9.5. Mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari
Mantiqiy IMS negiz elementlari tuzilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: diodli – tranzistorli mantiqiy elementlar (DTM); tranzistor – tranzistorli mantiq elementlari (TTM); tok qayta ulagichlari asosidagi emitterlari bog’langan mantiq elementlari (EBM); MDYA – tranzistorlarda yasalgan elementlar; injeksion manbali elementlar (I2M). Elektron kalit turi mantiq turi bilan aniqlanadi.
Agar kalit sxemasi tarkibida tranzistordan tashqari boshqa elektr radioelementlar (rezistor, diod) mavjud bo’lsa, bu holat integratsiya darajasini pasaytiradi va shu sababli bu mantiq turi o’rta va katta integratsiyali raqamli integral mikrosxemalar negiz elementlari sifatida qo’llanilmaydi. Quyida zamonaviy raqamli integral qurilmalarda qo’llaniladigan negiz elementlar ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |