Biz bu bobni kichik bir loyihani ko‘rsatishdan boshlamoq- chimiz. Unda bir libos detalini chizishda turli usul va chizish texnikasidan foydalanilgan. Ushbu bobda xalqaro illyustrator, dizaynerlar qobiliyatli ijodkorlar tomonidan nufuzli buyurtmachilar uchun yaratilgan ijod namunalari ham berilgan. Boshqa tasvirlar ommaga kamdan-kam namoyon etilgan. Dizayner va rassomlaming ijodlarini kuzatishda ko‘pgina shoshib ishlangan chizgilar ulaming ijodiy jarayonini tezlashishiga turtki bo‘ladi. Bundan tashqari yaratilgan eskizlar o'zida to‘liq ma’lumotlami mujassamlantirilgan holat bo‘lib, bu dizayn va ishlab chiqishdagi muvozanatni belgilaydi. Uslub erkinligi eskizda yuqori darajada ishlanganligini ko‘rsatadi.