Amaliy topshiriqlar
Qog‘ozning turlari: rangli qog‘oz, barxit qog‘ozi, falga qog‘oz,
millimetrli qog‘oz, karton qog‘oz, gul qog‘oz, rasm qog‘oz, ro‘znoma
qog‘ozi, chizmachilik qog‘ozi va hokazo.
Qog‘ozning xususiyatlarini tahlil qilish: qog‘ozning silliqligi, g‘a-
dur-budirligi, rangi, namlikni o‘ziga singdirishi, qirqilishi, yirtilishi,
chizilishi, buklanishi va hokazo.
Qog‘ozga ishlov berish usullarini o‘rganish: qog‘ozni qirqish,
yirtish, chizish, g‘ijimlash, tekislash, qog‘ozni ikkiga buklash, to‘rtga
buklash, teng buklash, uchburchak buklash, kvadrat shakiiga keltirish,
ikki tomonini parallel buklash, konvert shaklida buklash, do‘ppi
shaklida buklash va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |