X ibragimov, sh. Abdullayeva


MAVZU: KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI



Download 0,76 Mb.
bet3/125
Sana12.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#781927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
MAVZU: KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI.

0‘QITUVCHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA
TUTGAN 0‘RNI


  1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi, ulaming mohiyati.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli to‘g‘risida tushuncha.

  3. 0‘qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘mi.

  4. 0‘qituvchi shaxsining insonparvarligi.

0‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlami o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish, ehtiyoj- larning xususiylikdan umumiylikka o‘sib o‘tishining qondirilishi har jihatdan voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek, rivojlantirishni talab etadi. Yosh avlod- ning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tar- biyalanganlik darajasinini aniqlamasdan turib, o‘rta maxsus va oliy ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish mumkin emas.
Jamiyatning infrastrukturalarida, guruhiy shaxslararo munosa- batlarda demokratiya prinsiplarining qaror topishi, fuqarolar o‘r- tasida teng huquqlilik, subyektlilik, hamkorlik, hamdardlik (empa- tiya) mezonlari turmush tarziga aylana boshlashi kishilik dunyosi- ning jahonshumul ijtimoiy - tarixiy g'alabasining yorqin ifodasidir. Hozirgi davrda shaxsning robotlashuviga chek qo‘yilishi, o‘zining mustaqil inson (subyekt) tarzida namoyon bo‘lishi uchun moddiy- ma’naviy negiz barpo etilishi, shaxsiy dunyoqarash (ham ilmiy, ham diniy), barqaror e’tiqod, mustahkam pozisiya, qat’iy iroda, o‘tkir va bukilmas g‘oyani egallashga imkon yaratdi. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik, hodisa, ijtimoiy tasawur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi pedagogik bilimlaming zaruratga aylanganligini anglatadi. I
Insonshunoslik fanida inson-jamiyat, jamiyat-inson shaklida o‘zaro ta’sirni taqozo etar ekan, birinchi va ikkinchisi ham to‘g‘ri, ham teskari aloqani o‘rnatishi joiz. Abdulla Avloniy o‘z davrida bashorat qilganidek: "Agar pedagogika insonni har tomonlama tar- biyalashni xohlar ekan, unda insonni har tomonlama o'rganishi za- rur"1.
Xuddi shu bois, ta’lim-tarbiya jarayonida barkamol insonni shakllantirish Iozim, uning natijasi, mahsulasi orqali mustaqil fikr- lovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, ishchan, g‘oyaviy e’tiqodli, ma’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kamol toptirish joiz. Chunki "subyekt-subyekt" munosabatni amalda qaror toptirmasdan turib, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash imkoniyatiga ega boi- maymiz. Bu o‘rinda pedagogika katta ahamiyat kasb etadi, jami- yatning barkamol shaxsni yetishtirishdek maqsadiga mos kelishi ayni muddaodir.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: "Aql-za- kovatli, yuksak ma’naviyatli kishilami tarbiyalay olsakkina, oldi- mizga qo’ygan maqsadlaiga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”I II, - degan fikri ta’lim va maorifni yuk- saltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan bin ekanligini ko‘rsatadi.
Bu ulug'vor vaziflami amalga oshirish uchun Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida, qonuniy zamin boigan "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi "Ta’lim to'grisidagi qonun"ining qa­bul qilinishiga bir qator omillar sabab bo‘ldi: birinchidan, biz yashayotgan muhitda ijtimoiy tuzum o’zgarishi bo‘lsa, ikkinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka boigan munosabat o'zgardi, uchinchidan, eski mafkuraviy qarashlar yangi sharoitga javob ber- may qo‘ydi, to‘rtinchidan, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni, tala- balaiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar his-tuyg‘ularini sing- dirib, ulami har tomonlama barkamol, chuqur bilimga ega muta- xassis etib tayyorlashni taqozo etdi.
Maiumki, "Taiim to‘g‘risida"gi qonun 5 ta boiim, 34 modda- dan iborat. Taiim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil- larida: ta’lim 0‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi, demak, ta’lim-tarbiya ishlari davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biridir.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o‘ita, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’- limining majburiyligi;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo'nalishini tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuvi;

  • bilimli bo'lish va iste’dodni rag’batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish.

Ta’lim tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan
ko'zlangan maqsad barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish- dir.
"Eng awalo, bizning ta’lim tizimiga bo'lgan munosabatimizni ham tubdan o'zgartirish kerak. Ta’lim islohoti bizni demokratik o’zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil etaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo‘lmog‘i zarur. Har birimizga besh barmoqdek, eskicha aytganda, to’qqiz puldek ayon bo'lsinkim, ta’lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ulaming turmush tarzini ham o’zgartirish mum- kin emas”1.
Yurtboshimiz ta’lim-tarbiya islohotining zarurligi va muhimligi haqida o’zining qator nutqlarida to’xtalib o'tganlar.
1997 yil 29 avgustdagi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- sining IX sessiyasida yurtboshimiz so'zlagan nutqlarida shu vaqt- gacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski shoTolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos maf- kuraviy qarashlardan va sarqitlardan to‘liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o‘zgarishlar yuzaki bo‘lib, ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, I II ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohotni zarur- ligini ko'rsatdi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz "Barkamol avlod — 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so‘z- lagan nutqida ta’lim-tarbiya tizimida islohotlar o'tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-xunar o‘igatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta’minlashdan iboratdir.
Qonunning 1-bo‘limi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqlari, ta’lim muassa- sasining huquqiy maqomi, DTS, ta’lim berish tili kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
"Ta’lim to‘g‘risida" gi qonunning 2-bo‘limida ta’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan.
Respublikamizdagi ta’lim tizimi: Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini; ta’lim tizimini rivojlanishini ta’minlash uchun zarur boigan tadqiqot ishlarini bajamvchi ilmiy-pedagogik muassasalami; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shu- ningdek, ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qam- rab oladi.
Mazkur qonunning 10-moddasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi koTsatiladi (1-rasm):



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish