Kostyum kompozitsiyasida materiallar
Kostyum yaratishda turli materiallar qoilanadi: tabiiy va
hosila; trikotaj, to‘qima va noto‘qima; charm, zamsha, yog‘och,
shisha, plastmassa, tosh va b.
Bu materiallar har biri o ‘z plastik (mayinlik, osiluvchanlik,
dag‘allik, va h.k.), dekorativligiga (faktura, rang, naqsh, tarkibi va
b.), gigienik (havo, nam, chang, issiq o‘tqazuchanlik) va mexanik
(drapirovka bopligi, gijimlaganligi, shaklni saqlashi, sitilishi va b.)
xossalariga ega. Ular barchasi shaklning *arakteri va konstruktiv
yechimini qanday hal etilishini belgilab beradi. [12]
Kostyumda qoilangan materiallarning plastik xususiyatlari
inobatga oliinishi kerak. Masalan shifon gazlamalar harir, drapirov-
kabop boiadi, shuning uchun ulardan choklari minimal darajada,
yumshoq ovalsimon shakl yaratilishi lozim, bunda drapirovkalar,
burmalar, mayin taxlamalar, klyosh
va qiya bichim yordamida
shakl hosil qilinadi; yaltiroq, to‘kilib turadigan (krep-satin, krep-
71
atlas va b.) matolar drapirovkabop ekanligiga ko‘ra, yetarli darajada
hajmli, gavda bo‘ylab “oqib” turadigan shakl hosil qilish imkomnini
beradi, matoning jimirlashi uning yuqoridagi xossalarini kuchaytirib
ko‘rsatadi; sintetik aralash jun matolardan aniq geometrik shakldagi
buyumlar yaratilishi lozim.
Matolarning fizik-mexanik xususiyatlari ham inobatga olinishi
lozim, chunki ular material shaklining geometrik turini belgilaydi va
konstruktiv yechimlarini aniqlaydi. Ba’zan materialning fizik-
mexanik xususiyati unga dastlabki texnologik ishlov berishni talab
qiladi (namlab-isitib ishlov berish va b.).
Materialning gigienik xususiyatlari ham kiyim shaklini hosil
qilinishiga ta ’sir etadi. Masalan, havo va namlikni o‘tkazmaydigan
materiallarda buyum shakli va odam tanasi orasidagi havo bemalol
almashishga imkon berishi kerak, ya’ni shakl har tomonlama erkin
bo‘lib, ochiq bo‘lishi zarur.
Materialning dekorativ xususiyatlari shaklning geometrik
turini tanlashga va uning kompozitsion yechimiga ta’sir etadi.
Masalan, material sidirg‘a bo'Isa, barcha buyumdagi choklar va
detallari yaqqol ko‘rinadi, demak, konstruktiv yechimga e ’tibor be
rish lozim; agar gazlama mayda naqshli bo‘lsa, unda choklar va
detallar ko‘rimaydi, demak, choklar faqat shakllantirish funksi-
yasinigina bajarishi lozim; yo‘l-yo‘l va katak-katak matolar maxsus
yechimni talab qiladi.
Faktura materialning ifodali xossalaridan biri hisoblanadi.
Faktura - bu material yuzasining ifodalovchi xususiyatidir. Faktura
tabiiy va hosila boMishi mumkin. Tabiiy fakturaga mo‘yna, charm,
yog‘och, tosh, metall va h.k.lar kiradi. Tabiiy fakturani hosila
fakturaga nisbatan ritmik tuzilishi, siymosi, seziluvchanligi va
tashqi ko‘rinishi mutlaqo boshqa bo‘ladi. Hosila materiallamirig
fakturasini xarakteri matoni ishlab chiqarilgan usuli bilan bog‘liq
(to‘qimachiIik, to‘r to‘qishda, trikotaj, noto‘qima va b.). Kostyumda
qo'llanadigan materiallar fakturasi silliq, g ‘adir-budir, yaltiroq, xira,
tukli va b. bo‘ladi (17-rasm).
Har bir faktura o ‘zgacha badiiy siymoni ifodalaydi. Faktura
sovuqlik (metall, tosh, shisha), iliqlik (mo‘yna, yog‘och), yengillik
(shifon), vazminlik (krep-atlas) va boshqa taassurotlarni hosil qilish
mumkin.
72
Har xil qoplamalar gazlamani tashqi ko'rimshini butunlay
o ‘zgaritirishi mumkin. Masalan, suyuq eritmada mayda metall
zarralari gazlama yuzasiga vakuum pulverizator bilan berilib, juda
yupqa qatlamni hosil qiladi. Shu usulda ishlangan yuza mexanik
ta’sirga juda chidamligi bilan ajralib turadi, shuning uchun uni
qo‘lda, kir yuvish mashinasida va kimyoviy ishlov berish yordamida
tozalash mumkin.
Undan tashqari sintetik gazlamani termoplastik xususiyatlariga
binoan ularda plissirovka, g‘ijimlangan effektni yoki relyef naqshni
hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |