X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot


Nominal va real valyuta kurslari



Download 438 Kb.
bet109/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

Nominal va real valyuta kurslari


Valyuta kurslari o’zining nominal va real ko’rinishlariga ega bo’ladi. Nominal valyuta kursi bu bir birlik xorijiy valyutani muayyan birlikdagi milliy valyutalarga yoki aksincha bir birlik milliy valyutani muayyan birlikdagi xorijiy valyutaga almashtirish kursidir. Yuqorida keltirilgan kurslar nominal valyuta kursiga misol bo’ladi.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti deb ham yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega.
Er = En xRd/Rt Bu yerda : Er — real valyuta kursi;
En - nominal valyuta kursi ;
Rd - milliy valyutada ko’rsatilgan ichki narxlar darajasi (indeksi);
Rt - xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi narxlar darajasi (indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi narxlar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko’tarilishi yoki pasayishi bu mamlakat
tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi yoki oshganligini anglatadi. Umuman valyuta kursi tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlarning mamlakatlararo harakatini o’ziga xos boshqarib turuvchisi hisoblanib, uni o’zgarib turishi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga hamda butun makroiqtisodiy vaziyatga kuchli ta’sir qiladi. Bu ta’sirni shunday vaziyat misolida ko’rib chiqish mumkin. Masalan, o’zbek so’mining kursi 1 AQSH dollariga nisbatan 2000 so’mdan 2200 so’mgacha pasaygan bo’lsin, ya’ni, so’m AQSH dollariga nisbatan arzonlashgan va aksincha, AQSH dollari so’mga nisbatan qimmatlashgan bo’lsin. Bunday holatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 100000 so’mlik qiymatga ega bo’lgan tovar AQSH bozorida arzonlashib boradi va endi bu tovar 50 dollar (100000/2000x1) emas, balki 45,5 dollar turadi (100000/2200x1). Natijada, tovarning raqobatga chidamliligi orta boradi va unga bo’lgan talab oshadi, eksport rag’batlantiriladi. Biroq milliy valyutani AQSHga chiqarish O’zbekiston uchun foydali bo’lmay qoladi. AQSHda ishlab chiqarilgan 10 dollarlik mahsulot endi o’zbek so’mi kursining pasayishi va AQSH dollari kursining qimmatlashuvi natijasida o’zbek bozorida 20000 so’m (10 x 2000/ 1) emas, balki 22000 so’m (2200x10/1) turadi. Ko’rinib turibdiki, mahsulot narxi qimmatlashadi va shu sababli uni olib kelish qisqarib boradi, va aksincha, o’zbek so’mi kursi oshib borishi bilan AQSHdan tovar olib kelish va kapitalni chetga chiqarish foydali bo’ladi.
Xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasiga ko’ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda narxlar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. Ya’ni:
r Pd
Pt
Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi; Rd — ichki narxlar darajasi;
Rt — chet eldagi narxlar darajasi.
Biz xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasini real almashtirish kursi modelida
ifodalashimiz mumkin. Xalqaro olib sotarlarning tez harakatlari shuni ko’rsatyaptiki, sof eksport har qanday o’zgarishlar natijasida tez o’zgaradi. Milliy tovarlar narxining chet tovarlarga nisbatan kamayishi yoki boshqacha aytganda real almashtirish kurslarining pasayishi, olib sotarlarni o’z mamlakatidan tovarlarni sotib olib, chetga sotishga undaydi, yoki, aksincha. Valyuta kurslari milliy iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va undagi bandlikka sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Milliy valyutalar kursining pasayishi mamlakatlar eksport imkoniyatini oshiradi. Ammo mamlakat eksporti xom ashyo tovarlari importiga asoslansa, bunda valyutalar kursining pasayishi eksport qilinadigan tovarlar narxsining o’sishiga olib keladi va bu ularning raqobatga layoqatliligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko’paytiradi. Shu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim
ob’ekti hisoblanadi.

Download 438 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish