MEHNAT KOOPERATSIYASI
– bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida
ixtisoslashtirilgan ijrochilar o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va mehnat
faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir.
MEHNAT RESURSLARI
– mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga
layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi
ishlayotgan shaxslar.
MIKROKREDIT
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich
sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50
barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 100
barobarigacha; v) fermer xo‘jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |