O p-art
uslubi Gazlamalami optimistik bosmalari op-art
uslubini sport yo‘nalishiga kiritishiga imkon berdi. Op-art uslubi
(optical art - optik san’at) ilk bor 60-yillarda modaga kirdi.
Tasviriy san’atda
op-art oqimining asoschisi vengriya rassomi
Viktor Vazarelli boigan. Bu uslubning o ‘ziga xosligi - yassi va
fazoviy figuralarni tasavvur qilinishiga asoslangan ko‘z aldanishlar.
Optik rangtasvirda oddiy bir xil elementlar shunday joyJanadi,
qachonki shakl tarkibi yaxlit tasavvur etilmaydi, ya’ni ko‘z
aldanadi. “Sof rang va sof shakl o‘ziga butun dunyoni sig‘dirish
mumkin” - hisoblagan V.Vazarelli. Op-art uslubidagi liboslarda
geometrik, abstrakt naqshlar, yorqin, bir-biri bilan kontrastli rangli
gazlamalar qoilanadi (masalan oq~qora ranglar birikmasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |