan  boyitdi.  Sintetik  va  sun’iy  tolalar  tabiiy  tolalar  bilan  turli 
aralashmalari  plastik  xususiyatlarini  keng  palitrasini  berdi.  Ko‘p 
miqdorda  noto‘qima  matolar  ishlanadi,  lekin  ular  kostyumda  o ‘z 
badiiy yechimini deyarli topmadi.
Yangi  materialga  yangi  shakl  va  yangi  konstruksiya  mos  bo‘- 
lishi  kerak.  Ammo,  sun’iy  va  sintetik  matolardan  ishlangan  kiyim- 
larda mutlaqo  boshqa plastik va texnologik xossali tabiiy matolarda 
qo‘llanadigan texnologiyasi ko‘pincha foydalaniladi. Undan tashqari 
zamonaviy  kimyo  va  to‘qimachilik  tabiiy  materiallarga  o'xshash 
sun’iy  va  sintetik  matolarni  yaratgan.  Shunday  o‘xshash  material- 
lardan  foydalanilganda  juda  ehtiyot  bo‘lish  lozim,  chunki  har 
qanday  soxtalashtirish  materialning  tektonik  mohiyatini  noto‘g‘ri 
talqin  etadi.  Agar  materialga  unga  xos  emas  xususiyatini  berilsa, 
unda  estetik  zo‘ravonIik  va  notektoniklik  yuz  beradi.  “Rassomning 
roli  - matoga o‘z g‘oyasini zo'rlab o ‘tkazmasdan, tirilgan materialni 
gapirishga  yordam  berish  va  o ‘z  hissalarini  aks  etishdir”  yapon 
hikmatlari”).
Kostyum  shakl  tizim ining  yaxlitligi  uning  qismlarining  o‘zaro 
bog‘ liqligida.  Bu  tizimda  kiyim  shakli  yetakchi  bo‘ladi  (ko‘ylak, 
palto,  kostyum  va  b.).  Bu  shaklning  turi,  barcha  qismlaming 
(poyafzal,  bosh  kiyim  va  b.)  konstruksiya  va  materiallar  mantiqasi 
o ‘zaro  bo‘ysunganlikda  hosil  qilinadi.  Bu  kostyum  shaklini  ifodali 
va  mantiqli  tuzilishi  ham  tektonikadir,  ya’ni  tektonika  -   bu  faqat 
badiiy  sifatgina  emas,  balki  doimo  yuz  beradigan  omil  kiyimni, 
poyabzalni, bosh kiyimni, qo‘shimchalar va bezaklami  yaxlit badiiy 
tizimga  kostyumni  tarkibiy  bog‘lash.  Kostyum  tektonikasi  -   bu 
kompozitsion  vositalari  (konstruktiv  tuzilishni  garmonik  propor- 
siyalari,  ritm,  bezak,  kontrast  va  nyuans,  materiallar  plastikasi  va 
rangi)  bilan  foydalanish  asosida  shaklning  badiiy  mantiqiga  eri­
shiladi.
Tektonika  bilan  bogiiq  masalalami  yechganda  dizayner 
buyumni  maqsadga  muvofiqligini,  mustahkamligini,  oddiy  usulda 
tayyorlashni  va  tejamiikni  hisobga  olishi  kerak.  Yangi  texnologik
35


yechimlami  topish  va  ularni  qo‘llash  -   bu  doimo  o‘rganish,  qayta 
fikrlash va e ’tibomi talab qiladi.
Konstruksiyalash,  bir  tomondan  tarkib  yordamida  g‘oyani 
amalga  oshirish,  ikkinchi  tomondan  esa  -  obyektni  shaklga  aylan- 
tirish vositasidir.
Shaklni  oqilona konstruksiyasini  hosil  qilish -  bu  ikki  tomon- 
lama  jarayon  buyumni  birdaniga  estetik  va  tektonik  tomonlarini 
yaratishga  kiradi.  Shuning  uchun  shakl 
konstruksiyasini  o ‘zaro 
uzluksiz  bog‘liq  ikki  aspektini  nazarda  tutib  turish  kerak:  shaklni 
konkret  materialdan  vizual  va  morfologik  tuzilishi  va  figurada 
buyumni  yaxshi  o ‘mashishi  shaklning  kerakli  bichim  chiziqlari  va 
bo‘linishi  yordamida  amalga  oshiriladi.  Badiiy  konstruksiya  shakl 
qismlarini  funksional  o‘zaro bog‘lanishini  ko‘rsatadi, uning vazifasi 
birlik  va  muvozanat  taassurotini  baxsh  etish.  Shaklni  kuchli  emot- 
sional  ta ’siriga  erishish,  muayyan  badiiy  siymoni  aks  etish  va 
funksional  talablami  ifodalash  uchun  konstruksiya  qismlami  qan­
day  biriktirilishini  ko‘rsatadi.  “K o‘zning  o ‘tkirligi,  chiziqlarni, 
shaklni,  proporsiyalami  benihoya  xis  qilish,  hamda  qaychi  bilan 
bexato  zarba  qilish,  dazmol,  son-sanoqsiz  ignalar  va  iplar  bilan 
tajribali foydalanish qobiliyat bilan birgalikda g‘oyani uch o‘lchamli 
kompozitsiya  -   kostyumga  aylantiradi”  (kinorejissyor  S.M.Eyzen- 
shteyn).  [11]
Demak,  tektonika  kostyum  kompozitsiyasini  asosiy  katego- 
riyalaridan biri  boMib hisoblanishi -  bu konstruksiya va shakl konk­
ret materialda ifoda topgan o‘zaro bog‘liqligi eng muhim jihatidir. U 
buyum  kompozitsiyasini  va  kompozitsiya  ustida  olib  boradigan 
ishni,  ya’ni  kompozitsion  vositalardan  boshlab,  shakl  xarakterini 
hamda  uning  nyuanslarini  topishga  qadar  bo‘lgan  butun  jarayonni 
belgilab beradi.
Shakl -  kostyumni badiiy loyihalsh jarayonining asosi.
Buyumnning  tashqi  ko‘rinishi  va  chegarasini  ifodalaydigan 
geometrik mohiyati shakl deb hisoblanadi.  Shakl  (lot.  forma) -  tash­
qi ko‘rinish, chegara.  [3]
Shaklni  tanlash  va  uni  tuzilishidan san’at  boshlanadi  deb  san’- 
atshunoslar hisoblashadi.  Shakl  buyum  mavjudligining usuli, texnik 
va  estetik  zarurligi  bilan  ta ’riflanadi.  Shakl  m a’lum  psixologik
36


m a’noni  ifodalaydi  va  muayyan  siymoli  mazmunni  ifodalovchi 
belgi, ramz tizimi deyiladi.
Kostyum  shakli  yaratilganda  quyidagi  talablarga  ahamiyat 
beriladi:
-  funksional  -   buyumning  texnik  maqsadini  va  insonning 
utilitar talablarini oldindan aniqlash;
-  konstruktiv-texnologik  -  materialning  fizik-mexanik  xususi­
yatlari va shakl konstruksiyani oqilona ifodalash;
-  estetik -  jamiyatning estetik ideallariga buyumning mosligi.
Kostyum  shakli  inson  bilan  chambarchas  bog‘liq  va  faqat
uning  siymosi,  razmeri,  harakatini  inobatga  olgan  holda  tahlil 
etilishi lozim.
Kostyumning har bir qatlami o ‘z xossalariga  ega:
-  ustki  qatlami:  rang,  faktura,  chiziq,  naqsh,  bezak,  yani 
kompozitsion bezak qatlamlaridan iborat;
- geometrik tarkib, u  shakl elementlarining o'zaro proporsional 
nisbatlarini aniqlaydi;
- tana va qobiq orasidagi fazo va odam figurasi.
Shakl  tarkibi.  Kostyumni  muayyan  tarkib  ifodalaydi,  ya’ni 
uning  bo‘limlarining tarkibi.  Siymoli,  funksional  va texnik yechim­
lari  bilan  bog‘langan  shakl  geometrik  elementlarining  m a’lum 
fazoviy tizimi shakl deb tushuniladi.
Kostyum  tarkibi  -   bu  kostyumning  ayrim  elementlarining 
(kiyim,  bosh  va  oyoq  kiyim,  qo‘shimchalar,  taqinchoqlar)  turg‘un 
tashkil  etish  usuli.  Kostyumda  shakl  -   bu  uning  tarkibini  tashqi 
ko'rinishi.
Kostyumda  asosan  uchburchak,  to‘g‘riburchak,  trapetsiya  va 
oval kabi tarkibiy elementlari uchraydi  (6- rasm).
Kostyum  shaklini  quyidagi  xususiyatlari  ifodalaydi:  shaklning 
geometrik  turi,  uning  hajmdorlik  darajasi,  silueti,  katta-kichikligi, 
chiziqlari,  vazni.
Siluet  (fr.  Sillouette,  XVII  asrda Fransiya moliya vaziri  markiz 
Eten de Siluettening yon tomonidan qiyofasi soyali proeksiya kulgili 
qilib  tasvirlangan)  -   bu:  buyum  soyasiga  o ‘xshagan  tasvir; 
buyumlarni  grafika  texnikasi  usulida  bir tonli  yassi  tasviri;  modada 
kostyumning tashqi  shakli, hajmiy shaklning shartli yassi tasviri.
37



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish