X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Iqlimi va suvlari.
Okeanning iqlim sharoiti va iqlim elementlarining 
xususiyatlari uning qutb o’lkalarida joylashganligi bilan belgilanadi. 
Shimoliy Muz okeani iqlimining shakllanish ida Arktika havzasi ustida 
vujudga keladigan Arktika havo massasining, Shimoliy Atlantika va 
Tinch okeani iliq oqimlarining ahamiyati katta. Qish oylarida Arktika 
havzasi havosi ustida hosil bo’lgan Arktika antisikloni uzoq vaqt 
hukmronlik qilib, okean akv atoriyasining hamma qismiga ta’sir etib 
qolmasdan, balki Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklari shimoliy 
hududlariga ham ta’sir etadi. Natijada okean yuzasida va unga 
chegaradosh bo’lgan materik sohillarida qish juda sovuq va yoz salqin 
bo’ladi. Havoning o’rtacha oylik harorati okeanning turli joylarida 
qishda -20°S dan -40°S gacha va yozda 0°S dan, +6°S gacha o’zgarib 
turadi. Eng past harorat -52°S ni tashkil etadi. Shamolning o’rtacha 
tezligi mo’tadil va 4-6 m/s ga teng. Yozda tez-tez tuman tushib turadi. 
Kuz va qishda kuchli shamollar va to’lqinlar bo’ladi. Arktika havo 
massalari Antarktika ustida tarkib topadigan havo massalariga nisbatan 
ancha iliq. Bunga sabab Shimoliy Muz okeani suv massalarida issiqlik 
manbalarining mavjudligidir. Bu issiqlik manbalarini Atlantika va 
kamroq Tinch okeanidan keladigan iliq
 
oqimlar to’ldirib turadi. Okean 
osmonida bulutli kunlar yozda ko’p (90%) va qishda kam (50%) bo’ladi. Yog’in 
asosan qor shaklida yog’adi. Yillik yog’in miqdori Arktika havzasida 150 mm ni, 
Sharqiy Yevropa havzasida 250-300 mm ni tashkil etadi. 
Shimoliy Muz okeani suvining harorati va sho’rligi chuqurlik bo’ylab o’zgara 
boradi. Suv sathidan 25 m chuqurlikkacha bo’lgan qatlamda suvning sho’rligi 29,5-
32,5 ‰ni tashkil etadi, harorati qishda 0°S dan pastda bo’ladi, yoz oylarida +1,5°S 
dan +1,9°S gacha ko’tariladi. 600 m chuqurlikkacha bo’lgan qatlamda suvning 
sho’rligi 34,8-34,9 ‰ gacha ko’payadi. 600-800 m chuqurlikda iliq qatlam mavjud 
bo’lib suvning harorati 0°S dan +2°S gacha va sho’rligi 34,8 ‰ dan 35,00‰ gacha 
ko’tariladi. 800 m chuqurlikdan to okean ostigacha bo’lgan qatlamda suvning 
harorati yana pasayib -1°S dan – 1,3°S gacha tushadi, sho’rligi esa 35,2‰ gacha 
ortadi. 
Shimoliy Muz okeani gidrologik rejimiga Atlantika va Tinch okeanlarida 
hamda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklari daryolaridan kelib qo’shiladigan 
suvlar katta ta’sir ko’rsatadi va suv rejimining xarakterli xususiyatlarini belgilaydi. 
Okeanga har yili Shimoliy Atlantika oqimi orqali 298 000 km
3
Atlantika suvi, 
Bering bo’g’izi orqali 30 000 km
3
Tinch okeani suvi va materiklardan 4500 km
3
daryo suvi oqib keladi. Okean havzasida to’plangan ortiqcha suvlarning 292,3 ming 
km
3
Sharqiy Grenlandiya oqimi bilan va 41,7 ming km
3
Kanada-Arktika arxipelagi 
bo’g’izlari orqali Atlantika okeaniga chiqib ketadi. Sharqiy Grenlandiya oqimi 
yordamida Arktika havzasidan yiliga 8-10 ming km
3
muzlar ham janubga suzib 
ketadi. Ana shunday gidrologik sharoitlar tufayli Shimoliy Muz okeanining suv 


390 
balansi tenglashib turadi. Shuni takidlash o’rinliki, Shimoliy Atlantika iliq oqimi 
Shimoliy Muz okeani akvatoriyasiga kirishda atmosferaga 70% dan ziyodroq 
issiqlik beradi va shu bilan birga havo qobig’iga hamda uning dinamikasiga kuchli 
ta’sir ko’rsatadi. 
Shimoliy Muz okeani gidrologik rejimining eng muhim xarakterli 
xususiyatlaridan biri, akvatoriyasining qalin muz bilan qoplanganligidir. Muz 
qoplamining o’ziga xos xususiyatlaridan biri esa uning makon va zamonda doimo 
dinamik holatda bo’lishidir. Bu xususiyat muz qoplami maydonini yoz faslida eng 
minimal darajada 7 mln. km
2
gacha qisqarishi va qish faslida eng maksimal darajada 
11,4 mln. km
2
gacha ko’payishi bilan belgilanadi. Muzlar dinamik holatining 
ikkinchi ko’rinishi, ularning bir necha yillar davomida dreyflar hosil qilib suzib 
yurishidir. Okeanda dreyf holda yuruvchi aysberglar juda keng tarqalgan. Ular 
orasida 600-700 km
2
keladigan ulkan aysberglar ham uchraydi. Shimoliy Muz 
okeanida muzlarning qalinligi iqlim sharoitiga ko’ra turlicha. Bir yillik muzlarning 
qalinligi 1-2 m gacha va ko’p yillik muzlarning qalinligi 3-4 m gacha, ayrim joylarda 
4,5 m gacha boradi. Shamollar va oqimlar muzlarni harakatga keltiradi toroslarni 
hosil qiladi. Toroslarning balandligi 12-15 m gacha yetadi. Binobarin, muzlik 
sharoiti Shimoliy dengiz yo’li va Shimoli-G’arbiy yo’lakda kema qatnovini ancha 
qiyinlashtiradi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish