Drapirovkalarni tasvirlash. Drapirovkalardagi sbakllarni hosil qilishdagi asosiy usullar.
Mato fakturasi bilan bir qatorda libos eskizini yaratishda drapirovka, burmalar va taxlamalami tasvirlash katta ahamiyat kasb etadi. Hayoldan yoki o‘quv mashg‘ulotlarida natyurmort yoki interer, maniken yoki kiyimli inson gavdasidagi turli matolami (drapirovka) uning buklama va taxlamlami xarakterli shakllarini tasvirlash mahoratini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Turli davr rassomlari asarlarida tasvirlangan matolaming burma va taxlamlari drapirovka deb ataladi. Aniqrog‘i, burama - bu matoni beixtiyor siqilishi natijasida matoning yuzasida hosil bo‘ladigan tartibsiz buklamalardir, drapirovka esa bezash maqsadida ixtiyoriy tarzda buklamalami bogMash, tikish, taxlash va boshqa uslublarda hosil qilinadi. Drapirovkalar haqida so‘z borganda buklamlaming (tax- lamalaming) chizmatasvirda plastik ifodalash qonuniyatlari haqida gapirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bir qarashda buralib-buralib ketuvchi shakllar ma’lum qonun - qoidalar asosida, ma’lum ketma- ketlikda, qiziqarli, ritmik tarzda takrorlanuvchi, chiroyli chiziqlar to'plamini hosil qilib, rassom uchun keng va boy tasvirlash imkoniyatlarini ochadi. Drapirovka tasviriy san’atning ifoda vositasidan bin bo‘lib, jiddiy o‘rganishni talab etadi. Chizmatasvir
vazifalarni bajarishda, o‘quv qo‘yilmalarga biriktirilgan drapirov- kaning statik holatini, ya’ni osigMiq yoki yotgan mato boMagini tasvirlashga katta e’tibor qaratilishi lozim (natyurmort yoki inter’er, drapirovkalar bilan manikenyoki kiyimli inson). Drapirovkani to‘g‘ri tasvirlash uchun, unda sodir boMayotgan dinamik holatni aniq tasavvur eta olishi kerak. Hajmli-fazoviy shakllarni “o‘qiy” olib chizmatasvir vositalari orqali grafik etyudga ko‘chira olishi lozim. Matodagi taxlamlar mato uzunligiga nisbatan kam masofada cho‘zilgandada hosil boMadi. Mato harakatdagi kuchga bo‘ysungan holda, fizik xususiyatlari ya’ni qaysi materialdan ishlanganiga, qalinligi, xarakterli tuzilmasiga ko‘ra bukiladi. Taxlamalarning shakli mato xususiyatiga va turiga bog‘liq.Yupqa va harir matolar mayda taxlamlar, qalin va dag‘allari esa katta va keng taxlamlar hosil qiladi, ya’ni turli xil matolar g‘ijimlanganda qarshilik ham har-xil boMadi.
Hozirgi kunda to‘qimachilik matolarining ko‘plab hillari mav- jud, ular o‘zining elastiklik va taranglik darajasigaega. To‘qimachilik polotnolari (gazlamaning qalinroq turi) dinamik ta’sir natijasida, boshqa matolarga qaraganda tekis yumaloq shakldagi taxlamlami hosil qiladi.
Drapirovka uchun har-xil yuzalar hosil qiladigan matolar va to‘qimachilik gazlamalari ishlatiladi. Mato va gazlamalar o‘zining fakturasi (o‘ziga xoslik, sifati)ga qarab farqlanadi. Ular tekis, silliq, tukli, paxmoq, yaltiroq yoki xira, jilosiz, dag‘al yoki yumshoq, zich yoki siyrak to‘qilgan va hokazo boMishi mumkin. Shu bilan birga mato va polotnolar bir qancha xususiyatlarga ega boMishi mumkin. Bu xususiyatlar mato va gazlamalami tayyorlashda ishlatilgan tolalarining xossalariga bogMiq. Shunday qilib, shoyi matolar yumshoq va yaltiroq, junlilari tukli, momiq, jilosiz va hokazo. Yumshoq, yupqa matolar drapirovka uchun qulay boMib, yumshoq bukilishlar beradi, zich va dag‘allari esa uchli aniq burchakli taxlamlar hosil qiladi. Drapirovka uchun matolar tanlashda bu xususiyatlarini e’tiborga olish zarur, noto‘g‘ri tanlangan mato esa o‘ylangan kompozitsiyada moMjaldagi natijani bermasligi mumkin. 45-rasmda bir qancha drapirovkalarning kompozitsion yechimlari keltirilgan.
Kompozitsiya variantlarining biri bu, bir yoki ikki tayanch nuqtalariga osilgan drapirovkalardir. Birinchi variantda bitta tayanch nuqtada osilib turgan drapirovka, vertikal yo‘nalishda konussimon shakl hosil qilgan. Ikkinchi variantda esa drapirovka ikki nuqtaga osilgan bo'lib, u yoki bu tarafdan guruhlarga ajralgan holda, to‘g‘ri tuzilmali yaxlit yoysimon taxlamlar hosil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |