X udoyberdi to‘xtaboyev



Download 26,41 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi26,41 Kb.
#595348
Bog'liq
Xudoyberdi To‘xtaboyev


X UDOYBERDI TO‘XTABOYEV
(17.12.1932 – 21.03.2021 y.y.)

Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining Katta Tagob qishlog‘ida tug‘ilgan. Otadan juda erta yetim qolgan Xudoyberdi bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabibilarning tarbiyasida o‘sadi. 1949-yili Qo‘qon pedagogika bilim yurtini, 1955-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ni bitirgan. So‘ng bir necha yil Farg‘ona viloyatining Bag‘dod, O‘zbekiston tumanlaridagi maktablarda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri, maktab direktori lavozimlarida ishlagan.


Bo‘lg‘usi adib 1958-yili Toshkentga keladi. 12 yilda o‘tkir jurnalist sifatida elga taniladi. Jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi 300 dan ortiq felyeton yozadi.
70-yillar boshida o‘z ijodiy faoliyatini bolalar hayotini keng tasvirlagan asarlar yaratishga yo‘naltiradi. Yozuvchi o‘zining tarjimayi holida bu qarorini shunday izohlaydi: «Ruhiy dunyosi pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bilishga intiladigan, ruhi go‘zallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasam qanday bo‘lar ekan deb o‘ylay boshladim va qaror ham qabul qildim bolalar, o‘smirlar dunyosiga paqqos o‘tib ketdim».
Katta bilim va tajribaga ega murabbiy adib sifatida uzoq yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalarga mo‘ljallangan “O‘yla, izla, top!” dasturiga boshchilik qildi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev yurtimizda tashkil etilgan «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi sifatida ham uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan (1980–1998-yillar).
Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zining chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega badiiy yuksak ijodi bilan o‘zbek bolalar adabiyotining zabardast namoyandasiga aylandi.
Adib qalamiga mansub «Omonboy va Davronboy sarguzashti» qissasi (1974-yil), «Sariq devni minib» (1968-yil), «Sariq devning o‘limi» (1973-yil), «Besh bolali yigitcha» (1976-yil), «Qasoskorning oltin boshi» (1981-yil), «Yillar va yo‘llar» (1983-yil), «Shirin qovunlar mamlakati» (1986-yil), «Mungli ko‘zlar» (1988-yil), «Jannati odamlar» (1996-yil), «Qiz bolaga tosh otmang» (2003-yil), «Qiz talashgan o‘smirlar» (2010-yil), «Quyonlar saltanati» (2013-yil) kabi romanlari, «Yangi ohangda kuylayotgan viloyat» (2013-yil, hujjatli qissa), «Tagob qishloq ertaklari» (2016-yil), «Qaylarda qolding, bolaligim» (2016-yil) singari asarlari ana shu xayrli faoliyat mevalaridir.
Adibning «Sariq devni minib» va uning mantiqiy davomi bo‘lgan «Sariq devning o‘limi» romanlari nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyoti ko‘lamida ham bolalar uchun yaratilgan sarguzasht asarlarning eng yaxshi namunasiga aylandi. Bu romanlarda 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjonning ajoyib sarguzashtlari, uning sehrli qalpoqcha yordamida erishgan qahramonliklari qiziqarli tarzda hikoya qilinadi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari ko‘pgina jahon xalqlari tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan, italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo‘lgan.
Mustaqillik yillarda adibning ijodiy va ijtimoiy faoliyati yanada yorqin namoyon bo‘ldi. U yosh avlod vakillarini yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratish bilan bir qatorda, jamiyatimizda adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga ham munosib hissa qo‘shdi.
U tajribali ijodkor, jonkuyar tashkilotchi sifatida ko‘plab yosh iste’dod egalariga ustozlik qildi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning o‘zbek adabiyoti va san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi.
Bolalarning sevimli yozuvchisi X. To‘xtaboyev 1982-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», 1991-yilda esa «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» kabi yuksak unvonlar bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev 2021-yil 21-mart kuni 88 yoshda vafot etdi
Download 26,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish