X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Tabiiy  ofat, yirik falokat va fojia natijasida



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Tabiiy 
ofat, yirik falokat va fojia natijasida 
zararlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish
Tabiiy  ofatning  birinchi  kunidan  boshlab  FMTX  shtabidagi 
xizmatchilar  24  soatlik  navbatchilikka  o'tishadi.  Kasalxona, 
ambulator-poliklinik muassasalar xodimlari  24  soatlik  ish  rejimiga 
o‘tkaziladi, tibbiy  xizmatning hamma kuch  va vositalari harakatga 
keltiriladi.
Birinchi  tibbiy  yordam  tabiiy  ofat  tumanlarida  dastavval  aholi 
tomonidan  o‘z-o‘ziga  hamda  shu  tumandagi  SDlar  tomonidan 
olib  boriladi.  Bundan  tashqari  zararlangan  aholiga  birinchi  tibbiy 
yordam  ko‘rsatish  uchun  tez  tibbiy  yordam  stansiyalarining  kuch 
va vositalari jalb  etiladi.  Bular boshqa tibbiy tuzilmalarga nisbatan 
belgilangan joyga  zudlikda  kelib,  birinchi  b o iib  zararlanganlarga 
tibbiy yordamni  boshlashga qodir.
133


Xalq  xo‘jaligi  obyektlarida  zararlanganlarga  tibbiy  yordamni  shu 
obyekt FMTX  boshlig‘i tashkillashtiradi. Tez  va kechiktirilmaydigan 
stansiya  tibbiy  hodimlari  va  SDlar  qutqaruvchi  tuzilmalar  bilan 
birgalikda  oldindan  ko‘rsatilgan  tumanga  kelib,  qulashlar  ostida 
bo‘ Imagan (zararlanish o‘chog‘ida bo‘lmagan) zararlanganlami qidirish 
va  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatishni  boshlashadi.  Zararlanganlami 
qulashlardan qutqarish jarayonida SD va tez yordam tibbiyot xodimlari 
bularga ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsata boshlashadi.
Ko‘p  sonli  sanitar  yo‘qotishlar  vujudga  kelishi  bilan,  ularni 
transportga  yuklash  joyi  belgilanadi.  Bu  joyni  tanlashda 
zararlanganlami olib chiqish va transporting kelishi qulay boiishi 
lozim.  Yengil  zararianganlar  o‘zlari  ko‘rsatilgan  xavfsiz  yo‘nalish 
bo‘ylab  yuklash  joyiga  chiqishadi.  Bu  zararianganlar  birinchi 
shifokor  yordamini  olish  uchun  yaqin  statsionar  yoki  ambulator- 
poliklinik muassasaga ko‘chiriladi. Ba’zi hollarda birinchi shifokor 
yordam  ko‘rsatish  uchun  tabiiy  ofat  zonasidan  chetda joylashgan 
davolash-profilaktik  muassasa  qoshida  tashkil  topgan  BTYO  jalb 
etilishi mumkin.
Shuni  esda  saqlash  kerakki  ambulator-poliklinik  muassasa 
davolash-ko‘chirish  ta’minot  tizimining  birinchi  bosqichi  boiib 
qoladi,  zararlangan  aholi  uzoq  vaqt  qololmaydi,  shu  sababli 
FMTX  shtabi  zararlanganlami  statsionar  davolash  muassasalariga 
ko‘chirish  uchun  yetarlicha  transport  vositalarini  ajratishi  kerak. 
Ko‘chirish  shunday  tashkil  etilishi  kerakki  ambulator-poliklinik 
muassasaga zararianganlar yolg‘iz birinchi shifokor yordamini olish 
uchun kerakli kunda kelishlari,  unda tutilib qolmasliklari kerak.
Zararlanganlami  ko‘chirishni  to‘g‘ri  tashkillashtirish  va  ularga 
mutaxassisiashgan  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  uchun  FMTX  shtabi 
davolash  profilaktik muassasalarning  holati  va  ularning  toiganligi 
to‘g‘risida zudlik bilan m aium ot olishi hamda kasalxonalarga qaysi 
obyektlardan  yoki  mahallalardan  qancha  zararianganlar  yotishini 
aniqlash i kerak.
134


FMTX  shtabi  vujudga  kelgan  vaziyatni  to‘g‘ri  baholagan 
holda  davolash  muassasalari,  BTYO,  poliklinik  muassasa  bosh 
shifokorlariga farmoyish berishi kerak. Shu maqsadda shtab ko‘pchilik 
muassasalar  va  poliklinikalar  bilan  doimiy  aloqada  boMishi  lozim. 
Zararlanganlarni  yotqizishda  differensial  yondashish  zarur,  zaruriy 
zararlanganlar  yotqiziladi.  Yengil  va  o'rta  darajali  zararlanganlar 
ambulator davolanadi.
Turli  jarohatli  zararlanganlarga  yordam  ko‘rsatish  bilan  bir 
vaqtda  yana  avj  olgan  turli  asabiy-ruhiy  buzilishlar,  somatik  va 
endokrinologik  bemorlarga  ham  yordam  ko‘rsatish  zarur.  Bularga 
yordam  ko‘rsatishni  tez  va  kechiktirilmaydigan  tibbiy  yordam 
stansiyalariga  yuklatiladi.  Bulaming  xodimlari  zaruriy  dorilar, 
asboblar, apparatlar bilan oldindan ta’minlanishlari kerak.
Bundan  tashqari,  shuni  ham  hisobga  olish  kerakki  tabiiy  ofatda 
(ayniqsa,  zilzilada)  davolash  muassasalari  buzilishi  mumkin,  bu 
bemorlami, xodimlarni, mol-mulkni, davolash muassasalarini boshqa 
yaxshi moslashmagan joyga ko‘chirishga olib keladi. Shuning uchun 
ba’zi binolarni (maktab, bolalar bog‘chalari va h.k.) oldindan nazarda 
tutish va shu maqsadda tayyorlash zarur.
135



Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish