NOOrgaNIK KIMYODaN OlgaN
bIlIMlarNI UMUMlaShtIrISh
h
Li Be
Na Mg
Al Si
P S Cl Ar
As
Se Br Kr
Te
I Xe
At
Rn
B C N O F Ne
K Ca Sc Tu V Ce Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb
Cs Ba La hf Ta W Re Os Ir Pt Au hg TI Pb Bi Po
Fr Ra Ac Rf Db Sg
http:eduportal.uz
178
zanglamaydigan po‘latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday poli-
mer larning 1 tonnasi 6 tonna metall o‘rnini bosa oladi. Poli-
merlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikro-
elekt ro nikada, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va
shu kabi boshqa sohalarda tobora keng qo‘llanib kelmoqda.
Keramika metallar va plastmassalardan keyingi uchinchi
o‘rin dagi sanoat materiali deb e’tirof etilmoqda. Keramikadan
ma
sh i
nasozl i kda, konstr uk siyal i mater ial lar tay yorlashda,
elektro nika va elektrotexnika sanoatida foydalanish darajasi ortib
bora yot gani hammaga ma’lum.
Kompozitlar asos (matritsa) va to‘ldirgichdan iborat bo‘lib,
zamo naviy materiallar orasida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularda
asos sifa tida metallar, qotishmalar, polimerlar, keramika ishla-
tiladi. Òo‘ldir gichlar sifatida esa metall va uglerod tolalari, qiy-
qim lari, ku kunlari ishlatiladi. Yuqori iqtisodiy samaradorlikka
ega bo‘lgan kom pozit materiallar odatdagi materiallardan besh
baro
bar pishiq bo‘lib, aviatsiya va kosmik texnologiyalarda
qo‘llanilmoqda.
Ona sayyora aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-ke-
chak bilan ta’minlash muammosi yil sayin jiddiylashib bor-
moqda. Chunki sayyoramiz aholisi ko‘payib borishi bilan turli
mah sulotlarga bo‘lgan inson ehtiyojlari soni ham ortib boradi.
Yuqori sifatli iste’ mol mahsulotlari ishlab chiqarishni esa qishloq
xo‘jaligini inten sifikatsiyalashtirishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Qishloq xo‘ja ligini intensifikatsiyalashtirish yo‘llaridan biri unga
kimyo yutuq larini tatbiq etishdir.
Qishloq xo‘jaligini k imyolashtirish mineral o‘g‘it
lar
dan
foydalanish, o‘simlik va tuproqni kimyoviy himoya lash vosi-
talarini qo‘llash, tuproq strukturasini yaxshilash uchun melio-
ratsiya, issiqxonalar uchun sinteti k mater ial lardan foyda-
lanish, kimyoviy preparatlardan chorva yemiga qo‘shimcha va
konser vant sifatida foydalanish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
chiqin dilarini kimyo viy qayta ishlash, suv havzalarini kimyoviy
usullarda toza lash, yog‘och qurilmalarni va tuzilmalarni (struk-
turalarni, konst ruksiyalarni) antiseptik himoyalash, tuproq, yem,
mahsulotlarni kimyoviy tahlil qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
http:eduportal.uz
179
K i myo sanoati n i ng oldida turgan muh i m vazi falardan
biri texnik maqsadlar uchun qo‘llanayotgan tabiiy materiallar
va oziq mahsulotlari o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar
ishlab chiqarishdir. Kiyim-kechak, mebel, uy-ro‘zg‘or jihozlari
tayyorlashda kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish yo‘lga
qo‘yilgan. Òabiiy va sun’iy charm o‘rnini bosuvchi kimyoviy
tola, kompozitsiyali materiallar, bo‘yoqlar, to‘qimachilik sano a-
ti yordamchi ishlov vositalari, plastmassalar, lok-bo‘yoq mahsu-
lotlaridan har kuni foydalaniladi.
Kimyoning tibbiyotdagi o‘rni faqat yangi dorilar sintez qilish
bilangina chegaralanmaydi. Òibbiy anjomlar kimyo sanoati
yordamida tayyorlanadi. Kimyoviy usullar inson organizmida
kechadigan jarayonlarni hujayra va molekula darajasida tadqiq
qilishga sharoit yaratadi. Bu jarayonlarni va ularni boshqarish
uslub larini o‘rganish esa inson kasalliklari sababini bilish va
ular ning oldini olish, davolash usullarini ishlab chiqish imko-
nini beradi.
Katalitik kimyoning yangi sohasi — fermentativ katalizning
rivojlanishi natijasida kimyoviy va muhandislik enzimologiyasi
vujudga keldi. Bu soha yangi, yuqori faollik va selektivlikka
ega bo‘lgan fermentlar — oqsil tabiatli katalizatorlarni ko‘p
miqdorda ishlab chiqarish imkonini yaratdi. Ushbu fermentlar
dori sifatida ham, boshqa dorilar olishda ham ishlatib kelin-
moqda.
Kundalik turmushda maishiy kimyo preparatlari — sintetik
yuvish vositalari, tozalovchi, yelimlovchi preparatlar keng qo‘l-
lan moqda.
Òabiiy resurslarning kamayib borayotganligi insoniyat oldiga
ishlab chiqarishning industrial usulini texnologik usullar bilan
almashtirish muammosini ko‘ndalang qo‘yilishiga sabab bo‘ldi.
Kimyo texnologiyaning roli ortishida alohida o‘rin tutadi. Ishlab
chiqarishni texnologik qayta qurish, xomashyoni kompleks qayta
ishlash, yuqori unumli, tejamkor, kam bosqichli, yangi avlod
selektiv katalizatorlaridan foydalanuvchi, atrof-muhitni chiqin-
dilar dan saqlovchi texnologiyalardan foydalanish kabilarni o‘z
ichiga oladi.
http:eduportal.uz
180
Kimyo fani va sanoati oldida yangilashning iloji bo‘lmagan
tabiiy resurslar: rangli va qora metall rudalari, neft, gaz, ko‘mir,
tog‘-k imyoviy xomashyolaridan maksimal to‘la foydalanish
vazifasi turibdi. Masalan, 40 % gacha vodorod sulfid tutgan
tabiiy gazdan faqat propan va butangina emas, balki yuqori
sifatli elementlar: oltin gugurt, geliy va etan olish ham yo‘lga
qo‘yilgan. Òabiiy gazni bunday qayta ishlash iqtisodiy va eko-
lo gik jihatdan foydali bo‘lib, atmosferani vodorod sulfid yoni-
shidan hosil bo‘lgan zaharli oltingugurt oksidlari bilan if los-
lanishining oldini oladi.
Kimyo texnologiyasi va atom energetikasi integratsiyasi iqti-
so diy va ekologik jihatdan kelajagi porloq jarayondir. Ertangi
kelajak kimyo kombinatlarini materiallarni modifikatsiyalash va
ra dia tsion-kimyoviy jarayonlarni nur, elektr energiyasi va issiqlik
bi lan ta’minlovchi yadro reaktorlari bo‘lgan holda tasav vur
qilin moqda.
Õulosa qilib aytganda, zamonaviy ilmiy-texnika rivojlanib
bo rishida kimyo fani va sanoatining ahamiyati beqiyosdir.
Kimyo fani zamonaviy texnologiya, fizika va biologiyaning ri-
vojlanishida, kimyo sanoati esa agrosanoat va yoqilg‘i-ener giya
komplekslari ta’minoti, mashinasozlik va metallurgiya, tran sport va
qurilish, kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq
xalq xo‘jaligi muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
K imyo butun xalq xo‘jaligining ilmiy-texnik taraq
qiyotiga
inqilobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |