Masalalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 fevraldagi
26-sonli qaroriga muvofiq Mikrofirmalar va kichik korxonalar 2015 yil 1
yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to‘lovni belgilangan stavka bo‘yicha (ya’ni 15
foiz), biroq har bir xodimga eng kam oylik ish haqining 65 foizidan kam bo‘lmagan
miqdorda hisoblaydilar.
(Avval esa, ular eng kam oylik ish haqi miqdordan kam
bo‘lmagan holda hisoblar edi).
Jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga soliq solishda yer uchastkalarining
normativ maydonidan ortiq qismiga belgilangan soliq stavkalarga nisbatan 1,5
miqdorida ko‘paytiruvchi koeffitsient qo‘llanilishi belgilandi.
Er uchastkalarining normativ maydonlari quyidagicha: Toshkent, Nukus
shaharlari va viloyat buysunuvidagi shaharlarda – 0,06 gektar (6 sotix). Boshqa
aholi punktlarida (dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) – 0,1 gektar (10 sotix)
Mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy
to‘lovning amaldagi 25 % stavkasi 15 %ga pasaytirildi.
Masalalarni echishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish
tavsiya etiladi.
1. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog va boshqa shunga
o‘xshash xizmatlar uchun 2014 yil bir oyga to‘lanadigan soliq miqdori Toshkent
shahrida eng kam ish haqining 4 baravari, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi
shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan
edi. 2015 yilda bu soliq miqdorlari eng kam ish haqining 0,5 baravariga
qisqartirildi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda soliq miqdorlarini barcha
hududlar uchun 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang va solishtiring.
35
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
▲ ▲ ▲
2. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida davlat byudjetiga soliqlar
hisobiga har bir yil uchun kelib tushadigan daromadlar miqdorini aniqlang. Faraz
qilaylik, Toshkent viloyatida joylashgan bitta turar joyning inventarizatsiya qiymati
50 mln. so‘m va viloyatda 10 mingta shunday turar joy mavjud. Toshkent shahrida
umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan turar joy va
kvartiralar 100 mingta, 500 kv.m dan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar esa 50
mingta. Soliq tushumlarini tahlilini amalga oshiring.
Soliq solinadigan ob’yektlarning nomi
Soliq
stavkasi,
mol-mulkning
inventarizatsiya qiymatiga nisbatan %da
2012 yil
uchun
2013 yil
uchun
2014 yil
uchun
2015
yil
uchun
Turar joylar, kvartiralar dala hovli
qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar,
xonalar va inshootlar*
0,9
1,04
1,2
1,3
Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni
quyidagicha bo‘lgan turar joylar va
kvartiralar:
200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha
bo‘lgan
1,1
1,25
1,4
1,6
500 kv.m dan oshiq bo‘lgan
1,35
1,55
1,8
2,2
*shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq bo‘lganlari
bundan mustasno
Do'stlaringiz bilan baham: |