X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari: 
1.
Materikda shakllangan platformalar haqida ma’lumot bering? 
2.
Gertsin burmalanishida hosil bo’lgan rel’ef komponentlariga misol keltiring? 
3.
Shimoliy Amerika materigi yer yuzasining o‘zgarishida tektonik 
harakatlarning roli nimada? 
4.
Materikda tektonik harakatlar qanday ro’y bergan? 
5.3. SHIMOLIY AMERIKA MATERIGI REL’EFI 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
geomorfologiya, platforma, morfostruktura, 
Kanada qalqoni, plato, qo‘y peshonalari, bedlendlar (buzulgan yerlar), Appalachi, 
gorst, uzilmalar, vulkanlar, antropogen davr muzliklari.
 
Shimoliy Amerikaning hozirgi yer yuzasining tuzilishi va xususiyatlari 
antropogen davrida yangi tektonik harakatlar va tashqi kuchlar ta’sirida shakllanib, 
bir necha mustaqil morfostrukturalarga va xilma-xil relyef shakllariga ega bo‘ldi. 
G.A.Beloselskaya yirik geomorfologik hududlarni morfostruktura oblastlari deb 
qaraydi. Shulardan ikkitasi materikdan shimolda joylashgan bo‘lib, ular 
platformaning chekka qismlarinngi parchalanishi natijasida vujudga kelgan 
Grenlandiya va Kanada-Arktika arxipelagi oblastlaridir. Qolgan morfostruktura 
oblastlari – Kanada qalqoni tekisligi, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar, 
Appalachi tog‘lari, Shimoliy Kordil’era, Meksika yassi tog‘ligi va boshqalar materik 
yer yuzasi tuzilishining asosini tashkil etadi. Shimoliy Amerikaning o‘rtacha 
balandligi g‘arbda 1700 m ga, sharqda 200-300 m ga va materik bo‘yicha 720 m ga 
teng. 


146 
Materikning shimoliy Gudzon qo‘ltig‘i atrofidagi Kanada qalqoni tekisliklari 
plato va yassi tog‘liklardan tarkib topgan. Ular ayrim hollarda Lavrentiy yassi 
tog‘ligi deb ham ataladi. Bu hududlarda balandligi 200-400 m keladigan yassi 
tog‘liklar katta maydonni egallagan. Lavrentiy platosining o‘rta qismi botiqsimon-
tepalikli tekislik bo‘lib, uning balandligi 200 m ga yetmaydi. Markazdan atrofga 
tomon tekislik yuzasi asta-sekin 300-400 m gacha ko‘tarila boradi. Labrador yarim 
orolida balandligi 600-700 m ga yetadigan qoldiqli tog‘lar uchraydi. Uning shimoli-
sharqiy qismida dengiz sathidan 1500 m dan ham yuqori ko‘tarilgan kristall jinsli 
Torngat qoyali tog‘lari (Serk, 1622 m) cho‘zilgan. Yarim orolda balandligi jihatidan 
ikkinchi o‘rinda Otish (1128 m) tog‘i
turadi. Lavrentiy yassi tog‘ligi qadimgi 
peneplen bo‘lib, to‘lqinsimon yuzasi materik muzliklari ta’sirida qayta ishlangan. 
Plato yuzasida muzliklar sidirgan izlar, silliqlangan toshlar – qo‘y peshonalari, 
to‘planib qolgan harsang toshlar uchraydi. Bu hududda muz – tektonik ko‘llar keng 
tarqalgan. 
Lavrentiy platosidan janubda qalin paleozoy yotqiziqlari bilan qoplangan 
platforma ustida umumiy qiyaligi janub tomon yo‘nalgan 
Markaziy tekisliklar
joylashgan. Tekislik relyefida yer yuziga chiqib qolgan, qadimiy jinslardan tarkib 
topgan balandliklar – anteklizalar ajralib turadi. Bulardan eng yirigi Adirondak 
gumbazsimon tog‘i (Marsi,1628 m) baland ko‘tarilgan. Adirondak tog‘i
qo‘shni 
Appalachi tog‘ tizimidan Shampleyn ko‘li grabeni va Moxok daryosi orqali ajralib 
turadi. Relyefida Markaziy tekisliklarning shimoliy qismiga o‘xshash muzlik 
shakllari asosiy o‘rin egallaydi. 
Markaziy tekisliklarning cho’kish zonasi bilan Kanada qalqonining janubiy 
chegarasidagi ko‘tarilish zonasining to‘qnashgan qismida Buyuk ko‘llarning chuqur 
botiqlari va Markaziy tekisliklarning shimoliy qismi uchun xarakterli bo‘lgan kuesta 
relyef shakllari hosil bo‘lgan. Markaziy tekisliklarning janubiy qismi flyuvioglyasial 
yotqiziqlar akkumlyasiyalashgan qumoq va suglinkali tekisliklardan tarkib topgan. 
Bu yerda erozion vodiy – balka tipidagi relyef shakllari keng tarqalgan. Hatto 
Missuri va Arkanzas daryolari oraliqlari, Ozark platosining chekka qismlari 
shunchalik parchalanganki, ularning ayrim joylari tog‘lar deb ham ataladi. 
Mississipi daryo vodiysi Markaziy tekisliklarning shimoliy qismida morena 
tepaliklari oralig‘ida unchalik darajada yaqqol ifodalanmagan, ammo janubda juda 
chuqur va keng vodiy hosil qilgan. 
Platformaning g‘arbiy qismida 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish