X. U. Gaybullayev



Download 0,62 Mb.
bet1/4
Sana08.09.2017
Hajmi0,62 Mb.
#19656
  1   2   3   4



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
X.U.GAYBULLAYEV


GEOGRAFIYA FANIDAN 5-8 SINFLAR UCHUN DARS ISHLANMALARI TO`PLAMI

(Umumta’lim maktablarining geografiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma)


Samarqand-2016
Gaybullayev X.U. -Geografiya fanidan 5-8 sinflar uchun dars ishlanmalari to`plami. Umumta’lim maktablarining geografiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma. – Samarqand, 2016, 32 bet.
Taqrizchilar: K.Q.Davronov -SamDU tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi katta o’qituvchisi
J.T.Mannabov -VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar

ta’limi kafedrasi o`qituvchisi


Uslubiy ko`rsatmada geografiya fanini o`qitish jarayonida qo`llaniladigan dars ishlanmalarning texnologik xaritasi, dars bosqichlari va dars jarayonida qo`llaniladigan metodlar asosida tayyorlangan mustaqil topshiriqlar yoritib berilgan.

Uslubiy korsatma institut imiy kengashining 2016-yil ………………. -sonli yig`ilish qarori bilan nashr etishga ijozat berilgan.

KIRISH

Ta’lim sohasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi hozirgi ilmiy texnika taraqqiyoti davrida va erkin demokratik jamiyatga moslashgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, faol, ma’naviy yetuk va har tomonlama bilimdon, komil insonni tarbiyalashdan iborat. Ushbu maqsadlarni amalga oshurish uchun ta’lim tarbiya jarayonida hozirgi zamon talablariga mos keluvchi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalnish lozim.

Bugungi kunda chekka hududlardagi borish qiyin bo`lgan maktablarda ham ta’lim olayotgan o`quvchilarni o`qitishda dars jarayonida dars ishlanmalar va uning texnologik xaritasini yaratishda mustaqil topshriqlarni to`g`ri tanlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Maktab o`quvchilarining fikrlash doirasi, ongi, dunyoqarashini o`stirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Shunday ekan maktab o`qituchilarining o`quvchilarga dars berish jarayonlarida ularning bir soatlik dars ishlanmalarini va uning texnologik xaritasini to`g`ri tashkil qilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Ushbu uslubiy ko`rsatmaning asosiy maqsadi maktablarning geografiya fani o`qituvchilariga geografiya fanini o`qitishni to`g`ri rejalashtirish va takomillashtirishga yaqindan yordam berishga qaratilgan. Shu nuqtai-nazardan darslarning texnologik xaritasini tuzish, mavzularni rejalashtirish, har bir mavzu uchun mustaqil topshiriqlar tayyorlash o`qituvchi uchun katta ahamiyatga ega. Uslubiy ko`rsatmada geografiya fanidan dars ishlanmalarning texnologik xaritasini yaratish, darsning maqsadi va vazifalari, o’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi, o`quvchilarga darsda beriladigan mustaqil topshiriqlari va bir soatlik darsning bosqichlari yoritib berilgan.



1 - DARS ISHLANMA

5-SINF

Mavzu: Yer yuzining kashf etilishi va o`rganilishi.

Dars mashg’uloti ta`lim texnologiyasi

O’quv soati: 45 minut

O’quvchilar soni: __

Dars reja:

Materik va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi va sayyohlarning xizmatlari.

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

-Ta`limiy maqsad: O`quvchilarda yer yuzining kashf etilishi haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirish, ob-havo, o`rganilishidagi ahamiyatini aytib o`tish, mavzuga oid yangi atamalar bilan tanishtirish;

-Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o`qishga da`vat etish; guruh bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas’uliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish;

-Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Pedagogik vazifalar:

1.Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming km dan ortiq yo`lni bosib o`tgan sayyoh?

2. Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” kitobida qayerlarning tabiati haqida ma`lumotlar berilgan?


O’quv faoliyati natijalari:

  1. O`rta Osiyolik Nosir Xisrov.

  2. Farg'ona vodiysi, Afg'oniston, Hindiston tabiati haqida ma`lumotlar berilgan.




Ta`lim shakli:

Yakka tartibda, guruhlarda ishlash.

