X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 Iqlim mintaqalari. 
Afrikaning deyarli markaziy qismidan ekvator kesib 
o’tganligi tufayli ekvatorial iqlim mintaqasi materikda bir marta, boshqa iqlim 
mintaqalari esa parallel ravishda joylashganligi uchun ikki marta takrorlanadi. 
Ekvatorial mintaqa. 
Ekvatorial mintaqaga Kongo daryosi havzasining katta 
qismi, taxminan 5° sh.k. va 5° j.k. oralig’i hamda Gvineya qo’ltig’i sohillarining 7°-
8° sh.k. gacha bo’lgan hududlari kiradi. Bu yerda yil davomida ekvatorial havo 
massalari hukmronlik qiladi. O’rtacha yillik va oylik harorat doim yuqori va bir tekis 
taqsimlangan bo’lib, u +26°S ga teng, yog’in ham bir tekis yog’adi. Shuning uchun 
o’simliklarning vegetasiya davri yil bo’yi to’xtovsiz davom etadi. Kongo 
havzasining yog’in rejimida Quyoshning ufqda eng baland turish vaqti bilan bog’liq 
bo’lgan ikkita maksimum davr aniq ifodalangan. Gvineya qo’ltig’i sohillariga 
yog’inni shu hududda hukmronlik qiluvchi janubi-g’arbiy shamollar olib keladi. 
Mintaqa hududida maksimum yog’in Kamerun tog’ massivi yon bag’irida kuzatilib 
10000 mm ni tashkil etadi. Ekvatorial mintaqa uchun yil bo’yi bitta fasl - yoz fasli 
xarakterli. Bu mintaqaning o’rtacha oylik va yillik haroratida, yog’in miqdorida 
fasliy o’zgarishlar deyarli kuzatilmaydi. 
Subekvatorial mintaqalar. 
Subekvatorial iqlim mintaqalari ekvatorial iqlim 
mintaqasini keng polosa bo’ylab o’rab turadi. Subekvatorial mintaqa Shimoliy 
Afrikada 17° sh.k. gacha, janubiy yarim sharda 20° j.k. gacha kelada, g’arbda 


21 
Atlantika okeanigacha yetib bormaydi. Materikning sharqiy qismida shimoliy va 
janubiy yarim sharlarning subekvatorial mintaqalari bir-biri bilan tutashadi. Shuning 
uchun ekvatorial iqlim mintaqasi sharqda Hind okeanigacha yetib bora olmaydi. 
Uning sharqiy chegarasi Oq Nil daryosining yuqori qismi va Viktoriya ko’ligacha 
cho’zilgan. Subekvatorial mintaqada harorat ekvatorial mintaqaga o’xshash yil bo’yi 
yuqori bo’lsada, ammo ularda fasliy farqlar ancha sezilib turadi. Subekvatorial iqlim 
ekvatorial iqlimdan yog’in miqdorining nisbatan kamligi va fasllar bo’yicha notekis 
taqsimlanishi bilan farq qiladi. Bu yerda yoz sernam, qish quruq bo’ladi. 
Subekvatorial mintaqalarda yoz faslining yomg’irli bo’lishiga sabab shuki, yoz 
oylarida har qaysi yarim sharning subekvatorial mintaqalarida o’zi bilan nam 
ekvatorial havo massalarini olib keluvchi musson shamollari hukmronlik qiladi. 
Shuning uchun asosiy yog’in yoz mavsumiga to’g’ri keladi. Qishda esa 
subekvatorial mintaqalar quruq tropik havo massalarini keltiruvchi passat shamollari 
ta’sirida bo’ladi. Qishda tropik havo massasi hukmron bo’lib yog’in bo’lmaydi, 
havoning nisbiy namligi juda past, quruq ob-havo hukmronlik qiladi. Subekvatorial 
mintaqada namlik davri, yillik yog’in miqdori va namlanish ikki yo’nalishda, 
ekvatordan shimoliy va janubiy tropiklar tomon hamda g’arbdan sharqqa tomon 
o’zgarib boradi. Jumladan, ekvatordan tropiklar tomon namlik davri 10 oydan 2-3 
oygacha qisqaradi. G’arbdan sharqqa tomon musson shamollarining kuchsizlanishi 
tufayli yog’in miqdori 4-5 marta kamayib boradi. Shimoliy yarim shardagi 
subekvatorial mintaqaning eng qurg’oqchil hududlari ekvatorial mussonlarni to’sib 
turuvchi Efiopiya tog’ligidan sharqda joylashgan Somali yarim oroli va Sudanning 
tropik mintaqa bilan chegaradosh bo’lgan shimoliy qismidir. Harorat yilning 
aksariyat paytlarida subekvatorial mintaqada yuqori bo’ladi. Lekin uning yillik farqi 
ekvatorial mintaqaga nisbatan biroz katta. Subekvatorial mintaqalarda yozgi 
mavsumning boshlanish vaqtida o’rtacha harorat +30°S dan yuqori bo’ladi. Eng 
salqin oylarda o’rtacha harorat +20°S dan pastga tushmaydn. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish