3.5.2. Kiyim konstruksiyalash metodlarining umumiy tavsifi
Kiyimning estetik ko'rinishi ko‘p jihatdan uning inson qoma-
tidagi o‘mashuvi va barcha qismlari konstruksiyalarining uyg'un-
ligi, hamda proporsiyalarining zamonaviy moda talablariga mosligi
bilan aniqlanadi. Bu barcha omillar kiyim shakli konstruksiyasi
hisobining to‘g‘ri bajarilganligi va uning detallari chizmasining aniq
qurilganligiga bogiiq.
Kiyimning ayrim detallari tayyor holda muayyan bir hajmiy-
fazoviy yuzalikni hosil qiladi. Kiyimning detallari yassi yuzali
materiallardan (gazlama, trikotaj, noto'qima materiallar, charm va
boshqalardan) bichiladi.
Kiyim konstruksiyalashdan asosiy maqsad - yassi material-
lardan muayyan fazoviy shaklni yaratish yoki bu masalaning teskari
143
yechimi - eskizda, model namunasida berilgan kiyim detallarining
yoyilmasini qurishdir.
Kiyim detallarining yoyilmasi ikki xil usul orqali olinadi:
kiyimning taqribiy yoyilmasini ta ’minlaydigan usullar va kiyimning
aniqroq yoyilmasini ta’minlaydigan usullar (tayyor namuna bo‘-
yicha). Hozirgacha kiyim detallarining aniq yoyilmasini olish im-
koniyati yo‘q. Kiyimning umumiy shakli va uning ayrim elementlari
konstruksiyalash jarayonidagina aniqlanadi. Bu holda kiyim detal-
larining aniqligi bajaruvchilaming mahoratiga bog‘liq. Demak,
eskizda berilgan kiyim detallarining yoyilmasini olish usuli taqri-
biydir. Kiyim konstruksiyasini ishlashda qo‘llanadigan barcha
konstruksiyalash metodlari va sistemalari taqribiy yoyilma usulla-
riga kiradi.
Faqat tayyor kiyimning namunasidan olingan yoyilma detallar-
ning aniq yoyilmasini ta’minlaydi.
Tikuvchilik sanoatining korxonalari kiyim konstruksiyalashda
asosan ikki xil konstruksiyalash sistemasidan foydalanishadi: mul-
yaj sistemasi va hisoblash - grafikli usulning har xil variantlari.
Mulyaj sistema murakkab konstruktiv shakllami va model-
laming ayrim detallarini qurish uchun ishlatiladi. Bu sistema bo‘-
yicha detallar konstruksiyasi gazlama yoki qog‘ozni odam figu-
rasiga yoki manekenga qadash tufayli olinadi, so‘ngra qog'ozni
tekislikka yozib detallar konturi chiziladi va chiziqlar tutashmasi
tekshiriladi.
Hisoblash - grafikli konstruksiyalash sistemasi bo‘yicha es
kizda berilgan model konstruksiyasi figura o‘lchamlari va ularga
muvoflq qo'shimchalar asosida tuziladi. Hozirga qadar konstruk
siyalashda xilma-xil «chizmali» usullar mavjud. Ishlatiladigan
usullar asosan hisoblash formulalari tarkibi bilan va grafikli qurish
usullari bilan farqlanadi. Hisoblash formulalarining asoslanganlik
darajasi ham har xil.
Sanoatda kiyimning taqribiy konstruksiyalash usullarini mu-
kammallashtirish ustida tinimsiz tadqiqotlar olib boriladi. Bugungi
kunda tikuv buyumlarini konstruktiv asoslarini qurish va hisoblash
yetarlicha takomillashgan usullari ishlab chiqilgan. Loyihalanyotgan
assortimentga qarab eng zamonaviy va qulay usulni tanlash tavsiya
etiladi. Ko‘ylak konstruksiyasini qurish uchun eng zamonaviy va
144
qulay usul tanlanadi. Ayollar, erkaklar va bolalar kiyimini konst-
ruksiyalashning ommaviy ishlab chiqarishda SNIISHP (sobiq Ittifoq
modellar Uylarining metodikasi), kiyim konstruksiyalashning ya-
gona metodikasi - YeMKO, YeMKO SOTSHL usullari qo'Ilaniladi,
hamda ko‘proq individual ishlab chiqarishda Myuller va o ‘g‘li,
Aldrich (ingliz metodikasi) keng tarqalgan.
Kiyim konstruksiyasining dastlabki chizmasi old va orqa
bo‘laklar konstruksiyasini tuzishdan boshlanadi. Yeng va yoqa
konstruksiyalarining chizmasi ularga muvofiq uchastkalarning shak-
li va razmeriga bog‘lab quriladi.
Old va orqa bo‘laklar chizmasi bitta varaqda umumiy gori
zontal chiziqlarda aks etadi. Kiyim detallari old va orqa o ‘tar
chiziqlarga nisbatan simmetrik joylashganligi tufayli chizmada old
va orqa bo‘laklaming faqat yarmi quriladi.
Konstruksiya asosining chizmasini qurishda gavda tuziiishi,
figuraning oicham lari, loyihalanayotgan kiyimning shakli, hajmiy-
likni ta’minlovchi qo‘shimchalar, detallaming tipaviy konstruk-
siyasi, konstruksiyaning ishlov berishga qulayligi va tayyorlashda
kam mehnat talab qilishi hisobga olinadi. Asosiy konstruksiya
chizmasini qurishda dastlabki ma’lumotlar sifatida tipaviy figura-
laming o ‘lchamlari va qo‘shimchalar olinadi.
Konstruksiya qurishdan avval tanlangan usul bo‘yicha hisob
formulalari tahlil qilinadi, kerakli razmer o'lchamlari va konstruktiv
qo‘shimchalar tarkibi aniqlab olinadi; hisob formulalari tizimi
(sistemasi) yozib tayyorlanadi.
Yelkada turadigan kiyim ham, belda turadigan kiyim ham
tanaga uning hamma nuqtalari bo‘yicha yopishib turmaydi va
tanadan bir xil masofada ajralmaydi.
Har qanday kiyim o ‘z razmerlari bo‘yicha odam tanasining
razmerlaridan kattaroq. Odam tanasi va kiyimning ichki razmerlari
orasidagi havo qatlami hosil bo‘ladi. Bu qatlam bemalol harakat
qilish va nafas olishni, odam organizmi normal faoliyat ko‘rsatishi
uchun, hamda muayyan siluetli shakl yaratish uchun ham kerak.
Havo qatlami miqdori kiyim figuraga qanchalik yopishib turish
darajasiga bogMiq.
Kiyim badanga qay darajada yopishib turmasin, uning ichki
razmerlari har doim tana razmerlaridan kattaroq bo‘iadi. Kiyimning
145
razmerlari odam tanasining razmerlaridan katta qiymati qo‘shim-
chalar deyiladi. Ular katta P harfi bilan belgilanadi. Vazifasiga
ko‘ra: minimal zarur (texnik) va dekorativ - konstruktiv
qo‘shimchalar bo‘ladi.(l-formula)
Do'stlaringiz bilan baham: |