Ta`lim vositalari:

Darslik, 5- sinf o’quv atlasi, Dunyoning tabiiy xaritasi, tarqatmalar.

Nazorat:

Kuzatish, tarqatma material topshiriqlari.

Baxolash:

Rag‘batlantirish, 5- ballik tizim asosida



Darsning texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat

O`qituvchi:

O’quvchi:

  1. Bosqich

O’quv mashg‘ulotiga kirish

(15-min.)



1.1 Tashkiliy qism.

Tashkiliy qismda o’quvchilar guruhlarga bo`linadi va nomlanadi.

1.2 O’quv mashg‘ulotida o’quv ishlarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

1.3 O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga topshiriqlar beriladi.



-Aniqlashtiradilar savollar beradilar, tinglaydilar.

-Berilgan topshiriqni bajaradilar, o`tilgan mavzuni mustahkamlaydilar.


2-Bosqich

Asosiy


(20-min.)

2.1 Yangi mavzu reja asosida (dunyoning tabiiy xaritasidan foydalangan holda bayon qilinadi).

2.2 Yer yuzasining kashf etilishiga va o`rganilishi haqida qo`shimcha qiziqarli ma`lumotlarni gapirib beradi.


-Tinglaydilar, kerakli joylarini yozib oladilar.




3-Bosqich

YAkuniy


(10-min.)

3.1 Yer yuzasining kashf etilishiga va o`rganilishi mustahkamlash maqsadida “Annogramma” metodidan foydalanib topshiriq beradi).

3.2 Guruhlar ishini baholaydi, o’quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.

3.3 Uyga vazifa beriladi.


-Guruhlarda ishlaydilar, topshiriqni bajaradilar.

-Uyga berilgan topshiriqni yozib oladilar.



O`tilgan mavzuni mustahkamlash

Qiziqarli boshqaotirma” topshiriq sifatida berdi.



(O`qituvchi varianti)

G

L

O

B

U

S







P

T

O

L

O

M

E

Y

E

R

A

T

O

S

F

E

N

N

A

H

A

N

G










T

O

SH

B

A

Q

A

1. Yerning modeli - …

2. Eramizdan avvalgi II asrda kim dunyo xaritasini tuzgan?

3. Eramizdan avvalgi III asrda kim dunyo xaritasini tuzgan?

4. Dengiz bo'yida yashaydigan odamlar Yerni qanday baliqlar ko'tarib turadi, deb o'ylaganlar?



5. Cho'lda yashaydigan kishilar Yerni nimalar ko'tarib yuradi, deb faraz qilishgan?

(O`qituvchi varianti)




























































































































1. Yerning modeli - …

2. Eramizdan avvalgi II asrda kim dunyo xaritasini tuzgan?

3. Eramizdan avvalgi III asrda kim dunyo xaritasini tuzgan?

4. Dengiz bo'yida yashaydigan odamlar Yerni qanday baliqlar ko'tarib turadi, deb o'ylaganlar?

5. Cho'lda yashaydigan kishilar Yerni nimalar ko'tarib yuradi, deb faraz qilishgan?

Dars rejasi:


  • Materik va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi va sayyohlarning xizmatlari.

Yangi mavzu bayoni

Materiklar va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi hamda sayyohlarning xizmatlari juda katta bo'lgan. O'rtaosiyolik Nosir Xisrov (1004-1088- yy.) Janubi-G'arbiy Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrikaga sayohat qilib, juda ko`p geografik ma`lumotlarto'plagan. Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming kilometr(km)dan ortiq yo'lni bosib o'tgan .

1492- yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo`l topish maqsadida Ispaniyadan g'arbga tomon suzib ketadi. U Atlantika okeanini kesib o`tib, Amerika qirg'oqlariga yetib bordi. Portugallar taxminan shu vaqtda Afrikani aylanib, Hindistonga borishdi.

Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530- yy.) “Boburnoma” kitobida Farg'ona vodiysi, Afg'oniston, Hindiston tabiati haqida ko'plab muhim ma`lumotlar to'plangan.

1519-1522- yillarda Fernan Magellan boshchiligidagi ispanlar ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni g'arbdan sharqqa aylanib chiqdi. Tinch okeanni kesib o`tdi. Natijada Yerning sharsimonligi isbotlandi, Yer yuzining katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi. 1821- yilda rus dengizchi sayyohlari eng uzoqda joylashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan Antarktida materigini kashf etishdi. Yer yuzining ko`p joylari ana shunday jasur sayohatchilar tomonidan kashf qilindi va o'rganildi. Hozirgi vaqtga kelib, Yer yuzida aniqlanmagan, xaritaga tushirilmagan joy qolmagan. Biroq Yer yuzi tabiatining barcha xususiyatlarini, ayrim tabiiy hodisalami, ularning sabab va oqibatlarini olimlar yetarlicha tushuntirib berganlari yo`q. Shuning uchun geograf olimlar Yer yuzasini, uning tabiatini yanada mukammal o'rganishni davom ettirishmoqda. Ular quruqlik va okeanlardagi har xil ekspeditsiyalarda qatnashib, muhim kuzatishlar, tajribalar o'tkazishmoqda. Geograflarning tadqiqotlari natijalaridan xalq xo'jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi, ilgarigi xaritalarga aniqliklar kiritiladi, yangi xaritalar tuziladi.

Hozirgi vaqtda geograflar o'zlarining tadqiqotlarida hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan, kosmik suratlardan samarali foydalanishmoqda. Endilikda Yer yuzasidagi har bir nuqtaning aniq koordinatlarini Yerning sun`iy yo'ldoshlari yordamida aniqlash mumkin.



Mavzuni yanada qiziqarli o’tishi uchun o’qituvchi o`quvchilarga yer yuzasining kashd etilishi va o`rganilishidagi sayyohlarning bosib xaritalari haqida ma`lumotlarni rasm ko’rinishidagi variantini ko’rsatadi




Xristofor Kolumb 1451-yili 25-avgustda Genuya (Italiya) da tug`ilgan, 1506-yili 20-mayda Bal`dolid shahrida (Ispaniya) vafot etgan.Amerika qi`tasini kashf etishidagi xaritasi bilan tanishib chiqamiz



k3050

Yangi mavzuni mustahkamlash uchunmavzuga oid

ANNOGRAMMA”

Bunda harflari aralashtirib berilgan yangi mavzuga oid atamalar topiladi va guruh o`quvchilari bilan tushunchalar orqali ularga ta`rif beriladi.
(O`quvchi varianti)

1.O, a,t,d,i,n,a,o,k,r

2.A,y,k,p,t,i,i,s,d,e,s,e

3.q,t,q,t,a,d,i,o

4.e,t,i,a,m,k

5.a,t,q’i

6.y,`,i,n,u,s sh,o`,o,l,y

(O`qituvchi varianti)

1.Koordinata

2.Ekspeditsiya

3.Tadqiqot

4.Materik

5.Qit’a

6.Sun’iy yo'ldosh

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarda “Bliss” so`rovi o`tkaziladi. Har bir guruhga bir xil savollar beriladi va o`qituvchi tomonidan og`zaki tarzda javoblar tinglanib, baholanadi.

Bliss so’rovi o`tkaziladi

(O’qituvchi variant)

1.Nosir Xisrov qayerlarga sayohat qilib, juda ko`p geografik ma`lumotlart o'plagan?

2.Nechanchi yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo`l topish maqsadida Ispaniyadan g'arbga tomon suzib ketadi

3. 1519-1522- yillarda kimning boshchiligidagi ispanlar ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni g'arbdan sharqqa aylanib chiqdi.

4. 1821- yilda rus dengizchi sayyohlari eng uzoqda joylashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan qaysi materigini kashf etishdi.

(O’quvchi variant)

1. Janubi-G'arbiy Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrika.

2. 1492- yilda

3. Fernan Magellan

4. Antarktida materigini

Uyga vazifa

1.O`tilgan mavzuni o`qib kelish va o`tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida quydagi savollarga javoblar topish, yozuvsiz xarita bilan ishlash.

2 - DARS ISHLANMA

6-SINF

Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi


Mavzu

Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi

Maqsad, vazifalar

Maqsad:

O‘quvchilarda Yevrosiyoning tabiiy geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri ekanligi haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishda davom etish; materik aholisi, davlatlari, xalqlari va urf- odatlariga oid o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilimlarni eslatish; materik aholisi sonining o‘sishi, joylashishi, siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlarni sharhlab berish, materik aholisi, davlatlari, xalqlari va urf-odatlariga oid ma’lumotlar, yangiliklar bilan tanishtirish; aholsining zichligi, materikda tashkil topgan yangi davlatlar haqida bilim berish.



O‘quv jarayonining

mazmuni



Vazifalar:

O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.


O‘quv jarayonini

Amalga oshirish texnologiyasi



Uslub: “Aqliy hujum”,“Guruhlar bilan ishlash”, “B.B.B”

Shakl: Savol-javob, jamoa, juftlik va yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar, o‘quv filmi, klasterli tarqatmalar, savol va topshiriqlar.

Usul: Tayyor yozma materiallar, mavzuga oid xaritalar va o‘quv atlaslari asosida.

Nazorat: Savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi:

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.


O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar


Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqiyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.



O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.











Dars jihozi: Dunyoning tabiiy va siyosiy xaritasi, 6-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi, tarqatma savol va topshiriqlar.
Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

3. “Biz bilgan bilimlar” (xotirani sinash 6 daqiqa).

4 Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (10 daqiqa).

6.“Yer shari aholisi” filmini ko‘rish (4 daqiqa).

7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash (5 daqiqa).

8. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).

9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).

10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).

11. Test sinovi. (3 daqiqa)

12. Uyga vazifa.



1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

O`quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).

I-guruh. Parij

II-guruh. Madrid

III-guruh. Toshkent

IV-guruh. Budapesht

V-guruh. Tehron
3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 6 daqiqa).

O‘quvchilarning Yevrosiyo materigi bo`yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalari tekshirish uchun “Biz bilgan bilimlar” so`rovnomasi (javoblar bilan birgalikda) beriladi.

Ular qog`ozchalardagi javoblardan to`g`ri javobni topib, savollar yoniga joylashtirishlari kerak.

Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi).


1. Yo‘lbars, panda, yak, fil, piton iloni Yevrosiyo materigining qaysi tabiat zonasi uchun xos?

Javob: Materikning mo‘tadil va issiq iqlimli mintaqasida.


2. Sal daraxti materikning qaysi tabiat zonasida o‘sadi?

Javob: tropik savannalari zonasida.


3. Panda qaysi tabiat zonada yashaydi?

Javob: fasliy nam o‘rmonlar zonasida


4. Ferralit- laterit qanday tuproqlar tarqalgan?

Javob: ekvatorial mintaqa tabiat zonasida


5. Rub –el Xali qumli cho‘li materikning qaysi tabiat zonasida joylashgan?

Javob: tropik mintaqa tabiat zonasida


6. “Hayot ildizi” yani jenshen dorivor o‘simligi qaysi tabiat zonada o‘sadi?

Javob: Uzoq Sharqdagi musson o‘rmonlada.

7. Sharqiy Yevropa tekisligida necha foiz yerlar o‘zlashtirilgan?

Javob: 60%

Javob: 80%
8. “Ilmen” qo‘riqxonasi qaysi tog‘da barpo etilgan?

Javob: Ural tog‘ida

Javob: Kavkaz tog‘ida
9. “Chotqol” qo‘riqxonasi qaysi tog‘da barpo etilgan?

Javob: G‘rbiy Tayanshanda

Javob: Turkiston tog‘ tizmasida
10.Terayalarining iqlim sharoiti yerdan necha marta hosil olish imkoniyatiga ega?

Javob: 2- 3 marta hosil olish imkoniyatiga ega. (Odatda, yozda sholi, jut, shakarqamish, qishda esa arpa, grechixa va bug‘doy yetishtiriladi)


Javob: 2- 3 marta hosil olish imkoniyatiga ega. (Odatda, bahorda sholi, jut, shakarqamish, kuzda esa arpa, grechixa va bug‘doy yetishtiriladi)
O‘qituvchi tomonidan guruhlarning to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi. ( rag‘bat bayroqchasi ilova qilinadi).
4 Yangi mavzu bayoni. „Juftliklarda ishlash” (10 daqiqa).

O‘qituvchi: o‘quvchilarning aholining soni va Yer yuzida joylashidhi, irqlar mavzusi bo‘yicha bilimlarini bilish uchun juftliklarga topshiriq beradi.

5-sinfda olgan bilimlaridan aholi zichligi, irqlar, irqiy belgilar, xalqlar, mitti davlatlar atamalari yodga olinadi.

Ular “Bilaman. Bilishni istayman. Bilib oldim“ jadvalining 1-va 2-qismini yozib berishadi. Jumladan:

- Yer yuzida dastlabki odamlar bundan 2,5 mlh yil ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib hozirgi vaqtda Yer yuzida 6 mlrddan ortiq aholi yashaydi.

- aholining ko‘p yoki kamligi aholining zichligi bilan aniqlanadi. Aholining zichligi deb biror hududdagi 1 km2 maydonga to‘g‘ri keluvchi aholi soniga aytiladi.

- Yer yuzida 3ta irq bor. Bular yevropeoid, mongoloid va hegroid.

- Har bir irqqa kiruvchi kishilar bir–biridan terisi, sochi, ko‘zlarining rangi. Yuzining shakli, lablarining har xilligi bilan farq qiladi.

- Yer yuzida 4 mingga yaqin xalq yashaydi.



Yodga olingan atmalardan so‘ng guruhlarga ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan topshiriq beriladi.

Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi).

1. Materik aholisi va uning geografik tarqalishi haqida ma’lumot bering.

2. Yevrosiyo aholisining qaysi irqqa mansubligi va ular tarqalgan hududlar haqida gapiring.

3. Aholini xalqlarga ajratishdagi asosiy mezonlar haqida ma’lumot bering.

4. 6-sinf o‘quv atlasidan foydalanib materikdagi maydoniga ko‘ra eng yirik davlatlarni jadvalda aks ettiring.

5. Materikdagi aholisining soni 10-20 mln gacha bo‘lgan shaharlar va shaharlar aglomeratsiyasi haqida gapiring.

5.“Yer shari aholisi” o’quv filmini ko’rish. (4 daqiqa)

O‘qituvchi oldindan 6-sinf uchun yaratilgan o‘quv filmidan foydalangan holda mavzuga mos bo‘lgan “Yer shari aholisi” filmini tayyorlab qo‘yadi va namoyish etadi.



(6-sinf uchun “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan oquv filmi (CD-R diski) ilova qilinadi)

6. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash. (5 daqiqa)

Barcha o‘quvchilar o‘quv atlasi va ko‘rsatilgan filmdan foydalangan holda yozuvsiz xaritaga materikdagi yirik davlatlar va aholisi 10 mln dan ortiq bo‘lgan shahrlarni nomini yozib chiqadilar.



Dars boshida tarqatilgan jadvalning ”Bilib oldim” bo`lagi o`quvchilar tomonidan juftliklarda to`ldiriladi.

7. Guruhlar taqdimoti. (10 daqiqa)

Ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar asosida guruhlar o‘rtasida bajarilgan topshiriqlar almashinib ko‘rib chiqilib guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi.

1. Materik aholisi va uning geografik tarqalishi haqida - Yevrosiyoda 2008 yil hisobi bo‘yicha 4 mlrd 788 mln kishi yashaydi. Bu dunyo aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Aholining o‘sishi O‘rta Osiyoda, Osiyoning janubi va janubi - sharqiy qismida yuqori bo‘lsa, Yevropada ancha past. Aholining geografik tarqalishiga tabiiy sharoit va davlatlarning siyosati ta’sir etadi.

2. Yevrosiyo aholisining qaysi irqqa mansubligi va ular tarqalgan hududlar haqida – Yevrosiyoda yevropoid va mongoloid irqiga mansub aholi yashaydi. Aholisining deyarli yarmi yevropoid irqiga mansub bo‘lib, Yevropa va Osiyoning janubida tarqalgan. Mongoloidlar xitoylar, yaponlar, koreyslar, mongollar, vetnamlar, yoqutlar, neneslar, qozoqlardan tashkil topgan.
3. Aholini xalqlarga ajratishdagi asosiy mezonlar haqida – aholini xalqlarga ajratishda tili, tarixanan’ana bo‘lib kelgan madaniy-ma’naviy merosi (urf-odatlari), turmish tarzi hisobga olinadi. Yevropa qit’sida uchta yirik guruh- german, roman, slovyan guruhlari mavjud. Osiyoda yevropoid va mongoloid irqiga mansub aholi yashaydi.


  1. Yevrosiyo materigidagi maydoniga ko‘ra eng yirik davlatlar.




T.r

Davlatlar nomi

Poytaxti

1.

Rossiya

Moskva

2.

Xitoy

Pekin

3.

Hindiston

Dehli

4.

Qozog‘iston

Ostona

5.

Saudiya Arabistoni

Ar-Riyod

6.

Indoneziya

Jakarta

7.

Eron

Tehron

8.

Mongoliya

Ulan - Bator

9.

Pokiston

Islomobod

10.

Afg‘oniston

Qobul

5. Materikdagi aholisining soni 10-20 mln gacha bo‘lgan shaharlar va shaharlar aglomeratsiyasi haqida -



9. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

Dars ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan olingan ma’lumotlarga, o‘quv atlasi va ko‘rilgan filmga asoslanib savol va topshiriqlar bo‘yicha mustahkamlanadi.



O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning togri javoibi uchun ragbat bayroqchasi beriladi.
10. O`quvchilarni rag’batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan Yevrosiyo davlatlari bayroqlari (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng bilimdon guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” ”Eng hamjihat guruh”, ”Eng iste’dodli guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.


11. Test sinovi. (3 daqiqa)

O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun test savollari



I- Variant

1. Estonlar qaysi til guruhiga kiradi?

A) German B) Baltika C) Fin-ugor D) Roman

2. Yevropaning «mitti» davlatlari guruhini ajrating.

A) Lyuksеmburg, Ispaniya, Monako, Bеlgiya

B) Brunеy, Monako, Vatikan, Ruanda

C) San-Marino, Andorra, Malta, Lixtеnshtеyn

D) Andorra, Lyuksеmburg, Monako, Ruanda

3. Yevrosiyoda (2008-yil hisobida) qancha aholi yashaydi?

A) 4 mlrddan ortiq kishi B) 3,5 mlrd kishi

C) 6 mlrd kishi D) 5,5 mlrd kishi

4. Materik aholisi (bir kvadrat metrga ) necha kishi to’g’i keladi?

A) 48 kishi B) 88 kishi C) 77 kishi D) 55 kishi

5. Materikning siyosiy xaritasida qancha davlat mavjud?

A) 80 ta B) 120 ta C) 70 ta D) 95ta

II- Variant

1. Materikning maydoniga ko’ra eng yirik davlati qaysi?

A) Rossiya B) Xitoy C) Hindiston D) Qozog’iston

2. Materikda aholisi eng ko’p davlati qaysi?

A) Rossiya B) Xitoy C) Hindiston D) O’zbekiston

3. Serblar qays til guruhiga kiradi?

A) Roman B) Slovyan C) Fin-ugor D) Kelt

4. Norvеgiya, Finlyandiya, Shvеtsiya davlatlari qayеrda joylashgan?

A) Yevropaning g`arbida

B) Yevropaning sharqida

C) Yevropaning markazida

D) Yevropaning shimolida

5. Andorra qaysi tog`li hududda joylashgan?

A) Apеnnin B) Alp C) Pirеnеy D) Karpat


12. Uyga topshiriq:
Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatman) qog‘ozga uyga vazifani yozib osib qo‘yadi.

Yevrosiyo materigi siyosiy xaritasidagi davlatlarni tushirib kelish.

Darslikdan 46- mavzuni o‘qib kelish.

3 - DARS ISHLANMA

7-SINF


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish