uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya yo‘nalishi,
tabiiy materiallarni to‘plash uchun moMjallangan joylar aniqlanadi.
O'quvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob-
yektdan mehnat darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan
asosiy muhim belgilari, elementlari va xususiyatlarini
ajratishga, to‘p-
Ianayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘lIaydigan savollar ro‘y-
xati tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga
qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ulaming ranglari, shakllari bolalami
ajablantiradi. Ular tabiatning butun go'zalligini, uning ranglarini,
to‘kilgan barglar hidi va ular o'zining elastiklik xususiyatini
yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar.
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga
qarab, ulaming e’tibori barglaming shakli, daraxtlar navlariga qa-
ratiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo'layotgan ichki jara-
yonlar qisqa va tushunarli bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sha-
roitlarga moslashib, qish fasliga tayyorgarlik ko‘rayotganligi bilan
tanishadilar.
Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan qushlar, kapalak, nim
chilarga, ulaming asosiy belgilariga jalb qilinadi, Uchib yurgan qusi
lar, ularning tuzilish formalari haqida, mehnat darslarida qushlar at
plikatsiyasini tayyorlash uchun to‘plangan barglar material xizmatm
o‘tashi to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi.
0 ‘quvchilar barglami to‘plar ekanlar, ulaming ranglarini, shaklla
rini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ulaming kuzatuvchanligi va diqqai
qilish qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar
oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shun
dan keyin bolalarga barglaming mehnat mashg‘ulotlarigacha rangini
yo'qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish ke-
rakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini in-
sonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya
oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar
umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tasviri
tushirilgan rasmlarni, suratlami ko‘rish, ulaming tanasi va qanotlari-
ning shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar
quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan bajara-
dilar, agar applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan ma
teriallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Bunday dars, mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: