26
2.
Materikning tektonik yoriqlarida, uzilmalarida va botiqlarida vujudga
kelgan tektonik ko’llar
. Bu tipdagi ko’llarga asosan Sharqiy Afrika yassi tog’ligidagi
tektonik yoriqlar tizimida va
botiqlarda joylashgan Tanganika, Nyasa, Kivu, Rudolf,
Viktoriya, Koga, Eduard, Albert va boshqa ko’llar kiradi. Bularning aksariyatining
shakli uzun masofaga cho’zilgan va chuqur ko’llardir. Ular baland va tik yonbag’irli
tog’lar bilan o’ralgan.
Tanganika
ko’li dunyodagi eng chuqur ko’llardan biri
hisoblanadi. Uning maydoni 32 900 km
2
, uzunligi 650 km, eni 60-80 km, maksimal
chuqurligi 1435 m. Ko’l atrofidagi tog’lar 2000 m gacha ko’tarilgan. Tanganika
chuqurligi jihatdan Baykal ko’lidan keyin dunyoda ikkinchi o’rinda turadi.
N’yasa
ko’li tektonik yoriqlar zonasida joylashgan va 580 km masafaga cho’zilgan.
Viktoriya
ko’li Afrikadagi eng yirik va dunyodagi yirik ko’llardan biri hisoblanadi.
Uning maydoni 68 000 km
2
, uzunligi 320 km, eni 275 km, maksimal chuqurligi 80
m ni tashkil etadi. Kattaligi jihatidan Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko’ldan keyin
dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Ko’l botig’i
yoriqda emas, qadimgi kristall
platformaning tektonik harakatlar natijasida bukilgan joyida hosil bo’lgan. Shu
sababli u tektonik ko’l bo’lsa ham sayoz ko’llardan biri hisoblanadi.
3.
Tektonik botiqlar va daryo vodiylarini lava oqimlari to’sib qolishi natijasida
hosil bo’lgan to’g’on ko’llar
. Bunday ko’llar Efiopiya tog’ligida ko’p bo’lib,
ulardan eng yirigi 1830
m balandlikda joylashgan
Tana
ko’lidir. Uning maydoni
3600 km
2
, maksimal chuqurligi 70 m. Ko’l tektonik botiqda suv yo’lining to’silib
qolishi natijasida hosil bo’lgan va undan Ko’k Nil daryosi oqib chiqadi. Bulardan
tashqari Shimoliy Afrika tekisliklarining pastqam joylarida hosil bo’lgan sho’r
ko’llar ham uchraydi. Ular tog’oldi
tekisliklarida, tog’oralig’i
botiqlarida keng
tarqalgan. Bu ko’llarni mahalliy aholi
shottlar
deb atashadi. Shott-esh-Shergi, Shott-
Melgir, Shott-Jarid va boshqalar shular jumlasidandir. Afrikaning daryo va ko’llari
kishilar hayotida juda katta rol o’ynaydi. Yog’in kam yog’adigan joylarda ichki
suvlardan ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi.
Obikor dehqonchiliq Nil,
Niger, Zambezi va Senegal daryolarining vodiylarida yaxshi rivojlangan. Ayniqsa
Sahroi Kabirni kesib o’tgan Nil vodiysida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida vujudga
kelgan va daryo bo’ylab cho’zilib yotgan vohalar go’yo cho’lga hayot baxsh
etganday ko’rinadi. Afrika daryolari gidroenergiya resurslariga boy. Yirik daryo va
ko’llar suv yo’li sifatida xizmat qiladi. Ulardan katta miqdorda baliq ham ovlanadi
(Ilova, 1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: